vaqt
so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagi ma’no
nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
VAQT, payt, zamon, fursat, mahal, chog‘, kez, kezak, mavrid,
palla, muddat, dam, on, lahza.
Yuz beradigan voqea-hodisa va
narsalarning asrlar, yillar, soatlar, daqiqalar va h.k. bilan o‘lchanadigan
davomiyligi.
Vaqt so‘zi qolganlaridan keng tushunchaga ega. Payt, zamon,
mahal, chog‘, kez, kezak, palla, muddat, dam, on, lahza so‘zlari
ma’lum chegaralangan vaqtni bildiradi. Shu
ning uchun bu so‘zlar
ifodalanayotgan vaqt chegarasini aniq
lab ko‘rsatuvchi so‘zlar bilan
birga qo‘llanadi: yoz payti, bir zamon, har mahal, shu on, shu
chog‘, o‘sha kezda, har lah
za, kuz pallasi kabi. Muddat o‘lchangan,
belgilangan vaqtni bildiradi. Zamon biror voqea-hodisa bilan xarakterli
bo‘lgan vaqt oralig‘ini ham bildiradi. Lahza, on vaqtning juda
qisqa darajasini bildiradi va ko‘proq kitobiy uslubga xos. Fursat,
ko‘pincha, ma’lum ish uchun lozim bo‘lgan, shu ishga belgilangan
vaqt ma’nosini bildiradi.
1. Undalma gap bo‘laklari bilan sintaktik aloqaga kirishadimi?
2. Undalmalar gapning qaysi o‘rinlarida kelishi mumkin?
3. Undalma o‘zi qo‘shilayotgan gapga qanday uslubiy ma’nolarni
yuklaydi?
4. Undalmalar gapning o‘rtasi va oxirida kelganda, qanday subyektiv
munosabatlarni anglatadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |