4-sinf o`quvchilariga geometriya materiallarini o`rgatish metodikasi Mundarija: kirish I. Bob


-sinf o'quvchilarini geometriya elementlari bilan tanishtirish va ularni o'qitish metodlari


Download 46.07 Kb.
bet4/7
Sana23.06.2023
Hajmi46.07 Kb.
#1651642
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
HAKIMOV NABIJON MATEM

1.2. 4-sinf o'quvchilarini geometriya elementlari bilan tanishtirish va ularni o'qitish metodlari.


Geometriya kursida o'rganiladigan eng kichik birlik geometriya elementi tushunchasi bilan izohlanadi. Masalan, nuqta, to'g'ri chiziq, kesma, nur, aylana, kvadrat, to'rtburchak, piramida, shar va hokazo.
"Nuqta", "to'g'ri chiziq" tushunchalari maktab geometriya kursining asosiy
ta'riflanmaydigan tushunchalaridir. Shu sababli "nuqta deb nimani aytiladi?",
"To'g'ri chiziq deb nimani aytiladi?" degan savollar ma'noga ega boʻlmay qoladi.
Qalam uchining qog'ozdagi izi, boʻming doskadagi izi "nuqta" haqida tasavvur beradi. O'quvchilarda to'g'ri chiziq haqida tasavvurlarni tarkib toptirish ularning har xil amaliy ishlari bajarishda sodir bo'ladi. Bo'r surtilgan ipni tarang tortib turib qo'yib yuborilsa, doskada toʻgʻri chiziq bir qismining obrazi hosil boʻladi. Uni har ikkala tomonga davom ettirish mumkin. Chizg'ich yordamida ham, boshqa usullar bilan ham to'g'ri chiziq yasash mumkin. Masalan, qog'oz varag'ini buklash yo'li bilan to'g'ri chiziq hosil qilish mumkin, buklash chizig'i to'g'ri chiziq bo'ladi. Bunda bolalar diqqatini shu faktga qaratish muhimki, qog'oz varag'ini har xil yoʻnalishda bukilganda ham natija bari bir xil bo'lib, to'g'ri chiziq tasviri hosil boʻladi. Doskada to'g'ri chiziq vaziyatini o'zgartirish, ya'ni uni gorizontal, vertikal va qiya holda chizish ham muhimdir.
Bolalarni toʻgʻri chiziq bilan tanishtirish bilan bir vaqtda ulami egri chiziq bilan ham tanishtirish kerak. Masalan, agar tarang tortilgan ip doskada to'g'ri chiziq Izini qoldirgan bo'lsa, endi shu ipni bo'shatib salqi holga keltirilsa, u qoldirgan iz egri chiziq haqida tasavvur beradi. O'quvchilar atrof muhitdagi egri va to'g'ri chiziqlari Izlash boʻyicha ham mashq qildiriladi. Mashqlari bajarish protsessida o'quvchilar to'g'ri va egri chiziqlarning ba'zi xossalari bilan tanishadilar. Masalan, bolalar nuqtadan chiziqlar o'tkazish bo'yicha mashq qilib, bir nuqta orqali istalgancha to'g'ri va egri chiziq o'tkazishlari mumkin. Uchburchakning nechta tomoni bor, nechta uchi bor?". Shundan keyin o'quvchilarning o'zlari ixtiyorlaridagi uchburchak modellarida uchburchak elementlarini ajratishadi. Bunda o'quvchilar uch bu nuqta ekanini, tomon esa kesma ekanini aniq tushunib olishlari muhimdir.
Uchburchakning yana bitta elementi-burchakni ajratishda uni ko'rsatish bilan bir qatorda uchburchakning bir qismini-uning burchagini uzib olish kerak. Shundan keyin bolalarni to'rtburchaklar, beshburchaklar va oltiburchaklar bilan tanishtirishda ham taxminan shu reja asosida ish bajarish mumkin.
Belgilarni ajratishga doir ikki yoki undan ortiq figuralarni taqqoslashga doir, berilgan belgilari bo'yicha figuralarni bilishga doir bir qator mashqlarni bajarishda figuralar modellaridan foydalanish mumkin. Shunday mashqlardan ba'zilarini keltiramiz:
1. a) To'rtta tomoni va to'rtta burchagi boʻlgan figurani; b) beshta tomoni va beshta burchagi boʻlgan figurani ko'rsating.
IL Figuralar qaysi jihatiga ko'ra bir-biridan farq qiladi?
III. Figuralarning nechta uchi, nechta tomoni va nechta burchagi borligini
sanang.
IV.Qaysi figuralarni birbiriga o'shash deyish mumkin? Nima uchun?




Ko'pburchaklarning alomatlarini ajratishga doir ish klassifikatsiyalash ishiga asos bo'ladi. Bu ishning mohiyati berilgan turdagi obyektlarga tegishli boʻlgan va bu obyektlarni boshqa turdagi obyektlardan farqlantiruvchi muhim alomatlarga koʻra ko'pburchaklaring alomatlarini ajratishga doir ish klassifikatsiyalash ishiga asos boʻladi. Bu ishning mohiyati berilgan turdagi obyektlarga tegishli boʻlgan va bu obyektlarni boshqa turdagi obyektlardan farqlantiruvchi muhim alomatlarga koʻra shu obyektlarni gruppalashdan iborat. Bu logik operatsiya yordamida geometrik figuralar haqidagi bilimlar sistemalashtiriladi, umumlashtirishga doir qobiliyatlar rivojlantiriladi.


Geometrik figuralarming modellari yordamida figuralami qismlarga ajratish va qismlardan yangi figuralar tuzishga doir, naqshlar tuzishga doir masalalar bilan bog'liq bo'lgan har xil topshiriqlarni bajarish mumkin. Bunday mashqlar bolalarning geometrik tasavvurlarini boyitadi, geometrik "sezgirlik" ni, fazoviy tasavvurlami rivojlantirishga imkon beradi.
Bir xil ko'pburchaklarning o'zidan bir qancha kvadratdan, to'g'ri to'rtburchaklardan, trapetsiyalardan, uchburchaklardan va boshqa figuralardan) bir vaqtning o'zida har xil predmetlar, ya'ni uychalar, archa, parovoz, qayiqcha, odamcha va hokazo predmetlarni tuzish talab qiladigan mashqlarni ham bolalar katta qiziqish bilan bajaradilar. Predmetlar tuzishga doir dastlabki ishni ko'rsatma diktantlar o'tkazish bilan bog'lash mumkin: o'qituvchi geometrik figuralardan tuzilgan naqshni koʻrsatadi va uni narab chiqish uchun o'quvchilarga bir oz vaqt beradi. Shundan keyin naqsh olib qo'yiladi va o'quvchilar o'z partalarida xuddi shunday naqsh tuzilishlari talab qilinadi. Shundan keyin o'quvchilar mustaqil ravishda har xil naqshlar tuzishda geometrik figuralar naboridan foydalanishlari mumkin bo'ladi.
O'quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniy munosabatlami ochishni, kuchlari yetadigan darajada umumlashtirishlar qilishni, shuningdek og'zaki va yozma xulosalar qilishnioʻrganishlari kerak.O'qirish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o'quvchilaming o'rganilayotgan materialni o'zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Hozirgi zamon didaktikasida o'qitish metodlari klassifikatsiyasiga har xil yondoshish mavjud. Bizning fikrimizcha, eng maqsadga muvofiq yondoshuv- har xil metodlari o'z ichiga olgan klassifikatsiyadır. Yuqorida keltirilgan tarifdan o'qitish metodlari o'qituvchi va o'quvchilaming birgalikdagi faoliyatidan iborat ekani ko'rinadi. Metod so`zi grekcha so'z bo'lib, "yo'l ko'rsatish" demakdir. "Ta'lim metodi tushunchasi esa hozirgi zamon metodika va didaktika fanlaridagi asosi tushunchalardan biridir, ammo bu tushuncha yaqin vaqtlarga qadar turli metodlari o'z ichiga olgan klassifikatsiyadır. Yuqorida keltirilgan tarifdan o'qitish metodlari o'qituvchi va o'quvchilaming birgalikdagi faoliyatidan iborat ekani ko'rinadi.
Metod so`zi grekcha so'z bo'lib, "yo'l ko'rsatish" demakdir. "Ta'lim metodi" tushunchasi esa hozirgi zamon metodika va didaktika fanlaridagi asosiy tushunchalardan biridir, ammo bu tushuncha yaqin vaqtlarga qadar turli metodik adabiyotlarda turli mazmunda qo'llanib kelinar edi. XIX asrga qadar bo'lgan metodik adabiyotlarda "metod" tushunchasi matematika kursining asosiy mazmunini bayon qiluvchi mavzuning tavsifi sifatida ishlatiladi. Masalan, "Sonlami o'rganish metodi", "Geometrik figuralarni o'rganish metodi" va hokazo.
Hozirgi zamon didaktikasida, jumladan, matematika o'qitish metodikasi fanida ta'lim metodining muammolari umumiy holda hal qilingan bo'lib, u o'zining quyidagi ikki tomoni bilan xarakterlanadi:
a) o'qitish o`rganish (o'quvchilarning ongli bilish faoliyati).
Ta'lim jarayoni o'qitish va o'rganishdan iborat bo'ladigan bo'lsa, u holda o'qitish (o'quvchilarning bilish faoliyatlarini boshqarish va tekshirishga doir axborot turlari, usul va vositalari) va o'rganish (o'quv materialini o'quvchilar tomonidan o`zlashtirishning turlari, usul va vositalari) o`zining quyidagi metodlari orqali amalga oshiriladi. O`qitish va o`rganish metodlari o'zaro bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda bo'lib, maktabda o'qitish jarayonini amalga oshiradi.
Og'zaki metodlar qisqa muddat ichida hajmi bo'yicha eng ko'p ma'lumot berish, o'quvchilar oldiga muammolar qo'yish, ularni hal qilish yo'llarini ko'rsatish imkonini beradi.Bu metodlar o'quvchilarning abstrakt tafakkurlarining rivojlanishiga sharoit yaratadi. Bilimlarni tushuntirish metodining mohiyati shundan iboratki, bunda o'qituvchi materialni bayon qiladi, o'quvchilar esa uni, ya'ni bilimlarni tayyor holda qabul qilib olishadi. Materialning bayoni aniq, tushunarli, qisqa bo'lishi kerak. Boshlang'ich matematika kursining bir qator masalalarini qarashda bilimlarning izchil bayoni zarur.
Suhbat - bu eng ko'p tarqalgan va yetakchi o'qitish metodlaridan biri bo'lib, darsning har xil bosqichlarida, har xil o'quv maqsadlarida qo'llanishi mumkin, yani uyga berilgan topshiriqlarni va mustaqil ishlarni tekshirishda, yangi materialni tushuntirishda, mustahkamlash va takrorlashda qoʻllanilishi mumkin.
Suhbat - bu o'qitishning savol-javob metodidir, bunda o'qituvchi o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirganliklari va amally tajribalariga tayangan holda, maxsus tanlangan savollar tizimi va ularga beriladigan javoblar yo'li bilan o'quvchilarni qo'yilgan ta'limiy va tarbiyaviy masalalarini hal qilishga olib keladi.
O'qitishning ko'rsatmali metodlari - o'quvchilarga kuzatishlar asosida bilimlar olish imkonini beradi. Kuzatish hissiy tafakkurning faol shaklidir. Bundan o'qitishda, ayniqsa, boshlang'ich sinflarda keng foydalaniladi. Atrof-borliqdagi predmet va hodisalar va ularning turli-tuman modellari (har xil tipdagi ko'rsatma- qoʻllanmalar) kuzatish obyektlari hisoblanadi. O'qitishning ko'rsatmali metodlarini o'qitishning og'zaki metodlaridan ajratib qo'yib bo'lmaydi. Ko'rsatma- qoʻllanmalari namoyish qilishni har doim o'qituvchining va o'quvchilarning tushuntirishlari bilan birgalikda olib boriladi. O'qituvchining so'zi bilan ko'rsatma vositalardan birgalikda foydalanishning 4 ta asosiy shakli aniqlangan:
1) o'qituvchi so'zlar yordamida o'quvchilaming kuzatishlarini boshqaradi; 2) og'zaki tushuntirishlar obyektning bevosita ko'rinmaydigan tomonlari haqida ma'lumotlar beradi; 3) ko'rsatma qo'llanmalar o'qituvchining og'zaki tushuntirishlarini tasdiqlovchi yoki aniqlashtiruvchi illyustratsiya bo'lib xizmat qiladi; 4) o'qituvchi o'quvchilar kuzatishlarini umumlashtiradi va umumiy xulosa chiqaradi.
Malaka va ko'nikmalarni shakllantirish va mukammalashtirish jarayoni bilan bog'liq boʻlgan metodlar o'qitishning amaliy metodlari hisoblanadi. Xususan, bunday metodlar o'qitishning jumlasiga yozma va og'zaki mashqlar, amaliy va laboratoriya ishlari, mustaqil ishlarning ba'zi turlari kiradi. Mashqlar, asosan, mustahkamlash va bilimlarni tadbiq qilish, malaka va ko'nikmalari shakllantirish metodi sifatida qoʻllaniladi.
Induksiya metodi bilishning shunday yo liki, bunda o'quvchining fikri birlikdan umumiylikka, xususiy xulosalardan umumiy xulosaga boradi. Induktiv xulosa - xususiydan umumiyga qarab boradigan xulosadir. Bu metoddan foydalanib biror qonuniyati ochish yoki qoidani chiqarish uchun o'qituvchi misollar, masalalar, ko'rsatmali materiallarni puxtalik bilan tanlaydi. Masalan, quyidagi topshiriq orqali o'quvchilarni induktiv xulosa chiqarishga undash mumkin. O`rganilayotgan matematik ob'ektdagi narsalarning o'xshash va farqli tomonlarini aniqlovchi metod taqqoslash metodi deyiladi. Taqqoslash metodini matematika darslarida o'rganilayotgan mavzu materiallariga tadbiq qilishda quyidagi prinsiplarga amal qilinadi: 1) taqqoslanayotgan matematik tushunchalar bir jinsli bo`lishi kerak; 2) taqqoslash o`rganilayotgan matematik ob'ektdagi narsalarning asosiy xossalariga nisbatan bo`lishi kerak. Masalan, Uchburchak figurasi bilan to'rtburchak figurasi taqqoslanganda ularning o'xshash tomonlari: uchlari, burchaklari; ularning o'zaro farqli tomonlari:
a) uchburchakda uchta uch va uchta tomon;
b) to'rtburchakda to'rtta uch va to'rtta tomondan iboratligi aniqlanadi. Bu misolda taqqoslashning ikkala prinsipi ham bajarildi, ya'ni uchburchak va to'rtburchak figuralari bir jinsli tushunchalar bo'lib, ikkalasi ham ko'pburchakning xususiy hollaridir hamda taqqoslash metodi ikkala figuraning asosiy xossalariga nisbatan amalga oshirildi.
Taqqoslash usuli qaralayotgan sonlar, arifmetik misollar, masalalarning yoki shakllaming o'xshash va farqli alomatlarini ajratishdan iborat.
Matematika boshlang'ich kursi taqqoslash usulining qo'llanilishi uchun katta Imkoniyatlar ochib beradi: sonlari, ifodalar va sonlarni taqqoslash; ikkita ifodani taqqoslash; geometrik shakllari taqqoslash, masalalarni taqqoslash va hokazo



Download 46.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling