O’zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti, 5111600-Milliy g′oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi yo’nalishi falsafa fanidan
Download 173.5 Kb.
|
Mustaqil ish Falsafa
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: Islomning vujudga kelishi va tarqalishi MUSTAQIL ISH
- ISLOMNING VUJUDGA KELISHI VA TARQALISHI REJA: KIRISH
- O’zbek zaminida islom dini va Movarounnahrlik ulamolar. XULOSA
O’ZBEKISTON OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG′BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI Ijtimoiy fanlar fakulteti, 5111600-Milliy g′oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi yo’nalishi FALSAFA FANIDAN
MUSTAQIL ISH Bajardi: X.Ilxomov, sirtqi bo’lim, 2-kurs talabasi Qabul qildi: Z.Odinayeva ________________________ ______________________ Toshkent-2022 ISLOMNING VUJUDGA KELISHI VA TARQALISHI REJA: KIRISH ASOSIY QISM Islom tushunchasi va falsafasi. Islom dini: paydo bo’lishi, tarixi va dunyoga yoyilishi. O’zbek zaminida islom dini va Movarounnahrlik ulamolar. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. Islomning vujudga kelishi va tarqalishi Elimizga to‘g‘ri islomni tarannum etish - juda katta tarbiya. Sh. Mirziyoyev. KIRISH Insoniyatda turli tuyg’ular kabi ishonmoqlik tuygʻusi ham mavjuddir. Bunday tuygʻusi boʻlmagan xalq yoʻq. Chunki biron-bir xalq eʼtiqodsiz, biron-bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Ana shunday e’tiqod va ishonchning ko’rinishi bu-dindir. Din arabcha — eʼtiqod, ishonch, itoat so’zlaridan kelib chiqib — xudo yoki xudolar, gʻayritabiiy kuchlar mavjudligiga ishonish deganidir. Shuningdek, din borliqni yaratuvchi va boshqaruvchi oily mavjudodga, ya’ni xudoga nisbatan munosabat, tasavvur, urf-odat va marosimlar majmui sanaladi. Har bir din o’ziga xos sig’inish obyekti va rasm-rusum, ibodat va aqidalarga ega. Dinning paydo boʻlishi haqida yagona fikr yoʻq. Din dunyo, inson, mavjudotlarning kelib chiqishi, insonning yashashdan maqsadi kabi savollarga oʻzicha javob beradi. Dunyoviy ilm nuqtayi nazaridan din kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining maʼlum bosqichida paydo boʻlgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Forobiyning fikricha, falsafadagi masalalar isbotini paygʻambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar. Dinning nima ekanligi turlicha izohlansada, umuman olganda din insoniyatning eng teran, eng goʻzal maʼnaviy-ruhiy ehtiyojlaridan biridir. Insoniyat tarixida din turli shakllarda namoyon boʻlgan. Urugʻ qabila dinlari, milliy dinlar (iudaizm, hinduiylik, sintoizm, daosizm, konfutsiychilik), jahon dinlari (buddizm, xristianlik, islom) vujudga kelgan. Har bir din o’zining dunyoqarashi, turkum marosimlari, tuygʻu va sigʻinish obyektlarini oʻz ichiga oladi. Har qanday jamiyatda din maʼlum ijtimoiy, maʼnaviy va ruhiy vazifalarni bajaradi. Uning ijtimoiy hayotga taʼsiri kuchlidir. Dinlar dindorlarini oʻz taʼlimoti doirasida saqlashga harakat qiladi va oʻz qavmlari uchun tasalli beruvchi, ovutuvchilik vazifasini ham oʻtab kelmoqda. Masalan, buddaviylik dini rohiblikni targ’ib qilar ekan, bu dunyoda orzu-havaslardan, rohat-farog’atlardan voz kechgan inson nirvana holatiga erishgach, abadiy rohatda bo’lishini ta’kidlaydi. Shuningdek, xristianlikda har bir xristian Iso Masihning aytishiga umid qilgan holda hayotning turli muammolarini yengib, sabr bardosh bilan hayot kechiradi. Islom dinida esa har bir mususlmon bu dunyoda erishmagan moddiy yoki ruiy orzu-istaklariga ohiratda erishishga ishongan holda dunyo orzi-havaslariga ortiqcha berilmay, turmush mashaqqatlariga sabr qiladi. Yaqin oʻtmishda — shoʻrolar davrida dinni kamsitish va unga qarshi kurashish siyosati olib borildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, din madaniy-maʼnaviy omillar umumiy silsilasiga kiruvchi teng huquqli qadriyat sifatida tan olindi va Dinga toʻla erkinlik berildi. Diniy jamoalar, tashkilotlarga qonun doirasida ochiq va daxlsiz faoliyat koʻrsatish imkoniyati yaratildi. Oʻzbekistan aholisining asosiy qismi islom diniga eʼtiqod qiladi. Oʻzbekiston dunyoviy davlat boʻlib, din davlatdan ajratilgan. Fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘ymagan holda, ularning vijdon erkinligiga bo‘lgan o‘z huquqlarini amalga oshirishi uchun teng shart-sharoitlar yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, dinga munosabatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdir. Davlat turli dinlarga e’tiqod qiladigan va ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar, turli dinlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, diniy aqidaparastlik hamda ekstremizmga, munosabatlarni qarama-qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi. Davlat konfessiyalarning tinch-totuv yashashiga kafil bo‘ladi. Missionerlik va prozelitizmni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, vijdon erkinligining kafolatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida»gi qonunda bayon etilgan. Oʻzbekistonda Din va diniy dunyoqarash dunyoviy turmush tarzi, dunyoviy fikr bilan yonma-yon rivojlanib kelmoqda. Download 173.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling