115-mashq.
Taniqli tilshunos E. Begmatovning «Hozirgi o‘zbek adabiy
tilining leksik qatlamlari» monografiyasidan olin gan parcha-
dagi iqtibosning nima maqsadda keltirilganligi haqi
dagi
fikrlaringizni ayting.
Professor A. Hojiyevning ta’kidlashicha, o‘z qatlam shu tilning o‘ziga
xos leksik qatlamdir. O‘z qatlamni u shunday izohlaydi: «O‘z qatlamga
o‘zbek tilining o‘ziniki bo‘lgan, shuningdek, turkiy tillar uchun umumiy
bo‘lgan so‘zlar kiradi. O‘zbek tili lug‘at tarkibida turkiy tillar
uchun
umumiy bo‘lgan so‘zlar kattagina qismni tashkil etadi» (Hozirgi o‘zbek
adabiy tili. 1-tom. – Toshkent: O‘qituvchi, 1980. 121-bet).
116-mashq.
Iqtibosning matnga olib kirilishi maqsadini tushuntiring.
Iqtibos va matn o‘rtasidagi mazmuniy bog‘lanishni izoh-
lang.
«Gap» odatda choyxo‘rlikdan boshlangan va gap beruv
chi kishining
imkoniyatiga qarab quyuq-suyuq taomlar tortilgan. Taomlar orasida kuy-
qo‘shiqlar tinglangan, ashulalar ijro etilgan, askiyabozlik, qiziqchilik
qilingan, latifa, naql, rivoyatlar hikoya qilingan. Bahodir Sarimsoqov
to‘g‘ri ta’kidlaganidek, «gap-gashtak marosimlarida xalq qo‘shiqlari va
termalari ham ijro etiladi. Ammo mazkur marosimning o‘zidagina
aytiladigan maxsus qo‘shiq yoki aytimlar haqida aniq ma’lumot mav
jud
emas. Taxminimizcha, o‘tmishda gap-gashtak qo‘shiqlari bo‘lgan, lekin
keyinchalik ular unutilib ketgan» (Sarim
so
qov B. O‘zbek marosim folk-
lori. – Toshkent, 1986. 45-bet) (M. Jo‘rayev)
Do'stlaringiz bilan baham: |