«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/161
Sana29.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#183323
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   161
Bog'liq
10 sinf ona tili darslik

2-topshiriq.
  Taniqli tilshunos A. Nurmonovning «O‘zbek tilshunosligi 
ta 
rixi» nomli asaridan olingan  
quyidagi parchani o‘qing. 
Undagi muallifning o‘ziga va Mahmud Koshg‘ariyga tegishli 
gaplar o‘rtasidagi munosabatni tushuntirishga harakat qiling.
Darhaqiqat, Mahmud Koshg‘ariy turkiy qabilalar yashagan hududlarni 
birma-bir kezib, ularning tilidagi farqli xususiyatlarni aniqladi, turkiy tillarni 
guruhlarga tasniflash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mahmud Koshg‘ariyning o‘zi 
bu haqda shunday yozadi: «Puxta qo‘llanma bo‘lsin deb, har bir qabila-
ning o‘ziga xos xususiyatlariga qiyosiy qoidalar tuzdim... Bu masalaga 
qiziqqan mutaxassislarga asarni qo‘llanma qildim» (Mahmud Koshg‘ariy. 
Devonu lug‘otit-turk. 1-tom. – Toshkent: Fan, 1960. 47-bet).
Gaplar ketma-ketligining bog‘lanishlilik asosida og‘zaki yoki yozma 
shaklda yuzaga kelgan tarkibiy, mazmuniy va kommunikativ yaxlitligi 
bo‘lgan matn tilning eng yirik birligidir. 


99
Har qanday matnda muayyan bir uslub voqelanadi. Shunga 
ko‘ra so‘zlashuv matni, ilmiy matn, rasmiy matn, badiiy matn 
va publitsistik matn farqlanadi. Odatda matndagi yaxlit mavzu-
mazmun, asosiy g‘oya, muallifning maqsadiga muvofiq uning 
no 
mi – sarlavhasi bo‘ladi.
Muayyan bir kishi muallif bo‘lgan matnda boshqa matnlardan 
olingan katta-kichik parchalar bo‘lishi mumkin. Bunday parchalar 
ifodalanayotgan fikrni dalillash, isbotlash, boshqa fikrni ma’qullash 
yoki rad qilish, tahlil va tanqid qilish, unga munosabat bildirish 
kabi turli maqsadlar bilan matnga kiritiladi. Bir matndan boshqasiga 
kiritilgan parcha iqtibos deb yuritiladi. Iqtiboslar har qanday nutq 
uslublarida ham kuzatilsa-da, ayniqsa, ilmiy matnda alohida o‘ringa 
ega. Ilmiy matndagi iqtiboslar ilmiy matnning o‘ziga xos belgilariga 
aylangan.
Badiiy matnda iqtiboslarning manbalari, ko‘pincha ataylab yashi-
riladi yoki turli ishoralar bilan ifodalanadi, bunda o‘quvchining 
bilimlari, umumiy badiiy-ma’rifiy tasavvurlari, badiiy-estetik idrokini 
harakatga keltirish na 
zarda tutiladi. Badiiy matnga iqtiboslarning 
kiritilishi badiiy tasvir usulidir. Masalan, yozuvchi Murod Muhammad 
Do‘stning «Lolazor» romanidan olingan quyi 
dagi parchada asar 
bosh qahramoni Yaxshiboyev nutqida Alisher Navoiyning mashhur 
«Bu gulshan ichra yo‘qdur baqo guliga sabot, Ajab saodat erur, 
chiqsa yaxshilik bila ot» bayti keltirilgan va uning manbasi, kimga 
tegishliligi aytilmagan, shu tariqa ijodkor maqsadiga – qahramon 
xarakterining bir qirrasini ochib berishga batamom xizmat qiladigan 
poetik ifoda yuzaga kelgan: Xullas, xotin, bu gulshan ichra yo‘qdur 
baqo guliga sabot, ajab saodat erur, qolsa yaxshilik bila ot. Lekin 
o‘shal otni qachon qoldiramiz, qoldirib ulguramizmi?.. 
Ilmiy matnda esa iqtiboslarning qayerdan olinganligi, kimga 
tegishliligi, manbasi aniq ko‘rsatilishi shart. Aks holda, bu holat 
qonunan plagiat, ya’ni o‘g‘irlik hisoblanadi. Ayni paytda ilmiy odob 
qoidalariga ham mutlaqo ziddir.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling