O‘zbekiston milliy metrologiya


Download 279.13 Kb.
bet2/5
Sana07.03.2023
Hajmi279.13 Kb.
#1245931
1   2   3   4   5
Bog'liq
M. Salohidinov 20.01.23

ariza beruvchi — o‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazishda manfaatdor bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
ijrochi — belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan davlat metrologiya xizmati organi yoki boshqa vakolatli organ yoxud tashkilotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
qiyoslovchi — akkreditatsiyadan o‘tkazilgan davlat metrologiya xizmati yoki davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining metrologiya xizmatlarining zarur malakaga ega bo‘lgan, aniq bir o‘lchash turi bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassisi;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
qiyoslash tamg‘asining izi — o‘lchash vositasi va (yoki) texnik hujjatga bosilgan, o‘lchash texnikasi vositalarini qiyoslash qoniqarli natijalar bilan o‘tkazilganligini tasdiqlaydigan, shuningdek, o‘lchash vositalarini, shu jumladan, rostlovchi qurilmalarni har qanday ruxsat berilmagan kirishdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan belgi;
qiyoslash tamg‘asi — belgilangan shakl va mazmundagi o‘yma belgilar maydoniga ega bo‘lgan, o‘lchash vositasiga va (yoki) ularning foydalanish hujjatlariga izi bosib tushiriladigan va ularni qiyoslashdan o‘tkazilganligini va qo‘llanish uchun yaroqliligini tasdiqlovchi texnik qurilma;
o‘lchash vositalarining qiyoslashlararo intervali — o‘lchash vositalarini ikkita ketma-ket qiyoslash orasidagi vaqt oralig‘i;
qiyoslash uslubiyoti — bajarilishi o‘lchash vositalari metrologik talablarga muvofiqligini imkonini beruvchi, aniq ta’riflangan operatsiyalar jamlanmasidan iborat hujjat.
6. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohalardan tashqarida foydalaniladigan o‘lchash vositalari qiyoslashga ixtiyoriy ravishda ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda taqdim etilishi mumkin.
7. O‘lchash vositalari ishlash siklida birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspeksion va ekspert qiyoslashlardan, xususan:

Download 279.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling