O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti 3-kurs sirtqi


Download 12.25 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi12.25 Kb.
#1606737
Bog'liq
Stereometriya 2


O‘zbekiston Milliy universiteti
Matematika fakulteti 3-kurs sirtqi
20-03 guruh talabasi Elboyeva Dilobar
Mutaxassislik matni
Stereometriya
Ma’lumki, geometrik shakllar tekislikda to’liq yotgan yoki yotmaganiga qarab yassi va fazoviy shakllarga ajratiladi.
Geometriyaning planimetriya bo’limi yassi geometrik shakllarni, stereometriya bo’limi esa fazovaiy geometrik shakllarning (yoki) jismlarning xossalarini o’rganadi. Stereometriya so’zi grekchadan olingan bo’lib, “stereos”- fazoviy, metreo- “o’lchayman” degan ma’noni anglatadi.
Tevarak-atrofimizdagi barcha predmetlar uch o’lchamli bo’lib, ularning shakli qaysidir fazoviy geometric jismga o’xshab ketadi.
Fazodagi asosiy geometric shakllar nuqta, to’g’ri chiziq va tekislikdir. Ular stereometriyaning asosiy tushunchalaridir.
Ko’pyoq- yassi ko’pburchaklar bilan chegaralangan jismdir.
Yassi ko’pburchaklar- bu ko’pyoqning yoqlari, ko’pburchaklarning uchlari ko’pyoqning uchlari, tomonlari esa ko’pyoqning qirralari deb ataladi. Bitta yoqqa tegishli bo’lmagan uchlarni birlashtiruvchi kesma ko’pyoqning diagonali deb ataladi. Ko’pyoqning chegarasi uning sirti deb ataladi. Ko’pyoqning sirti fazoni ikki qismga ajratadi. Ulardan cheksiz qismi ko’pyoqning tashqi sohasi, chekli qismi esa ko’pyoqning ichki sohasi deb ataladi.
Ko’pyoq ixtiyoriy yog’i yotgan tekislikning bir tomonida yotsa, bunday ko’pyoqqa qavariq ko’pyoq deyiladi.
Prizma deb ikki yog’i teng ko’pburchakdan, qolgan yoqlari esa parallelogramlardan iborat ko’pyoqqa aytiladi. Teng yoqlar prizmaning asoslari, parallelogramlar esa uning yon yoqlari deyiladi.
Asoslari parallelogramdan iborat prizma parallelepiped deb nomlanadi.
Piramida deb bir yog’i ko’pburchakdan, qolgan yoqlari esa bitta uchga ega uchburchaklardan iborat ko’pyoqqa aytiladi.
Download 12.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling