Oʻzbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi yoʻnalishi 1- bosqich talabasi Bahodirova Sevinchning Milliy gʻoya va etnomadaniy qadriyatlar fanidan Mustaqil ishi Mavzu


Til va jamiyatning oʻzaro munosabati


Download 21 Kb.
bet6/8
Sana17.06.2023
Hajmi21 Kb.
#1520764
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Milliy gʻoya va etnomadaniy qadriyatlar 2023 (1)

Til va jamiyatning oʻzaro munosabati
Tilni toʻkis tadqiq etish uchun tilshunoslik doirasidagina ish koʻrishning kamligi bugun shu fan mutaxassislarining hech biriga sir emas. Shu bois, zamonaviy lingvistik tadqiqotlarda boshqa fanlar yutuqlaridan ham keng foydalanilmoqda.Ana shunday urinishlarning samarasi oʻlaroq, lingvomadaniyatshunoslik, kognitiv tilshunoslik, etnolingvistika, psixolingvistika, etnopsixolingvistika, pragmalingvistika kabi sohalar rivoj topmoqda va bu sohalar tilga, anʼanaviy strukturalizmdan farqli ravishda doimiy harakatdagi, oʻsish-oʻzgarishdagi hodisa sifatida yondashayotgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sotsiolingvistika ham jamiyatshunoslik va tilshunoslik kesishgan nuqtada paydo boʻlgan soha sifatida tilning asoslarini jamiyatdan, jamiyatning asoslarini tildan qidiradi, ijtimoiy-siyosiy omillarning tilga taʼsiri va yana boshqa masalalarni tekshiradi.Tadqiqotlarda sotsiolingvistikaning rasman AQSHda shakllangani koʻp aytilsa ham uning markaziy masalasi boʻlgan til va jamiyatning oʻzaro taʼsiri, tilning jamiyatda tutgan oʻrni, milliy tillar va davlat tili, til siyosatiga doir qarashlar hind, yapon, ingliz, nemis va chex tilshunosliklarida sotsiolingvistika nomi ostida boʻlmasada, oʻrganilgan edi. Amerika tilshunosi U.Labov faol sotsiolingvistik tadqiqotlar koʻp tilli Hindistonda hindiyni yagona davlat tiliga aylantirish gʻoyasi bilan bogʻliq vaqtlardayoq boshlanganini qayd etadi.Lingvistik adabiyotlarda til va jamiyat munosabati, tilning sotsial farqlanishi, jamiyatdagi lisoniy vaziyat, til ijtimoiyligi, til va ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy omillarning tilga taʼsiri, ikkitillilik va koʻptillilik, til siyosati, millat va milliy til muammolari sotsiolingvistikaning muhim vazifalari sanaladi. Shu jihatdan tilning sotsial farqlanishi turli maslak, turlicha kasb-kor, turfa aqliy-ruhiy imkoniyatdagi jamiyat aʼzolaridan tashkil topganidan kelib chiqadi va bunga mos ravishda har qaysi ijtimoiy guruhning faol hamda nofaol lugʻat tarkibi boʻladi. Jamiyat aʼzolarining hududiy mansubligi ham, tabiiyki, har xil. Binobarin, sotsial va hududiy dialektlar ijtimoiy guruhlarning maslak, kasb-kor, aqliy-ruhiy imkoniyat va hududiy kelib chiqishiga koʻra, tildan foydalanish tarzlaridir.Shu maʼnoda hozirgi zamon sotsiolingvistikasidan sotsial va hududiy dialektlarni shunchaki qayd qilish, lingvistik tabiatini tushuntirishgina emas, balki ulardan unumli foydalanish yoʻllarini koʻrsatish ham talab etiladi. Zero, adabiy tilni boyitish, oʻzlashma terminlarga milliy muqobillarni topishda sotsial va hududiy dialektlar muhim leksik-semantik manba boʻlishi aniq. Birgina sud-huquq tizimi leksikasida afv, vaj, garov, gumondor, gumonlanuvchi, ijrochi, ish, tadbir, oʻzlashtirish soʻzlarining ixtisoslashgan, maxsuslashgan yangi maʼnolaridan adabiy tilni boyitish va rasmiy uslub imkoniyatini kengaytirishda foydalansa boʻladi.
Til millatning mulki,uning hayoti,o’tmishi, kelajagi, qalbi hisoblanadi. Har bir millatning tilida o’sha xalqning qadriyati, ma’naviyati, o’zligi namoyon bo’ladi. Demak, til- millatni millat, xalqni xalq qilib birlashtirib turadigan bebaho, nodir xazinadir. Bu xazinada o’sha millatga tegishli bo’lgan ma’naviyat ming yillar, asrlar davomida sayqallanib, rivojlantirilib, ko’z qorachig’iday asrab- avaylab kelinadi. Mening o’zbek tilim ham tillar ichida o’z o’rniga, mavqe’iga ega bo’lgan, eng boy, eng jozibador tillardan biridir. Dunyo tillari ichida nufuziga ko’ra o’zbek tili 41- o’rinda turadi. Bu tilda dunyo tamadduniga tamal toshini qo’ygan, insoniyat sivilizatsiyasiga salmoqli, ulkan hissa qo’shgan alloma va mutafakkirlar ijod qilgan. Nafaqat ijod qilgan, balki uni sayqallab, boyitib avlodlarga yetkazib kelishgan. Bu yo’lda kerak bo’lsa kurashgan, tilining sofligini, yaxlitligini saqlab qolish uchun ma’naviy jangga kirishgan, jonlarini fido qilishgan. Masalan olaylik, Qoshg’ariy-u Navoiylar, Ibn Sino-yu Zamaxshariylar, Avloniy-u Qodiriylar, Fitrat-u Behbudiylar bu yo’lda ne-ne ishlarni qilishganidan ma’rifat ahli xabardor albatta. Qoshg’ariy turk tilining nozik bilimdoni va yetuk targ’ibotchisi bo’lib, u “ arab tili bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib o’zib borayotgan turk tilini ko’klarga ko’taradi, uning o’ziga xos xususiyatlarini mahorat bilan ko’rsatib beradi. 13-, 14- asrlarda yashab ijod etgan Abu Hayyon al- Andalusiyning turkiy va arab tili muqoyasasiga bag’ishlangan asarini olamizmi, Navoiy hazratlarining o’zbek adabiy tiliga asos solib , tilimizni sayqallab, rivojlanishiga va yashab qolishiga qo’shgan bemisl hissasini olamizmi hamma- hammasi shu til, shu millat vakillarining bir farzand sifatida ko’rsatgan fidoyiliklarining natijasidir. Navoiy yashagan davrni olaylik, bu davrga kelib fors tilining mavqe’i juda oshib ketdi. Bu til yozma va og’zaki adabiyot tiliga aylanib bordi. Hattoki turk tilida ijod qiluvchi ijodkorlar ham o’z tillari qolib, fors tilida ijod qilishga o’tib olishdi. Bu juda achinarli hol edi. O’zbek tili jar yoqasiga kelib, yo’q bo’lib ketish arafasida turgan edi.Shunda Navoiy hazratlari birinchilardan bo’lib Ona tili himoyasi uchun , uni asrab qolish uchun “kurash’ boshladi. Ma’naviy kurash, ijodiy kurash boshlandi. To’g’ri, tan olib aytish kerakki, fors tili ham nihoyatda go’zal, boy, maftunkor tillardan biri edi. Bu tilda ijod qilgan odam” maza’ qilardi. Agar Navoiy ham xuddi boshqalar kabi shu tilda ijod qilganida bormi, eng buyuk forsiy alloma ijodkorlar ham uning oldiga tusha olmas edi. Jomiy hazratlari: “ Bu qalamga falakdan ofarinlar yog’ilsin! Chunki bu qalam sohibi forsiy til egalari, forscha nazm durlarini teruvchilar uchun rahm qildi: u ham shu forsiy tilda yozganda boshqalarga so’z aytishga majol qolmasdi”, deganlarida naqadar haq edilar. Zero, Navoiy ham forscha ijod qilishni juda yaxshi ko’rgan, shu tilde ijod qilishni xohlagan, lekin tanazzul yoqasiga kelib qolgan ona tili-chi, uni kim himoya qiladi? Shuning uchun Navoiy ona tilining himoyasi uchun, uni asrab qolish uchun ijod qildi.Inchinun bu vazifani o’zbek tilida yaratgan bebaho, o’lmas asarlari orqali sharaf bilan ado etdilar.


Download 21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling