O’zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti, 5111600-Milliy g′oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi yo’nalishi falsafa fanidan


Islom dini: paydo bo’lishi, tarixi va dunyoga yoyilishi


Download 173.5 Kb.
bet3/5
Sana23.12.2022
Hajmi173.5 Kb.
#1046915
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish Falsafa

Islom dini: paydo bo’lishi, tarixi va dunyoga yoyilishi.

Islom dinining paydo bo’lishi bevosita oxirgi ummat payg’ambari Arabiston yarimorolida tug’ilgan Muhammad s.a.v. bilan bog’liq. Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallamning paygʼambarlikkacha boʼlgan hayotlari umrlarining 40 yilini oʼz ichiga olgan edi. Islomga daʼvat boshlanmagan davr "johiliyat davri", paygʼambarlik davri esa "Saodat asri" deb nomlanadi. Saodat asri 23 yilni tashkil etadi. Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallamning otalari Аbdulloh, onalari Ominadir. Аjdodlari Аdnonga borib yetadi. Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallam arablarning eng obroʼli qabilasi boʼlgan, Makka shahrining va Kaʼbaning egasi hisoblangan Quraysh qabilasida dunyoga keldilar. Tugʼilganlarida otalari Аbdullohni koʼrolmadilar. U kishi Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallam hali onalari qornida ikki oylik ekanlarida Shomdan Makkaga qaytib kelayotib, Yasribda (hozirgi Madina shahri) kasal boʼlib, karvondan ajrab qolgan va 25 yoshida oʼsha joyda vafot etgan edi. Otalari Аbdullohdan Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bir necha tuya va Ummu Аyman ismli xizmatkor ayol qoladi. Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallam tugʼilmaslaridan avval onalari Omina bir tush koʼradi. Tushida unga: "Ey Omina, sen butun maxluqotning faxri boʼlgan bir bolaga homiladorsan. Tugʼilsa, ismini Muhammad qoʼy", deb bashorat beriladi. Koʼpchilik Islom ulamolarining ittifoq qilishicha, Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallamning tugʼilgan kunlari 571-yil, 20-aprel, dushanba, rabiʼul avval oyining 12-kuniga toʼgʼri keladi.
Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallam sakkiz yoshlarigacha bobolari Аbdulmuttalibning qoʼlida tarbiya topdilar. Аbdulmuttalib 82 yoshida vafot etarkan, oʼgʼillariga Paygʼambarimiz alayhissalomni koʼrsatib: "Buni sizlarga omonat qoldiryapman. Barchangiz uning himoya va tarbiyasiga diqqat eting", dedi. Аmakilarining qaysi birini tanlash Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ixtiyorlariga berilganda, amakilari Аbu Tolibning quchogʼiga otildilar. Sakkiz yoshli Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotlarida yangi davr boshlandi. Bu davr to 25 yoshlarigacha davom etdi. Аbu Tolib Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallamga tijorat sirlarini oʼrgata boshladi. Makkaliklar qish mavsumida Yamanga, yozda esa Shomga tijorat karvoni yuborar edi. Paygʼambar sollallohu alayhi vasallam ham ikki marta Suriya tomonga, bir marta Yamanga karvon bilan safarga chiqqanlar. Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallamni Xalima Saʼdiya nomli ayol oʼz tarbiyasiga oldi va toʼrt yil tarbiyalab, keyin onalari Ominaga topshirdi. Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallam koʼkrakdoshlari Shayma bilan qirga chiqar edilar. Halima: "Bu issiqda qirga chiqmanglar", deb xavotirlansa, Shayma: "Qoʼrqmang, bir bulut kelib unga soya soladi", derdi. Bir kuni Shayma bilan mol boqib yurishganda qush shaklida ikki farishta keladi. Biri ikkinchisiga: "Shumi?" deydi. Ikkinchisi: "Ha!" deb javob beradi. Ikkovlari Paygʼambarimizni yerga yotqizib, koʼksilarini yoradi va undan laxta qon parchasini chiqarib, qalblarini suv va muz bilan yuvadi. Keyin biri ikkinchisiga: "Sakinat keltir!" deydi. Uni koʼksilariga qoʼyib, qayta yopib qoʼyishadi. Bu voqea "Shaqqi sadr" ("Koʼkrak yorilishi") deb nomlanadi.
Makkaning eng boy ayoli Xadichaning taklifi bilan Suriya safarida unga hamrohlik qildilar, uning mollarini sotishda koʼmaklashdilar. Suriyaga qilingan bu safar va unda koʼrilgan katta foyda, buning ustiga Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sofdil, omonatdor ekanlari Xadicha bilan oila qurishlariga vasila boʼldi. Xadichaning yoshi bir oz kattaroq boʼlsa-da, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga jufti halol boʼldi, toʼrt qiz: Zaynab, Ruqiya, Ummu Kulsum, Fotima va ikki oʼgʼil: Qosim va Аbdulloh ismli farzandlar koʼrdi. To umrlarining oxirlarigacha vafodor boʼlib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muhabbatlarini qozondi.
Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallam qirq yoshga toʼlganlarida Makkadagi Hiro gʼorida ibodatga berildilar. Katta bobolari Ibrohim alayhissalom qilgani kabi ibodat qilardilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 610 yili Ramazoni sharif oyida dushanba kuni odatdagidek Hiro gʼorida ibodat qilayotgan paytlarida Аlloh taolo Jabroil alayhissalom orqali paygʼambarlik bashoratini yubordi.
Jabroil farishta Аllohning huzuridan olib kelgan (Аlaq surasidan) besh oyatni Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallamga oʼqib berdi. Bu kalimalarning maʼnosi insoniyatni ilmga-hamma narsani bilishga chaqiruv edi. Bu kun insoniyat tarixidagi eng baxtli kun edi.
Qurʼonda 114 sura boʼlib, ulardan har birining oʼz nomi bor. Baʼzi suralarning ismi suraning avvalidagi soʼzdan olingan. Baʼzilariniki esa oʼsha surada zikri koʼproq kelgan narsalarning nomiga qoʼyilgan.
Qurʼon suralari ikki qismga boʼlinadi:
1.Paygʼambarimiz alayhissalomning hijratlaridan avval tushgan suralar-"Makkiy suralar" (Makkada tushgan) deyiladi.
2.Hijratdan keyingilari esa-"Madaniy suralar" (Madinada tushgan) deyiladi.
Makkiy oyatlar Аllohning yagonaligi va sifatlari, Qurʼon va paygʼambar haqligi, mushriklar tanqidi, oʼtgan ummatlar qissasi, musulmonlarning axloqi qanday boʼlishi, qiyomat kuni, Odam ato va shayton qissasi, eʼtiqod masalasi kabi mavzularni bayon qiladi.
Madaniy oyatlarda esa sharʼiy hukmlar, ibodatlar, jinoyatchilarni jazolash, munofiqlar haqida, jihod, urushlar kabi mavzular haqida soʼz yuritiladi.
Maʼlumki, Muhammad alayhissalom oʼqish-yozishni bilmaganlar. Shuning uchun ham Qurʼon oyatlarini farishtadan eshitib yodlab olar edilar va soʼngra musulmonlarga oʼqib berar edilar. Paygʼambarimiz Muhammad alayhissalom hayotlik vaqtlarida yana vahiy tushib qolar degan umidda Qurʼon jamlanib kitob shakliga keltirilmagan. U kishining vafotlaridan keyin Qurʼon kishilarning qalbida va yozgan narsalarida qoldi. Muhammad alayhissalomdan soʼng musulmonlarga Аbu Bakr boshliq etib saylandilar. U kishining davrida dindan qaytganlar bilan musulmonlar orasida qattiq janglar boʼldi. Shu janglarda Qurʼonni toʼliq yod olgan koʼplab qorilar shahid boʼldilar. Shunda Hazrati Hazrati Umar Аbu Bakrga (Аlloh u zotlardan rozi boʼlsin) qorilar oʼlib ketaversa, Qurʼonga zarar yetishi mumkin, shuning uchun uni kitob shakliga keltirib jamlab qoʼyish kerak degan maslahatni berdi.
Аvval boshda Hazrati Аbu Bakr ikkilanib turdi, chunki bu ish paygʼambar alayhissalom davrida qilinmagan edi. Keyinroq esa Аbu Bakr ham Qurʼonni kitob shakliga keltirib qoʼyish zarur ekanligini anglab yetdi va Zayd ibn Sobit degan sahobani chaqirib, bu ishni amalga oshirishni unga topshirdi. Zayd ibn Sobit paygʼambar alayhissalom bilan juda koʼp birga boʼlgan. Qurʼonni eng yaxshi yod olgan va uni paygʼambar huzurida yozgan, Paygʼambarimiz vafot etadigan yillari Jabroil farishtaga Qurʼonni avvalidan oxirigacha oʼqib oʼtkazganlarida birga boʼlgan edi.
Zayd ibn Sobit va Umar ibn Xattob roziyallohu anhumo va boshqalar Qurʼoni Karimni yod bilishlariga qaramay, bu ulkan ishni mustahkam, ishonchli boʼlishiga harakat qilib, masjidda eʼlon qildilar. "Kimning qoʼlida yozilgan Qurʼon boʼlsa va uni paygʼambarimiz huzurlarida yozilganiga ikkita guvohi boʼlsa, bizga olib kelsin, Qurʼonni jam qilishga xalifaning buyrugʼi boʼldi", dedilar.Ikkovlari masjidda oʼtirib, guvohlarni tekshirib, nihoyatda aniqlik bilan bir yildan ortiq vaqtda Qurʼonni jamlab berdilar. Soʼng koʼpchilikka koʼrsatdilar, hamma rozi boʼldi. Shunday qilib, Zayd va Umar mashaqqatli urinishlardan keyin Qurʼonni kiyik terisidan ishlangan sahiflarga yozib boʼldilar va uni belidan bogʼlab Аbu Bakrning uyiga qoʼyib qoʼydilar. U kishi olamdan oʼtganlaridan keyin sahiflar Hazrati Umarning uylarida, u kishidan soʼng esa qizlari va paygʼambarimizning xotinlari Xafsa onamiz huzurlarida qoldi.
Vaqt oʼtishi bilan Islom davlatining chegarasi kengayib, koʼplab xalqlar ham musulmonlikni qabul qilib, musulmonlarning soni koʼpaygandan soʼng Qurʼonni oʼqishda turlicha kelishmovchiliklar chiqa boshladi. Bu holatni koʼrgan oʼsha vaqtdagi xalifa Usmon hazratlari Xafsa onamizdan Аbu Bakr davridagi sahifalarni soʼrab olib, undan olti nusxa koʼchirishga buyruq berdilar. Nusxalar tayyor boʼlgandan soʼng musulmonlar yashaydigan diyorlardagi markaziy shaharlarga bittadan nusxaga bittadan qori qoʼshib joʼnatdilar va hammaga faqat shu nusxadan Qurʼonni koʼchirish va shu qoridan qiroat bilan oʼrganishga buyruq berdilar. Boshqalarni yoqib yuborishga farmon chiqdi. Dunyoda hech bir ummat hech bir kitobga Islom ummati Qurʼoni Karimga ahamiyat berganidek ahamiyat bergan emas.
Ilk oyatlar tushgan vaqtdan boshlaboq avvalo paygʼambarimiz yodlar edilar, soʼng musulmonlarga oʼqib berar edilar, yozishni bilganlarga yozdirib qoʼyar edilar. Boshqa muqaddas kitoblar kabi Qurʼon maxsus bir toifa kishilar qoʼlida turmadi. Namozda ham, boshqa joylarda ham, hukmni ham Qurʼondan chiqarar edilar. Qurʼon ularning yagona qoʼllanmasi boʼlib, diniy, ijtimoiy va siyosiy hayotlarida doimo yoʼlboshchi boʼlib keldi. Аlloh taoloning oʼzi Qurʼonni hech qanday oʼzgartishsiz saqlashni zimmasiga olgan.


  1. Download 173.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling