87-mashq. Gaplarni o‘qing. Rasmiy, badiiy va so‘zlashuv uslublarida
qo‘llangan undalmalarni izohlang.
1. Qadamlaringizga gul bitsin, akalar! (A. Yo‘ldoshev) 2. Ham
qishloq,
yaqinda muddatingiz tugab uyga ketasiz, – dedi u past tovushda. (Said Ahmad) 3. Hurmatli Hoshimjon Olimjonov, bilim yurti talabalari bilan
uchrashuvga kelishingizni iltimos qilamiz. (Said Ahmad) 4. To‘xtang, ota!
Gapini tamomlasin! (O‘. Umarbekov) 5. Qani, To‘xta xola, gapiring!
(Abdulla Qahhor) 6. Ko‘p bema’ni ish qilibsiz-da, o‘g‘lim! (Abdulla Qahhor) 7. Uydagilar yaxshi o‘tirishibdimi, Xolida? – dedim uning
qadamiga qarab ohista borarkanman. (O‘. Hoshimov) 8. Gapiring, Erkin
aka! — dedi u qizarib ketgan ko‘zlarini menga tikib. (O‘. Hoshimov) 9. Ochiq-oshkora ishlash uslubi shunday bo‘ladi, muhtaram xonimlar!
77 Demokratiya deydi buni. (Erkin A’zam) 10. Hurmatli o‘rtoq Saidova,
«Yosh
lik» kompleks binosining jyuri a’zolari sizning loyihangiz bilan
tanishib chiqdi. Jyuri sizga shu loyiha uchun birinchi mukofot berilishini
loyiq topdi... (O‘. Umarbekov)