Ko’chish va harakat tushunchalari nazariy mexanikaning asosiy tushunchalari hisoblanadi
Download 153.68 Kb.
|
mexanika
1-mavzu Nazariy mexanikaning kinematika bo’limida moddiy nuqta va absolyut qattiq jismning harakati shu harakatni vujudga keltirgan sabablarga bog’lanmagan holda faqat geometrik nuqtai nazardan o’rganiladi Ko’chish va harakat tushunchalari nazariy mexanikaning asosiy tushunchalari hisoblanadi. Moddiy nuqtaning ma’lum vaqt ichida fazoda biror sanoq sistemasiga nisbatan bir holatdan boshqa holatga ixtiyoriy ravishda o’tishi ko’chish deyiladi.
Vaqt ob’yektiv borliqda ro’y beruvchi hodisalarning qancha davom etishini ifodalaydi va u absolyut deb qaraladi. Vaqt barcha sanoq sistemalarida bir xil o’tadi va bir sistemaning ikkinchi sistemaga nisbatan harakatiga bog’liq bo’lmaydi. SI sistemasida sekund vaqt birligi xisoblanadi. Harakatlanayotgan moddiy nuqtaning fazoda biror sanoq sistemasiga nisbatan holati bilan vaqt orasidagi bog’lanishni ifodalovchi tenglama nuqtaning harakat qonunini ifodalaydi. Agar moddiy nuqtaning biror sanoq sistemasiga nisbatan harakat qonuni berilgan bo’lsa, uning traektoriyasi, tezligi va tezlanishini aniqlash mumkin bo’ladi. Traektoriya deb – moddiy nuqta yoki absolyut qattiq jismning harakatlanishi tufayli tekislik yoki fazoda qoldirgan iziga aytiladi. 2-mavzu Agar nuqtaning harakati vektor usulda tenglama bilan berilgan bo’lsa, nuqtaning berilgan ondagi tezlik vektori uning radius vektoridan vaqt bo’yicha olingan birinchi tartibli hosilaga teng bo’ladi Agar nuqta berilgan traektoriya bo’ylab qonun asosida harakatlansa, tezlik vektori quyidagi formula orqali ifodalanadi:
Harakatdagi nuqta tezligining vaqt o’tishi bilan miqdor va yo’nalish jihatidan o’zgarishini ifodalovchi vektor kattalik tezlanish deyiladi. Nuqtaning harakati tabiiy usulda berilganda uning tezligi quyidagicha ifodalanar edi: Tezlanish vektori, tezlik vektoridan vaqt bo’yicha olingan birinchi tartibli hosilaga teng bo’ladi: Bu ifodada vektor kattalik traektoriyaga nuqtada o’tkazilgan urinma bo’ylab yo’naladi va urinma tezlanish deyiladi: vektor kattalik traektoriyaga nuqtada o’tkazilgan bosh normal bo’ylab yo’naladi va normal tezlanish deyiladi: 3-mavzu
Жисмда олинган ҳар қандай кесма жисм ҳаракати давомида ҳамма вақт ўз-ўзига параллел қолса, жисмнинг бундай ҳаракати илгариланма ҳаракат дейилади. Теорема. Илгариланма ҳаракатдаги жисмнинг ҳамма нуқталари бир хил траектория чизади ва ҳар онда миқдор ҳамда йўналишлари жиҳатдан бир хил тезликка ва бир хил тезланишга эга бўлади. Ҳаракатланувчи қаттиқ жисмнинг иккита нуқтаси доимо қўзғалмасдан қолса, унинг бундай ҳаракати қўзғалмас ўқ атрофидаги айланма ҳаракат дейилади 4-mavzu
Download 153.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling