O’zbekiston Milliy Universiteti Mustaqil ish


O’qitishdan kutiladigan natija


Download 65.99 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi65.99 Kb.
#1625409
1   2   3
Bog'liq
Taqdimot

O’qitishdan kutiladigan natija mazkur “Oila bolalarva ayollar bilan ijtimoiy ish” fan bo’yicha tizimli bilimlarga ega bo’lishi; tabiat va jamiyatda oila va bola rivoji bilan bog’liq holda ro’y berayotgan hodisalar va jarayonlar haqida tasavvurga ega bo’lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqida bilimga ega bo’lishi, zamonaviy ilmiy asoslarda ulardan hayotiy va kasbiy faoliyatida foydalana olishni bilishi; oila va bola rivoji haqida malumotlarni yig’ish, saqlash, ishlov berish va foydalanish usullariga ega bo’lish; o’z kasbiy faoliyatida asoslangan mustaqil qarorlarni qabul qilishni bilishi; Ushbu yo’nalishi bo’yicha raqobatbardosh umum-kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishi; mustaqil ravishda yangi bilimlarni yaratish, o’z-o’zini takomillashtirish va ilmiy asosda o’z mehnatini tashkil qilishni bilishi; sog’lom turmush tarzini yuritish zaruriyatida ilmiy tasavvurga va ishonchga jismoniy takomillashuvida bilim va ko’nikma ega bo’lishi zarur.
  • Mustaqillik tufayli O’zbekistonda tinchlik-barqarorlik tahminlandi. Milliy davlatchiligimizga asos solindi. Inson manfaatlari himoya qilinadigan fuqarolik jamiyati shakllanmoqda. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlari to’la quvvat bilan shakllanmoqda. Bularning hammasining tagida bir narsa - komil inson, mustaqillik g’oyalariga sadoqatli, bu muqaddas anoanalarni davom ettiradigan, har tomonlama barkamol yangi avlodni vujudga keltirish maqsadi yotadi.
  • Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq Prezident I.Karimov eski jamiyat barbod bo’lganidan keyin «qanday jamiyat qurmoqchimiz?» degan savolga javob berar ekan, u aniq va lo’nda qilib «inson manfaatlari himoya qilingan, inson qadru-qimmati kafolatlanadigan jamiyat quramiz», - degan edi.
  • Bunday jamiyat qadriyati, tabiiyki, mamlakat fuqarolari o’rtasidagi munosabatlardan tortib, har bir fuqaroning ichki dunyosi, maonaviy-mahrifiy darajasi, mamlakat takdiri va jamiyat kelajagiga dahldorlik hissi bilan o’lchanadi.
  • Prezident I.Karimovning iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning mashhur besh tamoyilidan biri aholini ijtimoiy muhofazalash, xalq ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish orqali turmush farovonligini tahminlash ekanligi hammamizga ayon. Demak, O’zbekistonimizda inson, inson manfaatlari bilan bir qatorda bola ijtimoiy himoyasi tizimi ham davlati siyosati darajasiga ko’tarilgan.
  • Aytish mumkinki, bozor iqtisodiyotiga o’tish davridek eng qiyin va murakkab bir vaziyatda faqat O’zbekistondagina ana shunday keng miqyosli, davlatning o’zi homiylik qiladigan siyosat vujudga keldi. Prezident iborasi bilan aytganda «sog’lom avlodni tarbiyalash barchaning, butun jamiyatning, shu yurtda yashaydigan har bir insonning asosiy ishi, insoniy burchidir». Bu jamiyat kelajagiga, mustaqillik istiqboliga bog’liq bo’lgan juda katta ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy hodisa. Biz bugun bolalar muammosiga xuddi ana shu nuqtai-nazardan yondoshmog’imiz lozim. Bolalar ijtimoiy himoyasi orqali jamiyat ma’naviy-ijtimoiy qiyofasini, davlat qudratini, mamlakat sha’nini anglamog’imiz lozim.
  • Bolalar ijtimoiy himoyalash tizimi mohiyatini anglash uchun bola huquqlari to’g’risidagi xalqaro Konvesiyani hisobga olgan holda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga muvofiq e’lon qilingan tamoyillar asosida, jamiyatning barcha a’zolarini o’ziga xos qadr-qimmati, ajralmas huquqlari, yer yuzida erkinlik, adolat va tinchlikni ta’minlashning asosi ekanligini e’tirof etmog’imiz zarur. Zero, Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro Nizomida insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining sha’ni va qadr-qimmatiga bo’lgan ishonchlari tasdiqlaganliklari hamda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida ko’maklashishga ahd qilganliklari e’tiborga olingan.
  • Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi va inson huquqlari to’g’risidagi xalqaro xujjatlarda ko’rsatib qo’yilgan huquq va erkinliklarga, irqi, tana rangi, jisnsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa ehtiqodalari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug’ilishi yoki boshqa holatlar bilan bog’liq belgilarga ko’ra har qanday tafovutdan qathi nazar ega bo’lishini ehlon qilinganligi va rozilik bildirilganligini ehtirof etadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasida bolalar alohida g’amxo’rlik va yordam huquqiga egadirlar deb ehlon qilinganligini eslatib, jamiyatning asosiy tashkiloti hisoblanmish oila va tibbiy muhitga uning barcha ahzolari, ayniqsa, bolalar o’sib-ulg’ayishlari va farovonlikka ega bo’lishlari uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarini o’z zimmasiga to’liq olishini ehtirof etadi. Shu maqsadda zarur himoya va yordam bilan tahminlinishi lozim eamnligiga ishonch hosil qilgan holda, bolaning shaxsi sog’lom va har tomonlama uyg’unlashgshan holda kamoloti uchun u oila g’amxo’rligida, baxt, mehr-muhubbat va ongli tushinish vaziyatida o’sishi zarurligini ehtirof etib, bola jamiyatda mustaqil hayotga to’la tayyorlanishi ehtirof etilgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida ehlon qilingan g’oyalar ruhida, ayniqsa, tinchlik, qadr-qimmat, sabr-toqat, erkinlik, tenglik va birdamlik ruhida tarbiyalanishi lozimligini hisobga olib, bolani mana shunday alohida himoya qilish zarurligi 1924 yilga Bola huquqlari Jeneva deklarasiyasida va 1959 yil 20 noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan.
  • Davlat organlari ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan har bir bolaga, bolalarning joylashtirilishi shaklidan qatoi nazar, moddiy va boshqa sharoitlarni tahminlaydi.
  • Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan xomiylik dasturlarini qonun hujjatlariga muvofiq rag’batlantiradi.
  • Nogiron bolalar tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqiga ega bo’lib, bu profilaktika, davolash-tashxis qo’yish, reabilitasiya, sanatoriy-kurort, protez-ortopediya yordamini, harakatlanish vositalari bilan imtiyozli shartlarda tahminlanishni va boshqa yordam turlarini o’z ichiga oladi.
  • Nogiron bolalar davlat sog’liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish tizimi muassasalarida bepul tibbiy-ijtimoiy yordam olish, o’z uylarida parvarish qilinish huquqiga ega.
  • Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish tartibi, ularga beriladigan imtiyozlar ro’yxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
  • Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan bolalar ota-onasi yoki ota-onasining o’rnini bosuvchi shaxslarning arizasiga ko’ra O’Zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, homiylik va boshqa jamg’armalarning mablag’lari hisobidan, shuningdek ota-onasi yoki ota-onasining o’rnini bosuvchi shaxslarning mablag’lari hisobidan ijtimoiy muhofaza tizimi muassasalarida saklanishlari mumkin.
  • Davlat maxsus pedagogik yondashuvga ehtiyoj bo’lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning belgilangan ta’lim standartlari va talablari darajasida bilim olishlarini kafolatlovchi zarur mablag’lar ajratadi hamda boshqa choralar ko’radi.
  • Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan bolalar va nogiron bolalar ular uchun maxsus ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari bo’yicha ta’lim muassasalarida o’qish va tarbiyalanish hamda o’z jismoniy, aqliy qobiliyatlari va xohishlariga mos bo’lgan ta’lim olish huquqiga ega.
  • Xulosa o’rnida shuni aytish mumkin-ki, inson va bola huquqlari bugungi kunning dolzarb mavzularidan bo’lib, respublikaizda olib borilayotgan huquqiy-demokratik davlat qurish siyosatida yetakchi o’rin egallaydi.Bunga bog’liq ravishda jamiyatimizga ijtimoiy ish xodimi kasbining kirib kelishi huquqiy-demokratik davlat barpo etish sari tashlangan yana bir qadam bo’ldi deb aytsak mubolag’a bo’lmasa kerak. Bunday vaziyatda respublikamizda tayyorlanayotgan ijtimoiy ish xodimlari zimmasiga bir qator mahsuliyatli vazifalar yuklanadi.
  • Har bir davlatning Konstitusiyasida jamiyat, davlat va shaxs hayoti uchun muhim bo’lgan eng asosiy qoidalar yuridik jihatdan mustahkamlanadi. Shu bois ham, bu oliy yuridik maqomli hujjat Asosiy qonun deb, ehzozlanadi. Asosiy qonun deb atalishining yana bir sababi, davlatning qolgan barcha qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari Konstitusiya asosida, uning qoidalari doirasida hamda konstitusiyaviy qoidalarni amalga oshirish yuzasidan qabul qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, Konstitusiya har bir davlat joriy qonunchiligiga huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi.
  • Hozirgi zamon davlatlari konstitusiyalarining yana bir muhim mohiyatiy jihati - ularda inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari yuridik jihatdan eng oliy maqomda mustahkamlanganligi va kafolatlanganligidadir.
  • Mustaqillikka erishgan O’zbekiston o’zining asriy orzusi ushalganligini, yangi jamiyat qurishga qaratilgan shijoatini o’zining Asosiy qonunida mustahkamladi. Uning muqaddimasidayoq xalqimizning huquqiy demokratik davlat qurishga bo’lgan orzu-intilishi o’zining ifodasini topgan.
  • Konstitusiyamizning bosh yo’nalishi - insonni va uning hayotini ulug’lashdir. Asosiy qonunimizning 13-moddasida «O’zbekiston respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson va uning hayoti, erkinligi, shahni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz xuquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
  • Demokratik huquq va erkinliklar Konstitusiya va qonunlar bilan himoya qilinadi» deb, mustahkamlab qo’yilgan. Darhaqiqat, O’zbekiston mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, oddiy insonlarning manfaatlariga mos keluvchi siyosatni olib bora boshlaganligi, jahon hamjamiyatiga mahlum. Ayrim MDH davlatlaridan farq qilgan holda, O’zbekistonda bozor munosabatlariga keskin yo’l bilan emas, balki bosqichma-bosqich o’tila boshlandi va shu tariqa aholining moddiy ahvoli keskin yomonlashuvining oldi olindi.
  • Inson va fuqarolarning huquqlari ichida fuqarolarning tengligi prinsipi alohida o’rin tutadi. Fuqarolarning tengligi prinsipi xalqimizning mentalitetiga, uiing insonparvarlik ruhiga, diniy qadriyatlarimizga xam juda mos keladi. «Ollohning oldida barcha bandalar teng» degan aqidaning tagida xam hamma insonlarning azaliy tengligi tamoyili yotibdi, desak mubolag’a bo’lmaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov "O’zbekiston fuqarolari, o’zlarining nasl-nasabi, irqi, millatidan va boshka holatlaridan qathi nazar, teng huquqka egadir. Konstitusiyamiz O’zbekiston fuqarosi deb hisoblangan barcha milliy va elatlarning tillari, urf-odatlari va milliy anhanalari xurmat qilinishini kafolatlaydi5.
  • Ijtimoiy-ish xodimlari inson huquqlarini himoya qila turib, o’zlari ham tahqibga uchrashlari mumkinligini anglagan holda ish tutishlari lozim. Milliy Assosiasiya o’zining xavfli holatda qolgan ahzolarini to’liq qo’llab quvvatlashi lozim. Navbatdagi misol inson huquqlarini aniqlash va unga amal qilishdagi qiyinchiliklarni aks ettiradi. Inson huquqlariga doir hujjatlar insonlarni irqiy yoki jinsiy mansubligi, diniy ehtiqodi, yoshi vash u kabilarga ko’ra kamsitishlarga yo’l qo’ymasligi lozimligini belgilab beradi. Shunga qaramay, mavjud kamsitishlar inson huquqlariga amal qilishga qo’yilgan to’siqlar qanchalik kuchli ekanligini ko’rsatadi. Kamsitishlarga qarshi qonunlarni amaliyotga tadbiq etish maqsadida AQShda federal hukumat va shtatlardagi kamsitishlar bo’yicha murojaatlarni o’rganuvchi ishga joylashishning teng imkoniyatlarini taominlovchi komissiya. Inson huquqlari bo’yicha turli bo’limlar kabi turli nazorat agentliklarini tashkil etdilar. Biroq, mazkur agentliklardan istalgan biriga arz qilish insonni tushkunlikka tushiruvchi va eng asosiysi, lozims darajadagi yuridik resurslarga ega bo’lmaganligi sababli, befoyda bo’lib, qoluvchi tashvishni holatga aylanishi mumkin. Har qanday ish beruvchi kamsitishdagi ayblanishni inkor etish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanadi.
  • 5 Каримов И.А.. Буюк келажагимизнинг ҳуқуқий кафолати // Биздан озод ва обод Ватан қолсин Т.2.-Т., 1996. 93-94-бетлар
  • Bolalarni ijtimoiy himoyalash bo’yicha mavjud bo’lgan xalqaro hujjatlarning asosiy vazifalarini aniqlash maqsadida, xorijda qabul qilingan tasnifga ko’ra, ijtimoiy sohada xalqaro, xukumat va noxukumat (N.T, inglizcha variantida NGO-nongovernmental organization) tashkilotlarni ko’rib chiqamiz.
  • Yevropa Kengashi, Yevropa Ittifoki (YeI), Iktisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IXRT), Yevropa xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti (YeXXT), Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va uning agentliklari (BMT rivojlanish dasturi, YuNESKO va YuNISEF), Jaxon Banki va boshqalar ijtimoiy sohada eng yirik va ta’sir doirasi keng xalqaro tashkilotlar hisoblanadi. O’zining asosi va a’zolik mikyoslariga ko’ra, xalqaro tashkilotlar katta resurslar va texnik tajribaga ega. Xalqaro tashkilotlar bilan sheriklik birgalikdagi jiddiy moliyalashtirish, professionalizm, qonuniylik, xukumat va xomiylar tomonidan e’tirof etilishni ta’minlashi mumkin. Xalqaro tashkilotlar bilan alokalar axborotlar almashishi bo’yicha kimmatli natijalar berishi mumkin. Ulardan hujjatlar, texnik hisobotlar va loyixa rejalarini so’rab olish mumkin.
  • Nohukumat tashkilotlar bir-biridan o’zlarining vazifalari, mavkei, kelib chiqishi, tuzilmasi va moliyalashtirish tizimi bo’yicha farklanishi mumkin. Xalqaro N.Tlar ko’p mamlakatlarda bo’limlarga ega. Masalan, “Xalqaro amnistiya” (Amnesty International), Katolik yordam ko’rsatish xizmati ( Catholic Relief Servies), “Xalqaro haloskorlik komiteti” (International Rescue Committee), “Chegarasiz vrachlar” (Medicins Sans Frontieres), “Bolalarni kutqaring” (Save the Children) va boshqalar.
  • O’zining har yilgi sessiyalarida inson huquqlari bo’yicha Komissiya, Iktisodiy va Ijtimoiy Kengash va Bosh Assambleya inson huquqlarini ko’pol tarzda va muntazam buzishlar bilan bog’liq bo’lgan vaziyatlar va amaliyotni muxokama qiladi, qandaydir muayyan mamlakatdagi axvol yokiqandaydir aniq amaliyot alohida tashvish tugdirsa, mazkur organlar mustakil va obyektiv ekspertlar guruhi (ishchi guruh) yoki alohida shaxs (maxsus ma’ruzachi) tomonidan surishtiruv o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilishlari mumkin. Bu maxsus organlarga Komissiya va Bosh Assambleyaga ma’ruzalar taqdim qilish va tavsiyalar ishlab chiqishdan tashqari jamoaning, alohida shaxs yoki guruhning huquqlari buzilgan taqdirda chora ko’rish vakolati ham berilgan.
  • Ijtimoiy farovonlik bo’yicha xalqaro Kengash (ICSW) Mazkur Kengash (avval u ijtimoiy ish bo’yicha konferensiya deb atalar edi) 1928 yilda asoslangan va xozirgi kunda u ijtimoiy xodimlarning Xalqaro Federasiyasi va Ijtimoiy ish Maktablarining Xalqaro Uyushmasi singari ijtimoiy farovonlik, ijtimoiy adolat va ijtimoiy rivojlanish muammolarini hal qilish bilan shugullanadigan
  • uchta eng yirik noxukumat tashkilotlarining biridir.
  • Mintakaviy bo’limlarda milliy ijtimoiy, davlat organlari va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlarini, ijtimoiy soha va soglikni saqlash tizimida ishlaydigan ilmiy tadqiqot institutlarini birlashtiradigan mamlakatlarning milliy komitetlari jamoaviy a’zolar hisoblanishadi.
  • O’z faoliyati konsepsiyasiga binoan, Kengash xayot, ozik-ovkat, boshpana, ta’lim, salomatlik, gamxo’rlik va xavfsizlikka bo’lgan asosiy huquqlarni himoya kilar ekan, ularni ozodlik, adolat va tinchlikning poydevori hisoblaydi.

Download 65.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling