1.3. Ilmiy-pedagogik ishlar
Ilmiy pedagogik ishni bajarish davomida fakultetda o'qituvchilar darslarini kuzatmoqdaman. Jumladan noyabr oyida g.f.n., dots M.I.Nazarovning
ma’ruza darsini tahlil qildim.
II. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash
2.1. Tadqiqotni o‘tkazishga tayyorgarlik
1. Bibliografik ro‘yxatga qo‘shimcha adabiyotlar kiritilmoqda;
2. Tadqiqot olib borish uchun zarur bo‘lgan usul va yo‘nalishlar ro‘yxati tuzilgan, tuzilgan ro’yxat yanada boyitilmoqda.
2.2. Ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish
Magistrlik dissertatsiya ishimning 3-bobini tayyorlash va kafedraning ilmiy seminarida taqdimot ko’rinishida tayyorlab himoya qilish uchun, muhokama uchun tayyorlanilmoqda.
Tadqiqotni amalga oshirish: materiallarni yig‘ish va tahlil qilish
1. “Bag'dod tumaniga umumiy-iqtisodiy geografik tavsif” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishimning III-bobini tayyorlash bo’yicha ilmiy rahbar g.f.n. dots., M.I.NAZAROV bilan maslahatlashgan holda ma’lumotlar to’planib, tahlil qilinmoqda ;
2. Magistrlik dissertatsiya ishi “Bag'dod tumaniga umumiy-iqtisodiy geografik tavsif” mavzusi bo’yicha monografiya, ilmiy maqola, tezislar o‘rganilmoqda.
III. Tashkiliy ishlar. Ilmiy seminar va konferensiyalarda ishtirok etish
1.4. Ilmiy seminar
1. Magistrlik dissertatsiyasini yozish mavzuni ichiga kirib borish bo‘yicha kafedrao’qituvchilari bilan har dushanba kuni ilmiy seminar tashkil qilinmoqda
2022 yilning 14-15 oktyabr kunlari O’zbekiston Milliy Universitetida professor M.M.Mamatqulov va dotsent P.N.G’ulomovlar tavalludining 90-yilligiga bag’ishlangan “Fundamental va amaliy geografik tatqiqotlarda innovatsiyalar” nomli Respublika ilmiy amaliy konferensiyasida ishtirok etildi .
XULOSA
Ushbu III-semestrda rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishi hisobotlarini bajarishda ko‘zda tutilgan ishlar amalga oshirildi. Umuman olganda bu turdagi hisobotlarni yozishdan asosiy maqsad dissertatsiya ishining borishini nazorat qilish va u haqida ma’lumotlar berishdan iborat.
2022-2023 o‘quv yilining yarim yillik “Ilmiy pedagogik faoliyat” bo‘yicha bajarilishi ko‘zda tutilgan ishlar kalendar ish reja asosida bajarildi va bajarilgan ishlarning hisoboti tayyorlandi. Ushbu hisobotni yozishdan asosiy maqsad ilmiy pedagogik ishini olib borishda tegishli ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat edi. “Ilmiy pedagogik faoliyat” bo‘yicha qilingan ishlar magistrning kelgusidagi pedagogik faoliyat ishlarida asos bo‘lib xizmat qilishi shubhasizdir. “Ilmiy pedagogik faoliyat” bo‘yicha olib borilgan kuzatuvlar, dars tahlillari, talabalarga o’tilgan maruza va amaliy mashg’ulotlari, dars ishlanmalari bilan tanishish orqali ko‘plab tajribalar orttiriladi. “Ilmiy pedagogik faoliyat” professor o‘qituvchilar darslarini o’tib, yetarlicha malaka hosil qilish, o‘qituvchilarning dars o‘tish jarayonlaridan tajribalar orttirishdan iborat.
Kafedra mudiri: g.f.d., prof. Z.N.Tojiyeva
Ilmiy rahbar: g.f.n., dots. M.I.Nazarov
Magistr talabasi: D.A.Maxsudova
Do'stlaringiz bilan baham: |