O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Tafakkur qonunlari va mantiq metodlari


Download 1.78 Mb.
bet21/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Tafakkur qonunlari va mantiq metodlari

Tafakkur qonunlari fikrlarning zaruriy, muhim aloqalarini aks ettiruvchi bilim sifatida nazariy shaklda mavjud. Ularni bilish, ayniqsa, ilmiy bilish, amaliy muloqotda bevosita bilish uslubi sifatida qo‘llab bo‘lmaydi. Buning uchun ular mazmunidan kelib chiqib, yuqoridagi tahlilda ko‘rsatilganidek, bilish subyekti amal qilishi zarur usullar, qoidalar, prinsiplar ishlab chiqilishi va shu tariqa nazariy shakldagi tafakkur qonunlari yangi bilim olish metodlari, qurollariga aylantirilishi zarur. Demak, tafakkur qonunlari, har qanday ilmiy qonunlar singari, metodologik funksiyalarni bajaradi. Ba’zi olimlar mantiqning predmetini uning metodologik vazifalariga urg‘u bergan holda belgilaydi. Masalan, taniqli matematik A.A.Markov ana shunday yo‘l tutadi va yozadi: “Mantiqni muhokama yuritishning yaxshi usullari haqidagi fan deb ta’riflashimiz mumkin. Bunda “yaxshi” muhokama yuritish usullari deganda, ishonchli boshlang‘ich asoslardan chin natijalar olishni tushunish mumkin”17.



Mantiqning metodologik funksiyalari muhimligini inobatga olib, mantiq metodlarini formal mantiq, dialektik mantiq va matematik mantiq vazifalari bilan bog‘liq holda qarab chiqamiz. “Metod” termini borliqni nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari, prinsiplari yig‘indisini, bilimlar sistemasini qurish vositalarini bildiradi. Metodning yaratilishi va qo‘llanilishi bilish vazifasi bilan belgilanadi. Masalan, bilishning dastlabki bosqichlarida ko‘proq analizdan, umumlashtiruvchi qismida esa ko‘proq sintezdan foydalaniladi. Yoki ilmiy bilishning empirik bosqichida (grek.empeiria – tajriba) kuzatish, eksperiment qo‘yish, o‘lchash, tasvirlash metodlaridan foydalaniladi. Bilishning ko‘p sonli metodlarini eng umumiy, umumilmiy, xususiy-ilmiy metodlarga ajratish mumkin. Eng umumiy metodlar (umummantiqiy metodlar) borliqdagi barcha predmet va hodisalar taraqqiyotining eng umumiy xususiyatlari, bog‘lanishlarini o‘rganish usullaridir. Shuning uchun ham ularni dialektikaga (aniqrog‘i dialektik mantiqqa), ya’ni falsafiy metodologiyaga taalluqli deb hisoblashadi. Taqqoslash, analiz va sintez, abstraksilash, ideallashtirish, umumlashtirish, modellashtirish, induksiya va deduksiya, analogiya, gipoteza metodlari ana shunga mansubdir. Ulardan bilishning barcha bosqichlari va shakllarida, shu jumladan, fikrni formal jihatdan to‘g‘ri qurishda ham foydalanishadi. Formal mantiq metodlari bilimning taraqqiyoti shakllarini emas, uning strukturasini o‘rganishga yo‘naltirilganligi uchun, ba’zan ularni tom ma’nodagi eng umumiy metodlar qatoriga kiritishmaydi18. Lekin ularning umuminsoniy xarakterga egaligi shubhasizdir. Chunki umummantiqiy metodlarning yuqorida qayd etib o‘tilganlarining barchasi va boshqalari formal mantiqda fikr strukturasini o‘rganuvchi usullar sifatida tavsiflanadi.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling