20
A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan
olingan
ovoz
so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagi ma’no
nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
OVOZ, tovush, un, sado, sas, nido, sazo.
Eshitish sezgisini uyg‘otuv-
chi, eshitish a’zolari orqali qabul qilinuvchi, eshitiluvchi narsa.
Ovoz, asosan, odam va jonli narsalar tovushini ifodalash uchun qo‘lla-
nadi. Tovush odam va boshqa jonli narsalar ovozini, shuningdek, jonsiz
predmetlarning urilishi, ishqalanishi va boshqa holatidan paydo bo‘lgan
ovozni ifodalash uchun ham qo‘llanadi.. Un faqat odam ovozini bildiradi
va ovoz so‘ziga nisbatan juda kam qo‘llanaveradi. Sado jonli va jonsiz
narsalarning tovushini bildiradi, lekin tovush so‘ziga nisbatan kam qo‘lla-
nadi. Sas shevaga oid so‘z bo‘lib, badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada
kishi ovozi ma’nosida qo‘llanadi. Nido kitobiy. Sado juda kam qo‘llanadi.
1. Og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos bo‘lgan xususiyatlar haqida so‘zlang.
2. So‘zlashuv uslubining qaysi turida (adabiy so‘zlashuv, oddiy
so‘zlashuv) qisqalikka, ba’zan nutqiy ortiqchalikka yo‘l qo‘yiladi?
3.
Do'stlaringiz bilan baham: |