«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/161
Sana29.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#183323
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   161
Bog'liq
10 sinf ona tili darslik

112-mashq.
  A. Oripovning G‘afur G‘ulom xotirasiga bag‘ish 
 
 
lan 
gan 
«Alvido, ustoz» she’ridan olingan parchadagi iqtibos va 
uning asosiy matn bilan munosabatiga e’tibor  
bering, uni 
tushuntirishga harakat qiling.


100
«Zo‘r karvon yo‘lida yetim bo‘tadek
Intizor ko‘zlarda halqa-halqa yosh...»
Sarbonim, qo‘lingdan ketdimikin erk, 
Sarbonim, ne uchun ko‘tarmaysan bosh...
113-mashq.
  M. Yo‘ldoshevning «Badiiy matn lingvopoetikasi» mono-
grafiyasidan olingan quyidagi parchani o‘qing. Undagi 
iqtibos 
larning qo‘llanish maqsadini, asosiy matn bilan 
bog‘lanishini tushuntirishga harakat qiling. Ularning man-
balariga e’tibor bering. Iqtiboslarda ifodalangan fikrlar 
haqida bahslashing.
Adabiyotning so‘z san’ati ekanligi, uning birlamchi unsuri til ekanligi 
haqidagi haqiqatni hech kim hech bir zamonda inkor etgan emas. Kishilik 
tarixida adabiyot atalmish dunyoni obrazli idrok etish san’ati yaralibdiki, bu 
san’atning ifoda vositasi bo‘lgan so‘z, tilni tugal talqin etmoqday mashaqqat 
li 
yumush inson tasavvuri va tafakkurini muttasil band etib keladi.
Buyuk ma’rifatparvar adib Abdurauf Fitrat: «Go‘zal san’atlarda 
tovar (materiyol) tovush, ohang bo‘lsa, go‘zal san’at musiqiy bo‘ladir; 
bo‘yovlar, chiziqlar bo‘lsa, rasm bo‘ladir; tosh yo boshqa turli ma’danlar 
esa  haykalchilik bo‘ladir; tosh, yog‘och, kirpich, ganch, tuproq bo‘lsa, 
me’morliq bo‘ladir; tan, mug‘a (muqom, mimika) harakatlari esa o‘yun 
(tans) bo‘ladir; gap, so‘z esa adabiyot bo‘ladir» deb yozadi va adabiyotga 
shunday ta’rif beradi: «Adabiyot – fikr, tuyg‘ularimizdagi to‘lqunlarni 
so‘zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham shunday 
to‘lqunlarni yaratmoq 
dir» (Fitrat A. Ada 
biyot qoidalari / Tanlangan 
asarlar. IV jild. – Toshkent: Ma’naviyat, 2006. 12–13-betlar).
Atoqli o‘zbek adabiyotshunosi O. Sharafiddinov shunday yozadi: 
«Rangsiz tasviriy san’at, ohangsiz musiqa bo‘l 
maganidek, tilsiz adabiyot 
ham bo‘lmaydi. Adabiyotni insonshunoslik deydilar. Darhaqiqat, yozuvchi 
xilma-xil insoniy xarakterlarni tadqiq qilib, jamiyat rivojiga yordam 
beradigan salmoqli haqi 
qatlarni kashf qiladi. Biroq bularning hammasi 
adabiyotda til orqali ro‘yobga chiqariladi» (O. Sharafiddinov Adabiyot 
tildan boshlanadi // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. 1986. 5-sen 
 

abr).

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling