O‘zbekiston Milliy Universiteti “Amaliy matematika va kompyuter tahlili” kafedrasi 51-bilet


IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, Apple, Siemens Nixdors, Aser, Olivetti, Gateway, Sun va boshqa firmalardir


Download 0.82 Mb.
bet9/9
Sana04.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1166320
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
51-билет (Якуний назорат) (Lotincha)

IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, Apple, Siemens Nixdors, Aser, Olivetti, Gateway, Sun va boshqa firmalardir.
  • Ishlab chiqarilishiga qarab Kompyuterlar ikki xil bo‘ladi: Oq yasalgan va lintsenziya asosida ishlab chiqargan Kompyuterlar Sariq yasalgan Kompyuterlar hisoblanadi. Yuqoridagi zikr etilgan komponiyalar ishlab chiqargan Kompyuterlar oq Kompyuterlar, Malayziya, Xitoy, Tayland, Koreya davlatlarida ishlab chiqarilgan Kompyuterlar Sariq yasalgan Kompyuterlar hisoblanadi.


  • Noutbuk Kompyuterlar- bu Kompyuterlar xajmi ancha ixcham bo‘lib, batareya asosida ishlaydi. Hozirda bunday Kompyuterlarni IBM, Compaq, Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda.


    4-Amaliy va vositaviy programmalar.



    Amaliy dasturlar. Ularning ko‘rinishi
    Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchining aniq bir vazifalarini ishlab
    chiqish va bajarish uchun mo‘ljallangan.
    Amaliy dasturiy ta’minot tizimli DT, xususan, operatsion tizimlar
    boshqariluvi ostida ishlaydi. Amaliy DT tarkibiga quyidagilar kiradi:
    - Turli vazifalardagi amaliy dasturlar paketlari;
    - foydalanuvchi va AT umumiy ish dasturlari.
    Amaliy dasturlar paketlari (ADP) - foydalanuvchi hal etayotgan vazifalarni
    avtomatlashtirishning kuchli qurolidir, u axborotnir ishlash bo‘yicha biror ishni
    qanday bajarayotganini bilish zaruriyatidan amalda to‘liq ozod etadi.
    Hozirgi paytda o‘z funksional imkoniyatlari va amalga oshirish usullariga
    ko‘ra farqlanuvchi ADPning keng spektri mavjud.
    Amaliy dasturlar paketi (ADP) - bu muayyan sinf vazifalarini hal etish
    uchun mo‘ljallangan dasturlar majmuidir.
    ADPning quyidagi turlari farqlanadi:
    - umumiy vazifadagi (universal)
    - uslubiy yunaltirilgan;
    - global tarmoq;
    - xisoblash jarayoni tashkilotlari.
    Umumiy vazifadagi amaliy dasturlar paketi (ADP) - foydalanuvchi va
    umuman axborot tizimi funksional vazifalarni ishlab chiqarish va foydalanishni
    avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan.
    Bu ADP sinfiga quyidagilar oiddir:
    - matnli va grafik muxarrirlar;
    - elektron jadvallar;
    - ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT)
    Kompyuter ishlashi uchun zaruriy shart – bu uning dasturlarining mavjudligidadir. Dastur – bu kompyuterdagi biror bir ob`yekt yoki vosita bilan foydalanuvchini bog`lovchi maxsulotdir. Dasturni to`g`ridan to’g’ri o`rnatib bo`lmaydi. Uni o`rnatish uchun albatta uning dasturiy ta`minoti bo`lishi shart.

    Dastur ta`minoti 3 guruhdan iborat:




    • Tizimning ishlash bilan bog`liq tizimli dastur ta`minoti;


    • Amaliy dastur ta`minoti;


    • Vositaviy dastur ta`minoti;


    Tizimli ta`minotning o`rnatilishi, kompyuterda tizim dasturlarining ishlashini ta`minlaydi. Tizim dasturlari esa shu o`rinda kompyuterning ishlashini boshqaradi, uning turli qurilmalari orasida muloqotni tashkil qiladi. Amaliy dasturlarning ishlashi uchun muhit yaratadi. Tizimli dastur kompyuterdan foydalanishni osonlashtiradi va uning o`zagida operasion tizim turibti. Hozirgi paytda turli operasion sistemalar mavjud. Masalan: UNIX, MS DOS, PC DOS, DRD DOS, OS/2, WARP, MICROSOFT WINDOWS, MACINTOCH va boshqalar. Bundan tashqari operasion qobig`lar va xizmat qiluvchi dasturlar mavjud. Ular dastur utilitalari deb atalib, yordamchi amallarni bajarib, kompyuter ishlashini qulaylovchi dasturlardir.

    Amaliy dasturlar aniq bir amal bajarilishini ta`minlaydi. Turli ko`rinishdagi ma`lumotlar ustida ma`lumotlar almashuvini amalga oshiradi, ya`ni predmet sohadan olingan alohida masalalar va ularning to`plamini yechish uchun qaratilgan bo`lib, amaliy masalalarni yechish uchun mo`ljallangan. Amaliy dasturlarning ishlashi uchun uning dasturiy ta`minoti o`rnatilishi kerak. Barcha amaliy dasturlar birinchi navbatda operasion tizimga bog`langan holatda o`rnatiladi. Har bir amaliy dastur o`zining dasturiy ta`minotiga ega va uning initializatsion dasturning hajmi turli o`lchamga ega.

    Qurilma drayverlari, yoki boshqacha qilib aytganda vositaviy dastur ta`minotlarining mavjudligi kompyuterga bog`liq bo`lgan yoki unga o`rnatilgan qurilma hamda resurslarning ishlashini ta`minlaydi. Standart qurilmalarning ko`pchiliklarida uilarning drayverlari operasion tizimning tarkibida mavjud. Bu ham tizimning versiyalaridan bog`liq. Masalan Microsoft Windows 98 versiyali operasion tizimi o`rnatilgan kompyuterni olsak, unga o`rnatiladigan standart yoki tizimdan oldinroq ishlab chiqarilgan qurilma hamda resurslarning drayverlari tizim tarkibida mavjudligini takidlab o`tish lozim. Agar keyinroq ishlab chiqarilgan va nostandart qurilma yoki resurslar o`rnatiladigan bo`lsa, u holda ularning dastur ta`minoti alohida ravishda o`rnatiladi. Qurilmalarning dastur ta`minoti yoki drayverlarning o`rnatilishi, o`rnatiladigan qurilma va resurslarning kompyuterdagi boshqa qurilmalar hamda kompyuterning sistemasi va barcha sistema resurslari bilan bog`liq holda ishlaydi. Har bir qurilma uchun o`zining dastur ta`minoti mavjud va bunday dasturlar faqatgina kompyuterning operasion tizimi mavjud bo`lgandan keyingina o`rnatilishi mumkin.



    B

    a rcha dasturlar odatda egiluvchan magnitli disklarda arxivlangan holatda joylashgan bo`ladi. Ammo operasion sistemalar va u bilan bog`liq dasturlar ancha katta hajmga ega bo`lganligi tufayli keyingi paytlarda kampakt disklariga (CD-R) yozilmoqda. Ba`zi bir sistemali dasturlar, amaliy dasturlar paketlar, utilitalar va qurilmalarning vositaviy dasturlari mantiqiy disklarda (vinchesterlarda) yozilgan bo`ladi. Hozirgi vaqtda ko`pgina ma`lumotlar local hisoblash tarmoq, INTERNET va electron pochta orqali qabul qilinish bilan bir qatorda dastur ta`minotlar ham shu tarzda qabul qilinadi va o`rnatiladi.
    Download 0.82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling