O’zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti kurs ishi mavzu : O’zbekistonda uchraydigan zaharli ilonlar va ular zaharining xususiyatlari


Download 107.91 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi107.91 Kb.
#1543131
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti kurs ishi

Qalqontumshuq ilon (sitomordnik)

Qalqontumshuq ilon, asosan Toshkent va Samardand viloyatidagi tog‘lar va Qoraqalpog‘iston tekisliklarida yashaydi. Bu respublikamizda tarqalgan birdan-bir chinqiriq yoki shaqildoq ilondir. Bu oilaning ko‘p vakillari Shimoliy va Markaziy Amerikada hamda Janubiy Amerikaning shimoliy hududlarida yashaydi.


Tanasining uzunligi 68 sm. gacha, dumi qisqa 4–8 sm. bo‘ladi. Ustida to‘q rangli ko‘ndalang dog‘lari bor. Bu yo‘llarning cheti o‘rtasiga qaraganda ancha to‘q rangli bo‘ladi. Tanasining yonida ancha mayda va to‘q rangli dog‘lardan iborat uzunasiga ketgan yo‘llari bor. Qorni och yoki to‘q rangli mayda dog‘li, ba’zan esa dog‘siz bo‘ladi.


Qalqontumshuqning tipik yashash joylari shimolda gil tuproqli va qumli cho‘llardir. Janubda u baland tog‘lardagi archazor o‘rmonlarda va tosh uyumlari bo‘ylab alp o‘tloqlarigacha (3200 m. va undan balandroq) uchraydi. Mirzacho‘lda qishlagan qalqontumshuqlar fevralning oxiri – martning boshida qishlovdan chiqadi. Dastlabki kunlari ular o‘zlari qishlab chiqqan kemiruvchilarning ini yonida isinadi. Issiq tushishi bilan tungi hayot tarziga o‘tadi. Iyulning oxiri – avgustda urg‘ochilari 160–190 mm. uzunlikdagi 1–20 ta bola tug‘adi. Qalqontumshuqning chaqishi juda og‘ritadi. Bunda odam shishib ketadi, issig‘i ko‘tariladi, ba’zan esa qorason kasalligi kuzatiladi. 10–15 kundan keyin u tuzala boshlaydi.







Ko‘lvor ilon
Ko‘lvor ilon ancha yirik bo‘ladi, yo‘g‘onligi odamning bilagidek keladi. Tanasining uzunligi 160 sm. cha, dumi esa 20 sm. dan ortiq emas. Eng og‘ir ko‘lvor ilonning massasi 3 kg. cha bo‘ladi. Usti och yoki to‘q kul rang, sarg‘ish yoki jigarrang tusli. Naqshi xilma-xil cho‘qqi-qirrasi bo‘ylab yirikroq va gavdasining yon tomonlarida esa maydaroq dog‘lari bo‘ladi. Qorni och rangli bo‘lib, ayrimlarida mayda nuqtalari bo‘ladi.
O‘zbekistonda Turkiston tog‘ oldilarida (Xovos), Nurota, Zarafshon tizma tog‘lari, Ko‘hitang va Hisor tizma tog‘lari etaklarida uchraydi. Bu ilon kobraga nisbatan ancha ko‘p tarqalgan. Zarafshon tizma tog‘i va Nurota tog‘larining ba’zi joylarida bahorda kuniga beshtagacha, ba’zan esa undan ko‘p ko‘lvor ilonni uchratish mumkin.
Ko‘lvor ilon tog‘larda, tog‘ oldilarida va tog‘larning atroflaridagi vodiylarda yashaydi. Qishloqlarda va tog‘ etaklaridagi bog‘larda, buloq bo‘yida, tog‘lardagi tosh uyumlari orasida ko‘p uchraydi.
Ko‘lvor ilon qishlagandan keyin mart oyida, baland tog‘larda esa aprelda chiqadi. Dastlabki kunlari ular kunduzi oftobda isinadi. Aprelning oxiri va mayning boshlarida quyosh botishi oldidan, bulutli kunlarda esa kunduzi ham ko‘rinadi. Ko‘lvor ilon may oyidan boshlab butun yoz bo‘yi tunda faol hayot kechiradi.
Asosan, mayda qushlar va kemiruvchilar, ba’zan kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Ko‘lvor ilon iyulda tuxum qo‘yadi. Yosh ilonlar avgust-sentabrda chiqadi. Uch yoshida jinsiy voyaga etadi. Tutqunlikda odatda uch yilcha yashaydi. Bir vaqtlar Riga hayvonot bog‘ida ko‘lvor ilon 17 yil yashagan. Ilon odamga duch kelganda harakatsiz yotadi va ko‘pincha uni oyoq yalang bosib oladilar. Ko‘lvor ilonning chaqishi juda xavfli. Agar ilon chaqqan odamga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, u halok bo‘lishi mumkin. Zahari qonga, jigarga ta’sir qiladi, Ko‘lvor ilonning zaharidan olinadigan zaharga qarshi zardob shu turkumga mansub boshqa ilonlar chaqqanda ishlatiladi.
Agar sizni zaharli ilon chaqsa, darhol jarohatni qo‘lingiz bilan siqib chiqaring yoki so‘rib tashlang. Ilonning zahari so‘lak ta’sirida qisman parchalanadi va odam og‘zi orqali hech qachon, hatto buzilgan tishi bo‘lgan taqdirda ham zaharlinishi mumkin emas. Qonni 5-8 daqiqadan ortiq so‘rib yoki siqib chiqarish mumkin emas. Shundan keyin margansovka, sirka yoki sodali suvga nam doka yoki paxta bosish kerak. Jarohatlangan odam suv, limonad, sut, qahva ichishi, tarvuz eyishi foydali. Bunda spirtli ichimliklar ichish mumkin emas. Dastlabki chora-tadbirlar ko‘rilganidan keyin darhol shifokorga uchrasish lozim. 
Kishi ilon ko‘rishi bilan seskanib tushadi. Darhaqiqat, ilon turqi sovuq maxluqdir. Taxminiy hisoblarga ko‘ra har yili yer sharida 500 ming kishini ilon chaqadi. Janubiy Amerikada yili­ga taxminan 3-4 ming kishi, Afrikada 1000 kishi ilon zahridan halok bo‘ladi. 1948-yili Braziliyaning Abun qal’asida: «Dengiz qirg‘og‘idagi qumloqda nihoyatda katta ilon yotibdi. Uzunligi 35 metr keladigan bu ilonni pulemyotdan o‘qqa tutib arang o‘ldirishdi...» — degan vahimali xabar tarqalgan edi. 1964-yili ham ba’zi bir gazetalarda Vyetnam Demokratik Respublikasining changalzor o‘rmonlaridan birida uzunligi 36 metr keladigan ilon o‘qqa tutib o‘ldirilganligi haqidagi xa­bar bosilib chiqdi. Bu xabarlaming ikkalasi ham uydirma gaplar.
Nyu-York hayvonot bog‘i o‘n metrdan uzun anakonda (ilon)ni tutib kelgan kishiga o‘n ming dollar mukofot va’da qil­gan. Bu mukofotga hali hech kim sazovor bo‘lganicha yo‘q.
Kolumbiyada bir zoolog uzunligi 11 metr 50 santimetr keladigan ilonni — anakondani o‘ldirgani aniq. San-Diyego (AQSH) hayvonot bog‘ida uzunligi 8 metr 55 santimetr, og‘irligi 115 kilogramm keladigan anakonda bor. Borneo orolida uzunligi 9 metr-u 85 santimetr keladigan bo‘g‘ma ilon tutilgan. Ilon o‘zidan ikki-uch hissa yo‘g‘on jonivorlarni yuta oladi. Lekin ot va sigirlami yutgan ilonlar haqidagi rivoyatlarning turgan-bitgani uydirma. Uzunligi 10 metr keladigan anakonda qo‘y, buzoq, cho‘chqa, kiyik, hatto puma (sherga o‘xshash yirtqich hayvon)ni yutishi mumkin. Ilonlaming og‘zi rezina singari cho‘ziluvchan bo‘ladi.
U o‘ljasini bir amallab og‘ziga sig‘dirsa, bas. 0‘lja katta bo‘lmasa yoki unchalik qarshilik ko'rsatmasa, ilon uni tiriklayin yutadi. Katta va jiddiy qarshilik ko‘rsatuvchi o‘ljasini awalo bo‘g‘ib o‘ldiradi, shundan keyingina yutadi.
Ilon qurt, chuvalchang, har xil hasharot, kemiruvchilar, tuyoqli jonivorlar, qushlar, tuxumlarni ham yeydi, u ovqat tanlamaydi. Ilon och qolganida hayvon o‘laksalaridan ham qaytmaydi. Ayrim ilonlar tuxumxo‘r bo‘ladi. Uzunligi 75-80 san­timetr keladigan ilonlar tovuq tuxumini bemalol yutadi, po‘chog‘ini ezib chiqarib tashlaydi
Braziliyaning San-Paulu shtatiga qarashli Peruibi munitsipalitetining tarkibida Ilya da Keymada Grande nomi ila ataluvchi orol mavjud bo'lib, u orol San Paulu shtati sohillaridan 33 km uzoqlikda Atlantika okeanida joylashgan. Oldiniga Keymada Grande oroli Braziliya hukumati uchun aslida mazkur mamlakatga keladigan va ushbu mamlakatdan ketadigan kemalarni yo'ldan adashmasligi uchun, ob-havoni ushba kemalarga bildirib turish uchun xizmat qilgan. Shuning uchun ham Keymada Grandega Braziliya armiyasi 1909-yilda uzoqdan ko'rinib turadigan mayoq o'rnatadi. Mayoq oldiniga insonlar tomonidan boshqariladi. Keyinchalik esa u avtomotik rejimga o'zgartiriladi va bu oroldan inson qadami butunlay uziladi. 1917-yildan keyin Keymada Grande orolida ilonlarning evolyutsiyasi tezlasha boradi. Bunga esa asosiy sabab orol muhitining shunga ko'mak berishidadir. Ya'nikim orol sharoitida ilonlar bemalol, xavfsiz ko'payish jarayonini boshdan kechirishadi.
Oldiniga bu yerda mavjud bo'lgan banan plantatsiyalari 1924-yildan boshlab yo'q qilinadi. Bu esa Kemada Grandeni ilonlarning ixtiyoriga o'tganligidan dalolat berardi va shunday bo'ldi ham. 1977-yilda Kemada Grandega u yerdagi zaharli ilonlarni o`rganish uchun borgan Kolumbiyalik Emili Tomas uz kundaligida shunday yozadi. Bu yer endi yerdagi duzaxga aylanibdi. Tezroq meni olib kelgan harbiylarga bu orolga insonlarni qo'ymasligi haqida aytishim kerak, negaki ular shu darajada ko'pki ilonlarning qaysi biri zaharli yoki zaharsiz ekanligini bilish uchun ham narigi dunyoga borib kelish kerak bo'ladi. Ularning hammasi bir joyda, to'da bo'lib yasharkan. Hayron qoldim, ilonlarning to'da bo'lib yashaganini kamdan kam uchratganman. Mana usha Keymada Grand haqida yozilgan ilk qaydlar. Shundan keyin aniqrog'i 1985-yilga kelib Braziliya hukumati Keymada Grandeni butunlay harbiylar va olimlar guruhidan boshqa birovlar uchun yopib tashlaydi.

Eng so'nggi aniq faktlarga ko'ra ilonlar respublikasi deb ataladigan orolda bugungi kunda 430 mingdan ortiq zaharli ilon mavjud. Aytishlariga qaraganda chatishish natijasida bu orolda paydo bo'lgan ayrim ilonlar hali fan uchun ham noma'lum zaharga ega hisoblanarkan. 2015-yilning 8-avgust kuni Kemada Grande haqida olim Markes Otavio portugal tilida bormasdan oldin qaerga ketayotganingni bilib qo'y nomli maqola e'lon kiladi. Unda olim ilonlar orolida shu kungacha qurbon bo'lganu ammo jasadlari olib ketilmagan kishilar haqida yozgan. Bundan kelib chiqadiki u erga borish bor ammo qaytish yo'q agar maxsus kiyim bo'lmasa. Ilonlar orolini eng so'ngi marta 2015-yilning mart oyida Diskoveri telekanali o'rgangan.


Download 107.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling