95-mashq.
Berilgan misollarda qo‘llangan kirish so‘z, kirish birikma va
kirish gaplarda qanday uslubiy ma’nolar ifodalanayotganini
aniqlang.
1. Sizning xayollaringizni ostin-ustin qilgan o‘zimdagi fazilatlarni
(rostdan ham, bormi ular) topib, ardoqlab ya
shayman. (Xurshid
Do‘stmuhammad) 2. Ayniqsa, o‘zi serjahl bo‘lishiga qaramay, Asrora uni
erkalatib qo‘ygandi. (Said Ahmad) 3. Asqar Aminovich o‘ng‘aysizlanib
tomoq qirdi. – Attang, oldinoq bilganimda... – Mayli, – dedi
Matluba. (O. Yoqubov) 4. Samolyotga o‘tirishdan oldin farg‘onalik
adib, do‘stim (Oxirati obod bo‘lgur) Yo‘ldosh Sulaymonga telegramma
berib qo‘ygandim. (J. Abdullaxonov) 5. Albatta, hozirgi yoshlarga,
ya’ni sizga, mening bu gaplarim g‘alati tuyulishi mumkin. Lekin
men, aminmanki, tanishsalaringiz... til topishib ketasizlar. (O. Yoqubov)
6. Qani, xonim, marhamat qilsinlar! (O. Yoqubov) 7. Haqiqatan, yo‘l
bo‘yida, to‘g‘rirog‘i, katta o‘qariqning narigi tomonida, yuzi doka
ro‘mol bilan yopilgan bir qiz yerda chalqancha cho‘zilib yotar, bir
nechta qizlar atrofida parvona edi. (O. Yoqubov)
Do'stlaringiz bilan baham: |