18
NUTQIY USLUBLARNING
TURLARI. SO‘ZLASHUV USLUBI
1-topshiriq.
Jiyan, o‘rgilay, girgitton, qoyil, anavi, haligi, baraka top-
kur, mullaka, churq etmaslik, miyasi g‘ovlab ketdi
kabi
so‘z va iboralar ishtirokida gaplar tuzing. Bu birliklarning
qaysi yosh
dagi kishilar nutqida
va qanday vaziyatda ish-
latilishini ayting.
2-topshiriq.
Berilgan gaplardagi so‘z tartibi va so‘zlarning qo‘llanishiga
e’tibor bering. Ularning qaysi uslubga oidligini ayting.
1. Qani, shirchoy sovimasin. Patirni qaynoqligida to‘g‘ ranglar, maza-
si boshqacha bo‘ladi.
(Said Ahmad) 2. Voy, men o‘lay seni tanimay!
(O‘. Umarbekov) 3. Yo‘q, yo‘q, ko‘taring! Tez kasalxonaga oborish
kerak buni! –
dedi ikkin
chisi.
(O. Yoqu bov) 4. Hoy, menga qara,
o‘zini ko‘rding
mi? – qichqirdi oshga sabzi bosayotgan Hojar buvi.
(O‘. Umar bekov)
5. Ukang
mi bu hali?
(Erkin A’zam)
Muloqotning turli vaziyatlari hamda turli nutqiy
uslublarda nutqning
og‘zaki va yozma shakliga aloqadorlik turlichadir. Siz bilasizki,
nutqiy
uslublarning so‘zlashuv, publitsistik, badiiy,
ilmiy va rasmiy kabi asosiy
turlari mavjud. Ular orasida so‘zlashuv uslubi, asosan, og‘zaki nutq
shaklida namoyon bo‘ladi. Bu uslub ayni shu jihati bilan ham boshqa
uslublardan farq qiladi. So‘zlashuv uslubining adabiy so‘zlashuv turi
ham, oddiy so‘zlashuv turi ham og‘zaki shaklda voqelanadi.
Bunda
adabiy so‘zlashuv uslubi kundalik aloqa-aralashuvda yetakchilik qili-
shini unut
maslik lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: