1-mavzu. O‘q otish fanining o‘qitilishi maqsadi va vazifasi. O‘quv savollari


O‘q otish kursini o‘qitish jarayonida O‘t ochish va YoChQBT fanlari bilan o‘zaro uzviy bog‘liq holda nazariy, amaliy va uslubiy tayyorgarliklarni nazarda tutadi


Download 17.02 Kb.
bet2/3
Sana18.10.2023
Hajmi17.02 Kb.
#1709246
1   2   3
Bog'liq
1 mavzu

O‘q otish kursini o‘qitish jarayonida O‘t ochish va YoChQBT fanlari bilan o‘zaro uzviy bog‘liq holda nazariy, amaliy va uslubiy tayyorgarliklarni nazarda tutadi.
Kurs dasturini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarga qurol bilan ishlash mahorati singdiriladi, qurolning yuqori imkoniyatlari, o‘zbek o‘q otish maktabi g‘ururi va yutuqlari, otish tayyorgarligining harbiy — amaliy ahamiyati ko‘rsatiladi.
O‘q otish bizning mamlakatimizda ommalashgan sport turiga kiradi. O‘q otish sporti qadimdan kelayotgan sport mashqlari turi hisoblanadi va uning misolida qadimgi vaqtlardagi o‘tkazilgan kamondan otish merganlik musobaqalarini ko‘rishimiz mumkin.
XIX asrda o‘q otish qurollari paydo bo‘lishi bilan o‘q otish sportida yangi era ochildi. Birinchi marta 1471 yili Shvetsariyada o‘q otish bo‘yicha ilk musobaqa o‘tkazildi. Rossiyada o‘q otish sporti XVIII asr boshlarida paydo bo‘ldi.
1806—1807 yillarda Peterburgda avval «O‘qchilar», keyinchalik esa «Otish Xavaskorlar Jamiyati» deb nomlangan birinchi jamiyat tashkil etildi.
1834 ynl Rossiyada xoxosh istagi bor kishilar otish mumkin bo‘lgan pistslet va miltiqdan pullik otish tirlari ochildi.
1898 yil 25 mayda Xabarovskda birinchi marta 130 odam ishtirok etgan harbiy namunadagi miltiqdan otish musobaqasi o‘tkazildi. Shu yil 1 sentyabrda esa Xabarovskda 200 kishi ishtirok etgan ikkinchi musobaqa o‘tkazildi. O‘quv muassasalarida otish to‘garagi rahbari — YoChQBT o‘qituvchisidir va otish to‘garagini tashkil qilish o‘quv muassasining maxsus buyrug‘ida e’lon qilinishi kerak.
To‘garakda mashg‘ulot o‘tish jarayonida uni uslubiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etib, o‘kuvchilar ongiga tez yetib boradigan tarzda o‘tish, o‘quvchilarnn YoChQBT faniga yaxshi munosabatda tarbiyalaydi.
Qisqa muddatda zamonaviy qurol va jangovor texnikalarni o‘rganish uchun har bir o‘smir Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishga taiyorlashi, ahloqiy-ruhiy sifatlarini tarbiyalashi, harbiy bilim va tajribalarni oshirishi kerak.
Buning uchun YoChQBT dasturi mavjud, lekin dasturda ajratilgai o‘quv soati juda kam. Shuning uchun darsdan tashqarii ishlar muhim rol o‘ynaydi.
Shu munosabat bilan YoChQBT o‘qituvchisining o‘rni uning bevosita tashqilotchisi sifatida yuqori qo‘yiladi.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish o‘quvchilarda ahloqiy va siyosiy sifatlarini rivojlantiradi, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydi.
YoChQBT o‘qituvchisi YoChQBT bo‘limlari bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o‘tkazishda bevosita javobgardir. YoChQBT o‘qituvchisining pedagogik jamoa va o‘quvchilar orasida tutgan o‘rni kattadir.
Otish to‘garagi o‘z ishini otish asoslari va qoidalarini, o‘q otish qurollarining tuzilishi, otish qoidasi va usullari quroldan otish vaqtida va qurol bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirishdan boshlaydi.
To‘garak ishi haftadi ikki marta o‘tkaziladi. O‘quv muassasa terma jamoasi musobaqa oldidan har kuni shug‘ullanadilar. Shuning uchun o‘q otish bo‘yicha talablarni bajarish uchun musobaqalarni rejalashtirishda va tuman birinchiligiga o‘z o‘quv muassasasini tayerlashda YoChQBT o‘qituvchisining o‘rni muhimdir.
YoChBQT o‘qituvchisining tashkilotchiligi uning otish to‘garagini tashkil qilishda mashg‘ulot o‘tish uchun xona ajratish, miltiqni saqlash, tirni jihozlash, qurolni ta’mirlash va uni ishlatish uchun kerakli jihozlarni tayyorlash va o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlashdan iboratdir.

Download 17.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling