. - Til qadimiy tarixga ega bo‘lib, u doimo odamlarga o‘zaro aloqa, munosabat, madaniy-ma’naviy zaruriyat, jamoa bo’lib birlashish, kurashish quroli bo‘lib xizmat qilgan. U kishilik jamiyati bilan birgalikda doimo taraqqiyotda bo‘lgan. Nutq madaniyati muloqot jarayonida amalga oshiriladi. Shu sababdan nutqning tushunarli, ta’sirchan va maqsadga muvofiq bo’lishi obyektiv zaruriyat hisoblangan. Nutqning tushunarli, ta’sirchan va maqsadga muvofiq bo’lishi nutq madaniyatining asosiy tamoyillari qatoridan o’rin olgan.
- Nutqda ana shu uch omilning birligiga erishish maqsadida insonlar tomonidan o’zaro nutqiy munosabatlarni amalga oshirish uchun ma’lum qoidalarga amal qilingan.
. - Nutq madaniyati lingvistik soha hisoblanadi va u tilning turli sathlarini o‘rganuvchi fanning barcha tarmoqlari bilan uzviy aloqadordir. U fonetika to‘g‘ri talaffuz me’yorlariga oid orfoepik qoidalarni bilishni, leksik imkoniyatlar doirasining kengligini, semantik, morfologik bilimlarning mukammalligini, sintaktik konstruksiyalarning me’yoriy holatlarini egallashni taqozo etadi. Nutq madaniyati muammolari bilan shug‘ullanish birinchi marta Praga lingvistik to‘garagi tomonidan o‘rtaga qo‘yilgan edi. Keyinchalik bu masalani tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida o‘rganishga rus tilshunosligida o‘tgan asrning 20-30-yillarida kirishilgan. Bu masala bilan jiddiy shug‘ullanishga o‘zbek tilshunosligida 70-yillarda kirishildi.
. - Praga lingvistik to‘garagi tilshunoslikda birinchi bo‘lib adabiy tilni me’yorlashtirish masalasiga ilmiy yondashuvni shakllantirdi. Bu to‘garak adabiy tilning rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.To‘garakning bu masalaga oid qarashlari 1929- yili e’lon qilingan «Praga lingvistik to‘garagi tezislari» ilmiy dasturida asoslab berildi. To‘garak adabiy til me’yorlarini belgilashning quyidagi 3 tamoyilini ishlab chiqdi: 1.Adabiy til me’yorlarini belgilashda tilning hozirgi holati hisobga olinishi kertak. 2.Adabiy til me’yorlarini belgilashda ziyolilar ommasining til malakasi ko‘zda tutilmog‘i kerak. 3.Mahalliy kolorit va argotizmlarni nazardan soqit qilgan holda og‘zaki til amaliyoti ko‘zda tutilgani ma’qul. Xullas, Praga lingvistik maktabi til madaniyati masalasini adabuy tilni me’yorlash bilan bog‘liq holda izohladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |