Temuriylar davrida ikkinchi renessans vujudga kelishida yaratilgan shart sharoitlar


Download 424.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi424.17 Kb.
#1557666
  1   2   3   4
Bog'liq
temuriylar-davrida-ikkinchi-renessans-vujudga-kelishida-yaratilgan-shart-sharoitlar



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 968
TEMURIYLAR DAVRIDA IKKINCHI RENESSANS VUJUDGA KELISHIDA 
YARATILGAN SHART SHAROITLAR 
 
Otabek Almurotovich Berdiyev 
Ijtimoiy gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Ma’naviyat asoslari) mutaxassisligi 
I bosqich magistranti 
 
ANNOTATSIYA 
Ushbu maqolada buyuk bobokalonimiz Amir Temur va temuriylar davrida 
vujudga kelgan ikkinchi uyg’onish davri renessansni kurtak yoyishida va uning 
rivojlanishiga yaratgan shart sharoitlarni o'rganish va uni xalqimiz ma‘naviy ongiga 
singdirish, ma'naviyatini boyitish masalasida amal qilinishi lozim bo'lgan yo'nalishlar 
belgilab berilgan. Sohibqironning ilm fan homiysi sifatida amalga oshirgan buyuk 
ishlarini o’rganmog’imiz va muhtaram prezidentimiz ta’kidlagan uchinchi renessans 
ostonasida turgan ekanmiz o’sha davrning yutuqli jihatlarini o’rganmog’imiz kerak 
bo’ladi. Maqolada Amir Temurning olimu fuzalolarga ilm ahillariga bo’lgan 
munosabatini ularning davlat boshqaruvudagi rolinining ahamiyatlari haqidagi 
ma’limotlar tadqiq etilgan. Shuningdek, buyuk sohibqironning davlat boshqaruvidagi 
tajribasi va uning bugungi kundagi amaliy ahamiyati ko'rsatib berilgan. 
Kalit so‘zlar: Ilm fanAmir Temur, Ulug’bek, Tuzuklar, davlat, xalq, ulamolar,
madaniyat, ma‘naviyat saltanat, renessans, uyg’onish, observatoriya, muarrix, adabiyot, 
astranomiya, tarix. 
 
Tarixdan ma‘lumki O‘rta Osiyo hududi qadimdan turli xil bosqinchilar uchun juda 
yaxshi makon bo‘lib kelgan. Miloddan avvalgi VI-V asrlar Ahamoniylar, Mil. Avv. 
IV asr Aleksandr Makedonski, milodiy VII-VIII asrlarda arablar bosqini va XII-XIII 
asrlarda Mo‘g‘ullar bosqinlarini aytish mumkin. Har bir bosqinchilik yurishlari 
o‘zining salbiy oqibatlarini qoldirdi. VII-VIII asrlarda arablar bosqini O‘rta Osiyo 
hududiga o‘zining salbiy jihatlari bilan birgalikda ijobiy tomonlarini ham ko‘rsatdi.
Arablar bosqinidan so‘ng sharqda ilk uyg‘onish davri aynan O‘rta Osiyo hududida ro‘y 
berdi. Bu davrda ko‘plab buyuk zotlar allomalar yetishib chiqdiki ularning ma‘naviy 
dunyosi hali hamon oramizda yashayotganligini xis etishimiz mumkin. Ikkinchi ana 
shunday uyg’onish davri ham aynan sharqda vujudga keldi bu Amir Temur va 
Temuriylar davriga to’g’ri keldi va bu davr tarixga ikkinchi uyg’onish davri bo’lib kirdi. 
Amir Temurning o‘zi o‘qimishliligi zukkoligi adabiyot va san‘atga qiziqishi 
shuning bilan birgalikda o‘z ona tilidan tashqari boshqa bir nechta tillarni ham yaxshi 
bilishi, shuning asosida turli xil davlatlardan olib kelingan olimu fuzalolar, allomalar
bilan ko‘plab suhbatlar uyushtirib turardi, keyinchalik Amir Temurning bunday olib 
borgan oqilona siyosati zamirida XIV-XV asrlarda sharq musulmon olamida IX- XII 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 424.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling