1-mavzu. O‘q otish fanining o‘qitilishi maqsadi va vazifasi. O‘quv savollari
Download 17.02 Kb.
|
1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1- o‘ quv savoli: O‘q otish va uni o‘qitish uslubiyoti fanining o‘qitilishi mazmuni, vazifasi va maqsadi.
1-mavzu. O‘q otish fanining o‘qitilishi maqsadi va vazifasi. O‘quv savollari: 1. O‘q otish va uni o‘qitish uslubiyoti fanining o‘qitilishi mazmuni, vazifasi va maqsadi. 2.Kichik kalibrli miltiqlarni rivojlanish tarixi haqida ma’lumotlar. 1-o‘quv savoli: O‘q otish va uni o‘qitish uslubiyoti fanining o‘qitilishi mazmuni, vazifasi va maqsadi. O‘q otish kursining asosiy maqsadi, o‘quvchilarni kichik kalibrli va pnevmatik miltiqlardan foydalanishni malakali o‘rgata oladigan, o‘quv muassasalarida o‘q otish bo‘yicha sport musobaqalarini tashkil qilish va o‘tkazish, sinfdan tashqari va maktabdan tashqarii o‘q otish bo‘yicha ishlarni olib bora oladigan YoChQBT o‘qituvchilarini tayyorlashdan iborat. O‘q otish va uni o‘qitish uslubi fanini o‘rganish davomida quyidagi asosiy vazifalar qo‘yiladi: 1. O‘q otishning harbiy — amaliy ahamiyati yoshlarning jismonan sifatli rivojlanishini va ahloqiy — irodaviy sifatlarini tarbiyalash vositasi va ularni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilishga tayyorlash mazmuniga ega ekanligini bilish. 2. Kichik kalibrli va pnevmatik miltiqning qismlarini, miltiqlardan otish uslubini o‘qitishni va texnika asoslarini, shu bilan birga o‘q otish mashqini bajarish vaqtida va qurol bilan muomala qilish vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga; 3. O‘q otishning yagona sport malakasi, talablarini, musobaqa qoidalari va xavfsizlik qoidalarini o‘rgatishga 4. O‘quv muassasa YoChQBT o‘qituvchisi vazifasida o‘quvchilarni kichik kalibrli va pnevmatik miltiqdan otishni o‘rgatish, o‘quv muassasada o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilish va uni olib bora oladigan, shu bilan birga o‘quvchilar bilan o‘q otish bo‘yicha mashqlar va YoChQBT dasturida ko‘zda tutilgan otish me’yorlarini bajara olishga; 5. Shahar (tuman) o‘quv muassasalarida o‘q otish bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘gkazish va unga jamoa tayyorlashga, o‘q otish bo‘yicha hakamlar guruhi majburiyatlarini bajara olishga o‘rgatishdan iborat. Download 17.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling