Temur va temuriylar davrida madaniy hayot Temur va temuriylar
Download 117.29 Kb.
|
Temur va temuriylar davrida madaniy hayot
Temur va temuriylar davrida madaniy hayot Temur va temuriylar davrida madaniy hayotTemur va temuriylar davri mo’g’ul bosqinchilaridan ozod bo’lgan xalqimizning milliy dahosi eng yuksak cho’qqiga ko’tarilgan davrdir, Bu davr ilm-fani xalqi-mizning soнibqiron Temur boshchiligida ozodlikka erishgan va mustaqillikni saqlash hamda mustahkamlash uchun amalga oshirgan buyuk ishlarining ifodasidir. Bu xalqimizning mar-kazlashgan davlat tuzish, milliy davlatchiligini tiklash va barqaror qilish, mustaqil yashash orzularining ushalgan davridir.
Amir Temur ibn Tarag’ay Baнodir (1336-1405) Kesh (Shaнrisabz) shaнri yaqinidagi Xo’ja Ilg’or qishlog’ida dunyoga keldi. Uning eng asosiy garixiy xizmatlari shundan iboratki, u mo’g’ullarning bosqinchilik va vayronkorliklarita qarshi kurashib, O’rta Osiyoni ulardan xalos etdi. Mayda feodal va mulkdorlarning o’zaro nizolariga barнam berib, kuchli markazlashgan davlat barpo qildi. Mamlakatda tartib-intizom va qonun ustuvorligini ta‘minladi. Uning davrida «Kuch — adolatda» tamoyili amalga oshdi, iqtisod va madaniyat yuksaldi, o’zga mamlakatlar bilan mustahkam aloqalar o’rnatildi.
Download 117.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling