«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/161
Sana29.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#183323
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   161
Bog'liq
10 sinf ona tili darslik

107-mashq.
  Ko‘chirma gaplarning muallif gapi bilan muno sa bati haqida 
fikrlashing.
1. Mirzaabdulla ashulani to‘xtatib uni turg‘izdi. Sudrab tashqariga 
opchiqib ketdi: – Shu yerda turib aytasan. Hamma eshitadigan qilib 
qattiq-qattiq ayt! (Said Ahmad) 2. U bir lahza jim qoldi-da, o‘ziga 
gapirganday sekin qo‘shib qo‘ydi: – Payshanba kuni Komil tayibning 
 
uyiga boruvdim. Har kuni nahorga bir kosadan qo‘y suti ichsa, 
dard ko‘rmaganday bo‘lib ketadi, – dedi. (O‘.  Ho  shi mov)  3. O‘rta-
dagi yaltiroq stolga popukli qalin dastur 
xon yozarkan, bilinar-bilinmas 
kulimsirab: – Xizmatlar yaxshi o‘tyaptimi, Hikmat aka? – deb so‘radi. 
(O. Yoqubov) 4. Ayvonda ag‘nab yotgan Hakimjon mingboshini qo‘yib, 
Miryoqubga arz qildi: – Yurtda hali-hozir tinchlik. Unaqa zo‘r 
degunday ish yo‘q. Mayda-chuyda arizalar ko‘p, albatta. Ular 
ning 
ko‘pini o‘zim to‘g‘rilab yubordim. Besh-to‘rtta kattaroq arizalar bor, 
ularni o‘zimcha hal qilishga botinolmadim. (Cho‘lpon) 5. Amakim 
hikoyasini tugatishi bilan o‘zining tizzasiga o‘z shapalog‘i bilan urib 
o‘rnidan turdi-da: – Mening ana shunaqa arslonim bor edi! – dedi 
yig‘lamsirab.  (X. To‘xtaboyev) 6. Abduzafar aka qo‘lini siltadi: – Kechi-
rim so‘ramang, mayli. Pishiq bo‘ling  
deyman-da. O‘sadigan vaqtlaring 
ham kelyapti. Mana, biz ham  
pensiya yoshiga boryapmiz, xo‘sh, ishni 
kimlarga qoldiramiz, a? (Ahmad A’zam)

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling