O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent
Download 1.78 Mb.
|
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6
Formal mantiqning predmeti
Keng ma’noda mantiqni tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fan, deb atash mumkin. Hozirgi paytda uning formal mantiq, dialektik mantiq va matematik mantiq kabi yo‘nalishlari farq qilinadi. Formal mantiq tafakkurning strukturasini fikrning konkret mazmuni va taraqqiyotidan chetlashgan holda, nisbatan mustaqil ravishda olib o‘rganadi. Uning diqqat markazida muhokamani to‘g‘ri qurish bilan bog‘liq qoidalar va mantiqiy amallarni muhokama etish yotadi. Formal mantiqqa to‘g‘ri tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi falsafiy fan, deb ta’rif berish mumkin. Dialektik mantiq, formal mantiqdan farqli o‘laroq, tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida hamda taraqqiyotida olib o‘rganadi. Matematik mantiq esa tafakkurni matematik metodlar yordamida tadqiq etadi. U hozirgi zamon matematikasining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, tafakkurni mantiqiy hisoblash deb ataladigan yuqori darajada abstraktlashgan va formallashgan sistemada tahlil qiladi. Biz o‘rganadigan fan formal mantiiqdir. U Aristotel davridan beri dunyoning barcha mamlakatlari oliy o‘quv yurtlarida, ba’zilarida litsey va kollejlar va hatto, o‘rta maktablarda o‘qitib kelinadi. Lekin shu kungacha mantiq bo‘yicha yaratilayotgan adabiyotlar Aristotel “Organon”ida tadqiq etilgan masalalar-terminlar(tushunchalar), mulohazalar, sillogizmlar hamda ular bilan bog‘liq xulosa chiqarishning boshqa turlari, xususan, ilmiy metod, ehtimollik va mantiqiy xatolarga bag‘ishlangan bo‘lsa-da, bilish tarixi davomida uning predmetiga doir mutaxassislar qarashlarida ixtiloflar mavjud. Xususan, “Turli mantiq maktablari, masalan, an’anaviy, lingvistik, psixologik, epistemik-mantiqiy va matematik mantiq maktablari turli tillardan foydalanishadi, ularning har biri boshqalarining yondashuvini mantiqqa aloqasi yo‘q deb hisoblab, ularni tanqid qiladi”4. Masalan, Morris Koen va Yernest Nagellarning fikricha, “Mantiqni turli xil asoslarning adekvatligi va isbotlash kuchi masalasini tadqiq etadi deb aytish mumkin. Lekin an’anaga ko‘ra, u isbotlash nimadan tashkil topishini(ya’ni, strukturasini-M.Sh.) o‘rganadi, ya’ni yetarli va rad etib bo‘lmaydigan asoslar bilan ish ko‘radi”5. Mazkur qarashning, Aristotel tomonidan yaratilgan mantiq o‘zagini sillogistik nazariya va u bilan bog‘liq isbotlash to‘g‘risidagi ta’limot tashkil etadi, degan fikr bilan hamohangligini payqab olish qiyin emas.To‘g‘ri, xulosa chiqarish va isbotlash formal mantiqning asosiy muammosi hisoblanadi, chunki u o‘z ichiga tushuncha, mulohazalarni oladi. Ayni paytda, ular maxsus tadqiq qilinmasa, mohiyati ochilmaydi, ko‘p tomonlari noma’lumligicha qoladi. Busiz zamonaviy mantiq, xususan, predikatlar hisobini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, formal mantiq hozirgi paytda o‘zining maxsus formallashgan tiliga, to‘g‘ri muhokama yuritish uchun zarur bo‘lgan samarali mantiqiy metodlari va usullariga, konseptual vositalariga ega. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling