KASAL, betob, notob, bemor, nosog‘, xasta, og‘riq.
Organizmning
normal faoliyati buzilgan, sog‘ning aksi.
Kasal keng tushunchaga ega. U odamga, hayvon yoki jonivorlarga,
hatto jonsiz narsalarga nisbatan ham qo‘llanaveradi. Bu so‘z
«organizm faoliyatining vaqtincha buzilgan»ligini ifodalash uchun
ham, shuningdek, «sog‘ning aksi» ma’nosida ham qo‘llanaveradi.
Betob, notob, bemor, xasta odamga nisbatangina qo‘llanadi. Betob,
notob so‘zlari «vaqtincha deb tasavvur qilinadigan kasal» ma’nosini
bildiradi. Notob kam qo‘llanadi. Bemor so‘zida ijobiy munosabat
ifodalanadi. Bu so‘z oddiy so‘zlashuvga nisbatan yozuvda ko‘p
qo‘llanadi. Xasta nisbatan eskirgan. Nosog‘ juda kam qo‘llanadi.
Og‘riq so‘zi ham bu ma’noda kam qo‘llanadi.
1. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar har doim necha qismdan iborat
bo‘ladi?
2. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap o‘zlashtirma gapga aylanti
rilganda,
qanday shakliy-uslubiy o‘zgarishlar yuz beradi?
3. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar o‘zlashtirma gapga aylantirilganda,
mazmunan soddalashish yuz beradimi?
4. So‘zlovchining modal munosabatlari ko‘chirma gapli qo‘shma
gapda yaqqol aks etadimi yoki o‘zlashtirma gapda?
Do'stlaringiz bilan baham: |