O’zbekiston Milliy universiteti Biotexnologiya yo’nalishi 2-kurs talabasi Rashidov Adhamning Mikrobiologiya va Virusologiya fanidan tayyorlagan


Suvni tozalash va zararsizlantirish usullari


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana06.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1694033
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mikrobio

Suvni tozalash va zararsizlantirish usullari.
1. Osilma moddalarni chuktirish. Bu usul suv juda ham loyqa holatda bo’lsa qo’llaniladi. 
SHu maksadda suv tozalaydigan katta qurilma asboblar o’phatilib, ulardan suv juda sekinlik 
bilan o’tkazilganda uning ostiga yirik moddalar bilan birlikda mikroblar ham cho’kadi. 
Natijada bakteriyalar miqdori 75 protsentga, ichak tayoqchasi esa 50 marta kamayadi. 
2. Koagulyatsiyalash (birlashtirish) — suvdagi muallaq zarrachalarning cho’kishini 
tezlatnsh uchun unga koagulyant (sulfat kislotali glinozem yoki sulfat kislotali temir oksidi) 
ohak bilan aralashtirib qo’shiladi. Bu moddalar suvda kalsiy va magniy tuzlari bilan birikadi 
va yirik parchalarga aylanuvchi alyuminiyning suvli oqsidini — kolloid eritmasini hosil 
qiladi. Hosil bo’lgan parchalar uzlari bilan birlikda suvdagi mikroblarni va muallaq 
zarrachalarni ham cho’ktiradi. Koagulyant qo’ushilgan suv 6 soatda tinadi. Bu vaqtni 
qisqartirish uchun suvni filtrdan o’tkazish lozim, shunday qilganda suvdagi mikroblarning 
soni 90 protsentga ozayadi.
3. Suvni filtrlash. Buning uchun suv qalinligi 0,6—0,7 m kvars qumi, shag’al va boshqa 
filtrlardan o’tkaziladi. Shunday qilganda 10—12 minut ichida kum yuzasida suvdagi 
muallaq zarrachalardan anorganik parda hosil bo’ladi va u mayda loyqa zarrachalarini 
hamda 99 protsent bakteriyalarni tutib qoladi. 
4. Xlorlash — bu asosan patogen mikroblarni (paratif, brutsella va boshqa sporasiz) 
yo’qotishda va suvdagi mikroblarning umumiy miqdorini kamaytirishda keng 
qo’llaniladigan oddiy usuldir. Buning uchun ma’lum miqdorda bakteriyalarga halokatli 
ta’sir etuvchi va oksidlash xususiyatiga ega bo’lgan, tarkibida aktiv xlor bo’lgan xlorli ohak 
qo’llaniladi. Xlorlanadigan suv toza va tinik, bo’lishi lozim, chunki xlor suvdagi 
bakteriyalarni uldiradi. Agarda mikroblar muallaq zarrachalarda, loyqada va boshqa 
birikmalarda bo’lsa, ularga xlor yaxshi ta’sir etmaydi. Ayrim mikroblar tirik qoladi va 
bunday suvni odam va hayvonlar ichsa zararlanishi mumkin. 0,1 mg aktiv xlor 1 litr suvdagi 
6000 ichak tayoqchasini 4 soat-u 10 minutda uldiradi. Lekin suv azonlansa xlorlab 
tozalanganga qaraganda, ancha yaxshi natija beradi. 0,1 mg azon 1 litr suvdagi 6000 ichak 
tayoqchasini 1 sekundda uldiradi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling