GEN BANKI
GenBank — bu DNK va RNK ketma-ketliklarini, shuningdek, ularda kodlangan oqsillarning ketma-ketligini o'z ichiga olgan ommaga ochiq ma'lumotlar bazasidir.
GenBank AQSh Milliy Sog'liqni saqlash institutining tarkibiy qismi bo'lgan AQSh milliy biotexnologiya ma'lumot markazi (NCBI) tomonidan qo'llab-quvvatlanadi va dunyo bo'ylab tadqiqotchilar uchun bepul taqdim etiladi. GenBank 100000 dan ortiq turli organizmlar uchun turli laboratoriyalardan ma'lumotlarni oladi va birlashtiradi.
GenBank - bu arxiv ma'lumotlar bazasi, va ushbu ma’lumotlarni yaratuvchilar har bir ma’lumotning mazmuni uchun javobgardirlar. GenBank, EMBL va DDBJ banklari bilan birgalikda INSDC konsorsiumining bir qismidir (http://insdc.org/), ushbu nukleotidlar ketma-ketligining ushbu uchta arxivi o'rtasida doimiy ravishda ma'lumot almashib turiladi. GenBankning chiqarilishi har ikki oyda bir marta amalga oshiriladi va saytdan FTP orqali olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |