Oʻzbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi yoʻnalishi 1- bosqich talabasi Bahodirova Sevinchning Milliy gʻoya va etnomadaniy qadriyatlar fanidan Mustaqil ishi Mavzu


Ona tilimizning inson tarbiyasidagi oʻrni


Download 21 Kb.
bet4/8
Sana17.06.2023
Hajmi21 Kb.
#1520764
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Milliy gʻoya va etnomadaniy qadriyatlar 2023 (1)

Ona tilimizning inson tarbiyasidagi oʻrni
Til boyligi insonning madaniyati, saviyasi, bilimini ko‘rsatuvchi omildir. Buning uchun, eng avvalo, badiiy asarlarni ko‘p o‘qish lozim, deb o‘ylayman. Jumladan, G‘ofur G‘ulomning prozasiga yetadigani yo‘q bo‘lsa kerak. Uning ijodida doim xalq bilan yaqindan munosabatda bo‘lish, insonlar turmush tarzi, dunyoqarashini o‘z asarlarida aks ettirish ustuvorlik kasb etadi. U xalqona tilda, turli qochirimlarni ustalik bilan qo‘llay olgani uchun ham asarlarini o‘zimizga yaqin olib, sevib o‘qiymiz.Ona tilimizning inson tarbiyasidagi o‘rnini hech narsaga qiyoslab bo‘lmaydi. Shu ma’noda adabiyotimiz tili nihoyatda go‘zaldir. Masalan, Alisher Navoiy bobomizdan keyin yaqin o‘tmishdagi Abdulla Qodiriy, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, shuningdek, zamondoshlarimiz Xurshid Do‘stmuhammad va Isajon Sultonning ijodida buni ko‘rish mumkin. Bu ijodkorlarning asarlarida o‘zbek tilining tarovati kishiga katta ma’naviy ozuqa beradi. Endi yozuvchining yozuvchiligini, shoirning shoirligini bildiradigan o‘nlab, yuzlab sifatlari bo‘lsa, ular orasida badiiy tilsiz asar mukammal bo‘lishi mumkin emas. Chunki inson tuyg‘usi, hissiyotini, atrofimizni o‘rab turgan butun borliqni faqat so‘z ifodalaydi. Shunday ekan, badiiy adabiyot muvafaqqiyatini belgilovchi jihat – bu til.Bundan tashqari, ilmiy adabiyot tiliga kelganda oqsashlarimiz oz emas. Agar ingliz, rus tillarida ilmiy asar yozadigan bo‘lsak boshqa xalqlar ham o‘qiydi. Biroq o‘zbek tilida yozish mumkin bo‘lgan jarayonlarni boshqa tillarda bayon etish tilimiz taraqqiyotiga salbiy ta’sir qo‘rsatadi. Bunda o‘zbek tilining manfaatini ko‘zlab aytayapman. To‘g‘ri ba’zida mutaxassislarimiz o‘z ilmiy ishlarida o‘zbekcha terminlarni topishga qiynalib, boshqa tillarda tezroq yakunlashga harakat qiladi. Lekin qachongacha bu jarayon davom etadi. Qiyinchilikni o‘z bo‘yniga olib olimlarimiz o‘z asarini o‘zbek tilida yozishi ham muhimdir. Pirovardida, tilimizning yangi qirralari ham ochiladi. Eng asosiysi, yoshlarimizning tafakkuri rivojiga hissa qo‘shilib, o‘sha sohaning ommalashishiga xizmat qiladi.



Download 21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling