4-sinf o`quvchilariga geometriya materiallarini o`rgatish metodikasi Mundarija: kirish I. Bob


Download 46.07 Kb.
bet1/7
Sana23.06.2023
Hajmi46.07 Kb.
#1651642
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
HAKIMOV NABIJON MATEM



4-sinf o`quvchilariga geometriya materiallarini o`rgatish metodikasi
Mundarija:
KIRISH
I.BOB.
1.1. 4-sinf o'quvchilarida geometriya elementlarini shakllantirishning ahamiyati
1.2. 4-sinf o'quvchilarini geometriya elementlari bilan tanishtirish va ularni o'qitish metodlari
II.BOB.
2.1. 4-sinf o'quvchilarini chizish va yasashga doir masalalar bilan tanishtirish
2.2. Geometriya elementlarini o'qitishda ko'rgazmalilikdan foydalanish
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Kurs ishining dolzarbligi: Mamlakatimizda shaxsga yo'naltirilgan ta'lim-tarbiya ahamiyatining yildan-yilga o'sib borishi, axborot-kommunikatsion texnologiyalar jadallik bilan rivojlanayotgan, globallashuv, dunyo Intellektual maydonida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir davrda, demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasidagi maqsadlarga erishishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bilimli va intellektual avlodni tarbiyalash muhim omil bo'lmoqda. Davlatlararo qattiq raqobat mavjud boʻlgan davrda har bir mamlakat barcha sohada raqobatbardosh bo'lishga harakat qiladi. Davlatning iqtisodiy, texnik rivojlanishiga qator omillar ta'sir ko'rsatishi tabiiy. Bular: mamlakatda mavjud bo'lgan tabiiy resurslar, uning geografik joylashuvi, ta'lim tizimi, tarixi va boshqa ko'p omillardir. Lekin mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalana oladigan, davlat iqtisodiyotini boshqaradigan, yangidan-yangi texnikani yarata oladigan, mavjud ilg'or texnika va texnologiyalardan foydalana oladigan, ishlab chiqarishni yoʻlga qo'ya oladigan omil bu albatta, inson omilidir. Shunday ekan, aynan inson omili, boshqacha qilib aytganda, inson resursi mamlakat rivojlanishida eng muhim rol o'ynaydi. Demak, O'zbekistonning kelajakda buyuk davlat bo'lishida ham inson omilining o'rni beqiyosdir. Shuning uchun ham bugungi kunda ta'lim tizimi oldiga katta vazifalar qo'yilmoqda.
O'zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integratsiyasi ta'lim sohasida nafaqat yangi imkoniyatlarni ochdi, balki o'quvchi yoshlarga ta'lim va tarbiya berishda yuqori sifatga erishishni ta'minlashni taqozo etadi.
Bu natijalarga erishish uchun o'z vaqtida O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni hamda "Milliy o'quv dasturi" qabul qilingandir. "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning 7-moddasida belgilab berilganidek, "Davlat ta'lim standartlari umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim mazmuniga hamda sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta'lim standartlarini bajarish O'zbekiston Respublikasining barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir".
"Milliy o'quv dasturi"da matematika o'qitishning sifatini oshirish bilan birga o'quvchilarning tafakkuri va shaxsiy sifatlarini, matematik savodxonligini shakllantirish hamda ijodiy qobiliyatlarini o'stirish masalalari belgilab berilgan. Dastur matematik tushunchalarning hayotiy materiallar asosida o'zlashtirilishi lozim bo'lgan tushuncha va qoidalar amaliyotga xizmat qilishini, hayotiy materiallar asosida o'quvchilarga yetkazib berish imkonini beradi. Shu bilan bir qatorda, fan va amaliyot o'rtasidagi aloqalarni to'g'ri tushunishga asos yaratadi. O'rta maktab ta'lim tizimini isloh qilish jadal sur'atlar bilan olib borilayotgan hozirgi davrda maktab matematikasini mazmuni jihatdan ko'rib chiqish zamon talabi bo'lib, o'quvchilarning bilim va malakalarini Jahon talablari darajasida bo'lishi talab qilinadi. Buning uchun esa boshlang'ich sinfdanoq har tomonlama yetuk insonlar tayyorlashga harakatni boshlash lozim. Bunda esa dars Jarayonlarida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish zarurdir.
Barchamizga ma'lumki, matematika fani insonning aqlini o'stiradi, uning diqqatini rivojlantiradi, ko'zlangan maqsadga erishish uchun o'zida qat'iyat va irodani tarbiyalaydi, o'zidagi algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta'minlaydi va eng muhimi, uning tafakkurini kengaytiradi.
Birinchi Prezidentimiz ta'kidlab o'tganlaridek: ...chuqur tahlil, mantiqqa asoslanmagan fikr odamlarni chalg'itadi. Faqat bahs-munozara, tahlil mevasi bo'lgan xulosalargina bizga to'g'ri yo'l ko'rsatishi mumkin".
Demak, zamonaviy inson mustaqil qaror qabul qila oladigan, jamoada ishlay oladigan, tashabbuskor, mustaqil qaror qabul qila oladigan, yangiliklarga moslasha oladigan, mashaqqatli holatlarga chidamli hamda bu holatlardan chiqa oladigan bo'lishi kerak. Bunday sifatlarni qaror toptirishga matematika ta'limida shivdan foydalanish asosida kompetensiyaviy yondoshuvdan foydalanish asosida erishish mumkin. Bu davlatlardagi umumiy ta'limning yangicha mazmuni asosini o'quvchilarning tayanch kompetensiyalarini hosil qilish va rivojlantirish tashkil etadi. Ta'limga kompetensiyaviy yondoshuv an'anaga aylanib qolgan bilim, ko'nikma va malakani o'zlashtirish"dan farqli o'laroq, kasbiy, shaxsiy va jamiyatdagi kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan turli ko'rinishdagi malakalarning o'quvchilar tomonidan egallanishini nazarda tutadi. Shunday qilib kompetensiyaviy matematik ta'limning asosini amally hamda tadbiqiy yo'nalishlarini kuchaytirish tashkil qiladi.
Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarining rivojlanishi yosh avlodning o'zgaruvchan dunyoda raqobatbardosh bo'lishi fanlarni mukammal egallashni taqozo etadi, bu esa O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimiga matematikani o'rgatish bo'yicha xalqaro standartlarni joriy etish orqali ta'minlanadi. Standart loyihasi tuzilishida quyidagi umume'tirof etilgan xalqaro me'yorlardan foydalanilganligi ahamiyatlidir:
1. Yevropa kengashining Uzluksiz ta'lim uchun tayanch tayanch kompetensiyalar-umum yevropa standartlari strukturasi" to'g'risidagi hujjati (,,Key competences for lifelong learning- a Europen Reference Freamework")?. 2. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (Organisation for Ekonomic Cooperation for everone student auto o'quvchilarni baholash Dasturi" (..Programme for International Student Assessment") standartlari. 3. Ta'lim natijalarini baholash Xalqaro Assotsiatsiyasi (International Association for the Evaluation of Educational Achievement") Xalqaro matematika va aniq va tabiiy fanlarning tendensiyalarini o'rganish markazi (Trends in international mathematics and science study Center) standartlari.
Shularni inobatga olgan holday o'quvchilarga egallangan bilm, o'quv malakalarini turli xil sharoitlarda, turli xil qo'llay olishga o'rgatishni o'qitishning maxsus masalasi sifatida qarash kerak. Bu o'quvchilarning politexnik tayyorgarligiga qaratilgan ishning boshlanishidir. Boshlang'ich maktabdayoq, o'quvchilarda kuzatish va taqqoslash, solishtirilayotgan hodisalardagi o'xshashlik va farq qiladigan tomonlarini ajratish, tahlil, sintez, umumlashtirish, abstraktsiyalash, aniqlashtirish kabi funksiyalarini amalga oshirishga o'rgatish lozim. Bolalarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish masalasi bilan ularda to'g'ri, aniq, qisqa matematik nutqni o'stirish masalasi uzviy ravishda bog'langandir. Bu o'quvchilarda geometrik tushunchalar asosida fikrlash orqali amalga oshiriladi. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasini takomillashtirishga bag'ishlangan Ilmiy adabiyotlar tahlill psixologik-pedagogik tadqiqotlarda boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish samaradorligini oshirishning ilmiy tahlill axborotlarni boyitib borish orqali ta'lim mazmunini o'zgartirish (B.P.Erdniyev, P.M.Erdniyev), har bir fanning asosiy g'oyasini ajratish (I.D.Zverev, V.N.Maksimova, R.A. Mavlonova, A.Abduqodirov, A.M.Markushevich), nazariy bilimlarning rolini oshirish (V.V. Davidov, A.K. Markova, J. Ikromov, A.M. Pishkalo, L.SH.Levenberg N.U.Bikbayeva, E.Yangibayeva, M.Axmedov) yo'nalishlarida amalga oshirilgan.
Boshlang'ich sinf uchun darslik va oʻquv qo'llanmalari (K.Qosimova, R.A. Mavlonova, L.SH. Levenberg), oʻqituvchilar uchun qo'llanmalar (M.I. Mopo, A.M. Pishkalo, L.SH.Levenberg, N.U.Bikbayeva) va o'quvchilar uchun, tajriba-sinov qo'llanmalari (M.Ahmedov, N.Abduraxmonova, R.Ibragimov, Y.M. Kolyagin, P.M. Erdhiyev) orqali boshlang'ich maktab o'quvchilarining bilish faoliyatini shakllantirish mumkinligiga to'xtalib o'tilgan. Ta'lim metodikasiga bag'ishlangan ishlarda (P.M.Erdniyev, N.U.Bikbayeva, L.SH. Levenberg, R.A. Mavlonova, K.Qosimova va boshqalar) geometriya elementlarini o'qitish muammosi umumly holatda ko'zda tutiladi, biroq maxsus tadqiqot predmeti sifatida ajratib olinmagan.

Download 46.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling