97-mashq.
Berilgan gaplardagi kirish va kiritmalarni subyek
tiv baho
ifodalashi yoki gap mazmuniga qo‘shimcha ma’no yuklayot-
ganini ayting.
1. To‘g‘ri, tasodifiy hodisalar zumda unutiladi, xayol
dan parishon
bo‘lmagan taqdirda ham es-hushli odam zumda aqlini yig‘ib oladi. (Xurshid
Do‘stmuhammad) 2. Shu payt zalning to‘ridagi sahnada musiqachilar
(kirganimizda dam oli shayotgan edi, shekilli) gumbur-gumbur qilib, sozlarini
chala ketishdi. (Sh. Xolmirzayev) 3. Aytaymi? Ishonasanmi, ishqilib?!
(Xurshid Do‘stmuhammad) 4. Bir eski qalpoq-da, shuni qalpoq deb kiyib
yurmayman-ku, baribir, kiymaganimdan keyin nima ham qalpoqligi qoladi.
(Ahmad A’zam) 5. Axir, odam bo‘lish osonmi! (Ahmad A’zam) 6. Uning
fikricha, kelajak jamiyat butunlay elektron hisoblash mashinalari ixtiyoriga
o‘tadi. (E. Vohidov) 7. Bu g‘unchalar... ertaga qanday gul bo‘lib ochilishi
noayon, illo, men uning hatto mana shunday makkorliklarini-da (Nimalar
deyapman?!) sevaman!.. (Xurshid Do‘stmuhammad)
Do'stlaringiz bilan baham: |