«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/161
Sana29.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#183323
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   161
Bog'liq
10 sinf ona tili darslik

100-mashq.
  «O‘tgan kunlar» romanidan olingan gaplardagi kiritmalarning 
uslubiy xususiyatlarini aniqlang.
1.  Musulmonqul... o‘zini mingboshi deb e’lon qilib, aqlsiz bir go‘dakni 
(Xudoyorni) xon ko‘tarib, el yelkasiga mindi. 2. Xon tomonidan xiroj 
(zakot, soliq) uchun yubo 
rilgan devon beklarini o‘ldirgan! 3. O‘rdaning 
tashqarigi qismi ning uch tarafi (janub, sharq, g‘arb) binosiz, faqat qo‘rg‘on 
devorlari 
ning zinalari edi.  4. Men, Ziyo shohichi, bu kishi (qutidor), – 
dedi va biroz o‘ylanib oldi. 5. Kamolon darbozasi bilan Samarqand 
gacha 
bo‘lgan qo‘rg‘on ostlari (bu ikki darboza oralari besh yuz odim keladir) 
boshsiz va ishtondan boshqasi tunalgan inson gavdalari bilan to‘libdir. 
6. O‘zining eski mahramiga ko‘ngli to‘lmay boshqa bir o‘yinchi, ashulachi... 
topmoqchi va... yer yuziga (Turkiston va Buxoroga) dong, shuhrat 
chiqarmoqchi! 7. Turishga Saodatlar uyi ortiq torlik qila boshlaganlikdan 
shu hovlini (Jannat opa hovlisiga ishora qilib) hozirgi qo‘shnimizdan 
sotib olishga muvaffaq ham bo‘ldim. 8. Er-u xotin uzoq o‘ylashib turmay 
(chunki o‘ylashaturgan joy emas edi), sovchining ikkinchi kelishida javob 
berishga qaror qo‘ydilar. (Abdulla Qodiriy)
 
MUSTAHKAMLASH
1. Muayyan uslubiy vazifaga xos qanday morfologik vositalarni bilasiz?
2. Qaysi zamon shakli uslub talabi bilan ko‘tarinki ruhni yuzaga 
keltiradi?



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling