«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/161
Sana29.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#183323
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   161
Bog'liq
10 sinf ona tili darslik

UNDALMALAR USLUBIYATI
Topshiriq.
  Undalmalarning nechanchi shaxsga qaratilgani, gapning qaysi 
o‘rinlarida kelishiga e’tibor bering.
1.  Hurmatli Xolposhsha! Boshingga tushgan tashvishdan, anchagina 
betob bo‘lib yotganingdan xabarimiz bor. Qayg‘urma. (O‘. Umarbekov) 
2. Gapiraver, qizim, qulog‘imiz senda. (O‘. Umarbekov) 3. Ich, jigarim, 
qo‘rqqansan...  (Abdulla Qahhor) 4. Endi, o‘g‘lim, dabdurustdan majlis 
deding... asli, shu gapni avval o‘zaro jo‘n gaplashib, pishiqtirib olsag-u, 
keyin majlisga solsang bo‘lar edi. (Abdulla Qahhor)
Ma’lumki, undalmalar so‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs 
yoki predmetni bildiradi. Ular so‘zlovchining ting 
lovchiga bo‘lgan 


76
xolis, ijobiy, salbiy, tantanavor, rasmiy kabi munosabatlarini ham 
ifodalaydi. 
Masalan, rasmiy uslubda qo‘llangan undalmalarda rasmiylik bo‘yog‘i 
sezilib turadi: Hurmatli Ahmad Rahmatovich, Sizga shuni ma’lum 
qilamizki...
Undalmalar so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda, asosan, 
emotsional-ekspressivlik bo‘yog‘iga ega bo‘ladi. Masalan: Odamlar, siz 
mening hayotim, Har biringiz umrim parchasi. (E. Vohidov) Bo‘tam, 
orqaga qayt. Manavilarni uyga tashlab, keyin boramiz. (Said Ahmad)
Bunday birliklardagi undash ma’nosini yanada kuchaytirish uchun 
turli undovlar ham birga qo‘llanishi, undalmalar takror holda kelishi 
mumkin. Masalan: Ey Vatan, bag‘ringda shod Erkin o‘g‘loning bo‘lib 
Yur 
moqni istaydir ko‘ngil. (E. Vohidov) Hoy qizginam-ey, qizginam-
ey. Nimalar qilib qo‘yding, qizginam-ey. (O. Yoqu 
bov) Sendan 
farzandingga bog‘ qolsin, ey do‘st, Bog‘ing Vatan degan nom olsin
ey do‘st. (E. Vohidov)
Undalmalar gapning ichida yoki oxirida kelganda, emotsionallik 
bo‘yog‘i ortiqroq bo‘ladi. Masalan: Endi sen chorlasang, toki tanda 
jon, Labbay deyajakman, Va 
tan – onajon. (A. Oripov) Oq yo‘l bo‘lsin 
sizlarga, yosh do‘stlarim. (E. Vohi dov) Qutida, – dedi Zulayho. – Xud -
di shunaqa zirak ham bor. Kumush bo‘lsa kerak-a, dada? (O‘. Umar- 
 
 
 
 
bekov) Biz eskichasiga Hanifa deyaveraylik, o‘g‘lim, qishloqchilik 
emasmi, bilgan undoq deydi, bilmagan mundoq deydi. (Said Ahmad) 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling