«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/161
Sana29.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#183323
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   161
Bog'liq
10 sinf ona tili darslik

83
GAPDAGI KIRITMALAR
USLUBIYATI
Topshiriq.
 
Berilgan gaplardagi qo‘shimcha izoh, qo‘shimcha ma’lumot 
bildirgan birliklarni aniqlang.
1. Ukamni men o‘zim (uyda kattalardan hech kim yo‘q edi) barvaqt 
uyg‘otdim.  (A. Ahmedov) 2. Men yuvinish xonasi og‘zida qoldirilgan 
xaltani (og‘irgina ekan) olib, Tavakkalga berdim. (Sh. Xolmirzayev) 
3. Oilamizdagi kattalarning (mening ham) shu kunlarda ko‘nglidagi niyat 
o‘sha tantanani tezroq va hamma havas qilgudek to‘kinroq qilib o‘tkazish 
edi.  (A. Islomov) 4. Etak tomondagi uyning (Omonning uyi) derazalari 
ochib qo‘yilgan, sarg‘ish darparda osilib turar, ammo ichkarida hech 
kim yo‘qligi aniq edi. (O‘. Hoshimov) 5. Qozoqlar Beyisht qushi, Qrim 
tatarlari Ridvon (Rizvon) qushi deb ataydilar. (Said Ahmad)
Tilimizdagi kiritmalar deb umumlashtiriladigan birliklar so‘z lovchining 
bayon qilinayotgan fikrga qo‘shimcha izohi, to‘ldiruvchi ma’lumotini 
ifodalaydi. Ular nutqning aniqligi va to‘liqligini ta’min laydigan muhim 
vositalar sifatida nutqning deyarli barcha uslublarida qo‘llanadi. Ammo 
badiiy va publitsistik uslublarda qahramon xarakterini ochish, uning 
nutqini individuallashtirishdagi muayyan holatlarni izohlash, fikr 
ifodalashning o‘ziga xos usuli kabi vazifalarni ham bajaradi.
Kiritmalar ham so‘z, so‘z birikmasi va gap shakllarida bo‘lishi 
mumkin. Ko‘pincha qavslar bilan asosiy gapdan ajratiladi: O‘g‘lining 
qo‘liga to‘rt dona chachvon (chimmat) tutqazdi. (G‘afur G‘ulom) 
Ijobatni olgandan keyin yuqorida mazkur Toshkent ashroflari bir majlis 
qurib, o‘tirishga Normuhammad qushbegi (Toshkent hokimi)ni ham 
chaqiradilar. (Abdulla Qodiriy) Oqposhshoning in’omi kelganini eshitgan 
xotinlar (ustaning onasi va xotini) talashib, nari-beri gapga borib 
qoldilar. (Cho‘lpon) Salomatxonning dadasi, soqol-mo‘ylovidan tegirmon 
gardi arimaydigan (u kishi qishloqda tegirmonchilik qilardi) xushsurat 
mo‘ysafid qizining peshonasidan o‘pib xayrlashdi. (Said Ahmad)

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling