Bavosita isbotlashda esa tezisning chinligi unga zid bo‘lgan mulohazaning (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo‘lishiga qarab apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi. Apagogik isbotlash tezis (a) va antitezis (ù a ) o‘rtasidagi munosabatga asoslanadi. Masalan, “Materiya harakatsiz mavjud emas”, degan mulohazaning chinligini asoslash uchun unga zid bo‘lgan “Materiya harakatsiz mavjud”, degan mulohaza olinadi.
Apagogik isbotlashda antitezis topilib (1-bosqich), vaqtincha chin deb qabul qilinadi va undan ma’lum bir natija keltirib chiqariladi (2-bosqich), so‘ngra bu natijalarning xatoligi ko‘rsatiladi (3-bosqich) va demak, tezisning chinligi isbotlanadi. Masalan, “Materiya harakatsiz mavjud”, degan mulohaza chin bo‘lsa, “Moddiy predmetlar strukturasiz mavjud”, degan fikr (antitezisdan kelib chiqqan natija) ham chin bo‘ladi. Bizga ma’lumki, moddiy predmetlar tarkibsiz (uni tashkil qiluvchi elementlar va ularning o‘zaro aloqasisiz) mavjud emas. Demak, “Materiya harakatsiz mavjud”, degan fikr xato, shu tariqa “Materiya harakatsiz mavjud emas”, degan fikrning chinligi asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |