92-mashq.
Kirishlarni aniqlang, ularda ifodalangan uslubiy ma’nolarni
izohlang.
1. Aytishlaricha, uni ona qornidan sihat-salomat tushirtirgan va
birinchi daf’a yo‘rgaklagan kampir hazilkashligi va sho‘xligi bilan xotin-
xalaj o‘rtasida dong chiqargan Hamro enaymish. (Cho‘lpon) 2. Shunda
Alijonning ko‘zi g‘azabdan yonib ketdi. Qiyomat qo‘pdi (Yuvosh odamning
jahli chiqsa, yomon bo‘larkan). (O‘. Hoshimov) 3. Voy, xolaginang
aylansin, katta yi
git bo‘p qopsan-ku, bolam. (Murod Mansur) 4. Yo
tavba! Bu shaharlik mehmonlarimizning qo‘li shunchalar shirinmidi yoki
qo‘y go‘shtining mazasimidi, lekin osh juda zo‘r bo‘libdi. (Murod Mansur)
5. Hayriyatki, yana ko‘rishishga muyassar bo‘ldik. (P. Qodirov) 6. Axir,
Adhamxon bolalikdan birga o‘s
gan sodiq ko‘kaldoshingiz-ku, hazratim!
(P. Qodi rov) 7. Xul
las, markazga imi-jimida, hech kimga bildirmay
jo‘nagan Sherqo‘zi qaytishda hammaga ko‘z-ko‘z qilib govmish sigiri-
ning qaymog‘idek tovlanib turgan «Jiguli»ni haydab keldi. (Ahmad A’zam)
8. Qurg‘ur, o‘zi ham kiyikdek bo‘lar ekan, sal tizginni bo‘shatsang,
uchadi-ya, uchadi! (Ahmad A’zam)
Do'stlaringiz bilan baham: |