O`zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali "Amaliy Matematika " fakulteti,,Iqtisodiyot'' kafedrasi
Download 168.08 Kb.
|
buxgalteriya 1mustaqil
Mehnatga haq to‘lashning ishbay — mukofot shaklida ish haqini hisoblashda oddiy ishbay narxlardan tashqari belgilangan ko‘rsatkichlami bajarganligi yoki ortig‘i bilan bajarganligi uchun qo‘shimcha ravishda mukofot hisoblanadi. Ishbay ish haqiga asosan mukofot haqiqatda ishlagan vaqtga nisbatan hisoblanadi. Masalan, ishchi bir oyda 120 dona buyum ishlab chiqardi, buyumning mehnat sig‘imi - 1,7 kishi/soat, mahsulot birligining narxi 10000 so‘m; ishlab chiqarish normasini bajarish bo‘yicha ishbay ish haqidan 5%, har bir normadan ortiqcha bajarilgan foizga ishbay ish haqidan 1% mukofot nazarda tutilgan. Ishchi 8 soatdan 24 smena ishladi. O’z navbatida ishbay ish haqi 1200000 so‘mni (120x10000) tashkil etdi.
Qismlami qayta ishlashga 192 soat (8 soatdan 24 smena) sarflangan. Buyumning mehnat sig‘imi - 1,7 kishi/soat, shu sababdan vaqt normasi 106,3% ((120xl,7)/(24x8)xl00) bajarilgan. Normani bajarganligi uchun ishbay ish haqidan 5% miqdorida, ya’ni 60000 so‘m (1200000x5%) mukofotni to‘lash talab etiladi. Reja 6,3% ga ortig‘i bilan bajarilganligi uchun qo‘shimcha ravishda yana mukofot 75600 so‘m (1200000x6,3%) to‘lanadi. Ishchining umumiy ish haqi 1335600 so‘mni (1200000+60000+75600) tashkil etadi. Ishbay - progressiv shaklda mehnatga haq to‘lash belgilangan normalar doirasida oddiy ishbay narxlarda hisob - kitob qilinadi, normadan ortiqcha qismiga oshirilgan narxlarda hisob - kitob qilinadi. Masalan, dastlabki normani 1-10% ga ortiqcha bajarilishi ishbay narxlar 20% ga oshiriladi, ortiqcha bajarilish 10-30% ni tashkil etsa narxlar 30% ga oshiriladi va h.k. Akkord - barcha ishlami bajarish muddati va summasini umumlashtirib ulami kompleks baholash. Jamoa ishbay shaklida butun brigada ish haqi miqdori haqiqatda bajarilgan ishni hisobga olgan holda va uning narxidan kelib chiqib aniqlanadi hamda har bir ishchiga to‘lov esa butun brigada tomonidan yaratilgan mahsulot hajmi va umumiy ish hajmida mehnatining miqdori va sifatiga bog‘liq bo‘ladi.33 Egri ishbay shakli odatda yordamchi ishlami bajaruvchi ishchilarning ish haqi miqdorini hisoblashda qo‘llaniladi: ish natijalari asosiy ishlab chiqarish mehnati samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi texnologik uskunani sozlovchi, ta’mirlovchi, yordamchi master va boshqalar. Vaqtbay ish haqida ishchining ish haqi uning haqiqatda ishlagan vaqti hamda lavozim okladi (tarif stavkasi)dan kelib chiqib belgilanadi. Belgilangan oyda ish barcha ish kunlarida to‘liq ishlasa ish haqi to‘liq to‘lanadi. Shuningdek mehnat haqi oyda to‘liq ishlagan kunlari uchun mehnatga haq toMashning Yagona tarif setkasining 1-razryadidan kam bodmasligi kerak. O’z navbatida, mehnatga haq toMashning vaqtbay shakli oddiy-vaqtbay va vaqtbay-mukofot tizimlariga boMinadi. Oddiy vaqtbay shaklida mehnat haqi hisobini yuritishda tarif stavkasi yoki shtat jadvaliga asosan mansab maoshlari asos qilib olinadi. Oddiy vaqtbay usuli ishchining bevosita ishlagan vaqt miqdoriga bog‘liq. Soatbay va kunbay mehnat haqi shakllarini vaqtbay tizimning turli xil ko‘rinishi sifatida farqlashadi. Ish haqi miqdori soatbay (kunbay) mehnat haqi stavkasini haqiqatda ishlagan soatlarga (kunlarga) ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Mehnatga haq to‘lashning vaqtbay - mukofot shaklida tarif stavkaga asosan beriladigan ish haqidan tashqari, korxona ishlab chiqilgan mukofotlash to‘g‘risidagi nizomga, jamoat shartnomasiga yoki korxona rahbari buyrug‘iga asosan miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini bajarganligi uchun qo‘shimcha ravishda mukofot berish ko‘zda tutiladi. Asosiy ish haqi, bu ishchining ishlagan vaqti, bajargan ishining miqdori va sifatiga asosan hisoblangan ish haqidir: ishbay ishlagani uchun hisoblagan ish haqi, tarif stavkalari, okladlar, mukofotlar, asosiy ish vaqtidan tashqari ishlagan ish vaqtiga hisoblangan qo‘shimcha ish haqi, ishchi aybiga bog‘liq bo‘lmagan holda turib qolishlarga hisoblangan ish haqi. Qo‘shimcha ish haqi, bu mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilgan ishchining ishlamagan ish vaqti uchun hisoblangan ish haqidir. Bunga ishchining mehnat ta’tili uchun hisoblangan ish haqi, yosh bolali onalar bolalarini boqish uchun berilgan vaqt uchun hisoblangan ish haqi, voyaga yetmaganlar uchun imtiyozli ish vaqti uchun hisoblangan ish haqi, ishdan bo‘shashi munosabati bilan hisoblangan nafaqa va boshqalar. Mehnat haqi hisoblashni hujjatlashtirish Ishchilami ishga qabul qilish mehnat shartnomasi (yoki shartnomai) va u imzolanganidan keyin korxona rahbarining ishchini ishga qabul qilish to‘g‘risida imzolagan buyrug‘i chiqarilishi bilan rasmiylashtiriladi. Korxona bo‘yicha xodimlar jadvali ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, u barcha xodimlaming ro‘yxati bo‘lib, ular maoshining miqdori ko‘rsatiladi. Xodimlar bo‘limida har bir xodimga shaxsiy varaqa (kartochka) to‘ldiriladi, rahbar xodimlar va mutaxassislarga, bundan tashqari, shaxsiy varaqa yuritiladi. Har bir xodimga ishga qabul qilish paytida tabel raqami beriladi, keyinchalik ish hajmi va ish haqini hisobga olishga doir barcha hujjatlarga ushbu raqam qo‘yiladi. Korxonaning buxgalteriya xizmati tomonidan har bir xodimga shaxsiy schyot ochiladi, unda xodimning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar oyma-oy jamlanib boriladi. Korxona va tashkilotlarda mehnat haqi hisobini to‘g‘ri tashkil qilish uchun, eng avvalo, shaxsiy tarkib hisobini to‘g‘ri yuritish lozim. Xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, boshqa ishga o‘tkazish, ularga ta’til berilgani, tunda, ish vaqtidan tashqari vaqtda, bayram kunlarida ishlaganligi haqida ishonchli ma’lumot bo‘lgandagina korxona xodimlari bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishi mumkin. Ana shu maqsadda korxona kadrlar bo‘limi shaxsiy tarkib hisobini hamda boshqa xizmatlar bilan birgalikda ish vaqtidan foydalanish hisobini olib boradi. Shaxsiy tarkibni hisobga olish uchun hujjatlardan foydalaniladi: T-l shakli. Ishga qabul qilish haqida buyruq T-2 shakli. Shaxsiy varaqa. T-3 shakli. Shtat jadvali. T-5 shakli. Boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq. T-6 shakli. Ta’til berish haqida qayd. T-8 shakli. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq. T-13 shakli. Tabel. T-49 shakli. Hisob-kitob to‘lov vedomosti. T-51 shakli. Hisob-kitob vedomosti. T-53 shakli. To‘lov vedomosti. Ish vaqtini hisobga olish uchun T-l2 shaklidagi maxsus tabeldan foydalaniladi. Tabel – bo’lim, brigada, sex xodimlarining nomma-nom ro‘yxati bo‘lib, undan ish vaqtini hisobga olish uchun foydalaniladi. Har bir xodimga tabel raqami biriktiriladi va u mehnat, ish haqi bo‘yicha ramiylashtiriladigan barcha hujjatlarda ko‘rsatilib boradi. Foydalanilgan adabiyotlar.O’zbekiston Respublikasi BHMS 21-son O’zR Moliya Vazirligining 2002 y. 9- sentyabrda 103-sonli buyrug’i. O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Qonuni. 1996 y. 30 avgust. Makarov B.C. Teoriya buxgalterskogo ucheta. MT.: «Statistika», 1974 g. Download 168.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling