O’zbekiston Milliy Universiteti Mustaqil ish


II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi


Download 65.99 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi65.99 Kb.
#1625409
1   2   3
Bog'liq
Taqdimot

II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
  • Fanini o‘qitish va o‘zlashtirishdan maqsad – Oila bolalar va ayollar bilan ijtimoiy ish olib borish amaliyoti fani nazariy asoslarini ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar yordamida bakalavr talabalarni yo‘nalish profiliga mos bilim darajasi bilan ta’minlashdir. Fanning vazifasi bakalavr talabalarning ushbu fan bo‘yicha olgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini amaliy topshiriqlar va interfoal vazifalarni bajarish orqali amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini hosil qilishdir. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga quyidagi talabalar qo‘yiladi: Talaba:
  • − Ayollar va bolalar ijtimoiy himoyalash tizimi nazariy metodologik asoslari; − Ayollar va bolalarni ijtimoiy himoyalashda amaliy faoliyat usullari va texnologiyalari; − Ayollar va bolalarni ijtimoiy himoyalashning asosiy shakllari va yo‘nalishlari; − Ayollar va bolalarni ijtimoiy muhofazalashning me’yoriy asoslari; − Ayollar va bolalarni ijtimoiy himoyalashning xorijiy davlatlar modellari; − Ayollar va bolalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishda sohalararo yondashuvlarhaqida tasavvurga ega bo‘lishi; − Ayollar va bolalarni ijtimoiy himoyalashda egallangan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishni; − Ayollar va bolalar ijtimoiy-demografik guruhining sotsiopsixologik xususiyatlarini; − Reproduktiv yosh tushunchasi va reproduktiv yoshdagi xotin-qizlar sog‘lig‘ini saqlashning ijtimoiy ahamiyatini; − Ayollar va bolalar ijtimoiy manfaatlari kafolatlanishida xalqaro tashkilotlarning rolini bilishi va ulardan foydalana olishi; − Ayollar va bolalar ijtimoiy manfaatlari asoslarini tushuna bilish; − Mehnat yoshida Ayollar ijtimoiy-siyosiy faolligini ta’minlashda faollik ko‘rsatish; − Kam ta’minlangan ko‘p farzandli oilalarni manzilli ijtimoiy muhofazalash tizimida amaliy faoliyat yuritish; − Ota-ona qaromog‘isiz qolgan bolalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishning alternativ shakllarini bilishi va ularni qo‘llay olish; − Bola barqaror rivojida sportning ijtimoiy ahamiyatini anglash; − Bolalarni ijtimoiy himoyalashda mutassaddi tashkilot va muassasalararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
    • Oliy ta`limning Davlat ta`lim standartiga ko`ra “Ijtimoiy ish” ta`lim sohasida o`qitiladigan “Oila bolalarva ayollar bilan ijtimoiy ish” fani ishchi o`quv rejasiga kiritilgan mutaxassislik fanlar blokida mavjud bo`lib, dasturda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini ijtimoiy va moliyaviy himoyalashda ularning jamiyatdagi o`rni, roli va muammolarni o`rganishga alohida e`tibor qaratilgan.
    • Jamiyat taraqqiyotidagi barcha o’zgarishlar inson omilining faollashuviga, insonlarning mehnat va intellektual salohiyatidan imkoni boricha unumli foydalanishga, barcha mehnatkashlarning ijodiy quvvatlarini to’la ishga solishga hamda shaxs, jamiyat va davlat o’rtasidagi manfaatdorlik va munosabatlarning mutanosibligini ta’minlashga bog’liqdir. Jamiyat taraqqiyoti va barqarorlikni ta’minlashda, O’zbekistonda belgilangan beshta tamoyilni amalga oshirishda Oila bolalarva ayollar bilan ijtimoiy ish yuritish fani alohida o’rin egallaydi. Zero, ijtimoiy ish ixtisosligi yo’nalishida ushbu fan jamiyat rivojining iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarini o’rganadi va ularni oila kabi omillar bilan birga boshqarishni ta’minlaydi. Oila bolalarva ayollar bilan ijtimoiy ish ijtimoiy hayot sohasi bo’yicha barcha zaruriy axborotlarni to’plashga, ishlab chiqarish zahiralaridan to’la foydalanishga hamda oila institutini boshqarishning optimal strategiyasi va taktikasini belgilashga xizmat qiladi.

    • Download 65.99 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling