4-sinf o`quvchilariga geometriya materiallarini o`rgatish metodikasi Mundarija: kirish I. Bob


Geometriya elementlarini o'qitishda ko'rgazmalilikdan foydalanish


Download 46.07 Kb.
bet6/7
Sana23.06.2023
Hajmi46.07 Kb.
#1651642
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
HAKIMOV NABIJON MATEM

2.2. Geometriya elementlarini o'qitishda ko'rgazmalilikdan foydalanish.


To'g'ri burchak modelin hosil qilish uchun har bir o'quvchi ixtiyoriy shakldagi qog'oz varag'ini to'g'ri chiziq bo'yicha buklashi, so'ngra oldin hosil qilingan bukish chizig'ining qismlari ustma-ust tushadigan qilib yana bir marta buklash kerak. To'g'ri burchak modelint hosil qilish uchun har bir o'quvchi ixtiyoriy shakldagi qog'oz varag'ini to'g'ri chiziq bo'yicha buklashi, so'ngra oldin hosil qilingan bukish chizig'ining qismlari ustma-ust tushadigan qilib yana bir marta buklash kerak. Buklangan qog'oz ochiladi, tekislanadi va buklash chiziqlari bo'yicha to'rtga boʻlinadi. Hosil bo'lgan qismlarning har biri to'g'ri burchakning modeli bo'ladi. Bu modellarni ustma-ust qo'yib, o'quvchilar hamma to'g'ri burchaklar ustma-ust tushishiga, ular o'zaro teng ekaniga ishonch hosil qiladilar. Har qaysi o'quvchidan bittadan burchak olib ular qog'oz varaqlarining shakli har xil bo'lishiga qaramay teng ekanligini ko'rsatish kerak. O'quvchilar to'g'ri burchakni har xil vaziyatda tanly olishlari uchun shu yerning o'zida burchaklarning yig'ilgan pachkasidan bir nechta burchakni tanlab olish va ulami doskaga yoki flanegrafga har xil vaziyatda mahkamlab qo'yish kerak. O'quvchilar to'g'ri burchak modell yordamida atrofdagi predmetlardan to'g'ri va noto'g'ri burchaklarni, daftardan, stoldan, doskadan va boshqa predmetlar - koʻpburchaklarning qog'oz modellaridan topadilar. Darslikda o'quvchilarning burchaklar haqidagi tasavvurlarini birmuncha sistemasiga soluvchi va aniqlovchi mashqlar beriladi.
Bunday ishga bo'lgan zarurat o'quvchilari amaliy ishlashga bo'lgan qobiliyatini oshiradi. Maktab sharoitida (rasm darslari, qo'l mehnati darslari va shu singarilardan) burchak, burchakning uchi, burchakning tomonlari kabi atamalar ishlatib turiladi.
Burchak haqidagi tasavvurlar burchakning modeli yordamida va tevarak- atrofdagi narsalarni kuzatishda aniqlanadi. Burchakning katta-kichikligi numing burchak tomonlarining bukilishiga bog'liq ekanligi aniqlanadi. Shu yerning o'zida burchaklarni taqqoslashga doir mashqlar bajariladi. Burchaklarni to'g'ri burchak bilan taqqoslash ustiga qo'yish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Tajriba shuni koʻrsatmoqdaki, bolalar ko'p hollarda to'g'ri burchak modelini predmetning yoki ko'pburchakning yoki bu burchagiga qanday, qay tarzda qoʻyishni bilmay qiynaladilar. Shu sababli o'quvchi to'g'ri burchak ustiga ularning uchlari va bir tomonlari ustma-ust tushadigan qilib qoʻyishi kerakligini tushuntirish va koʻrsatish kerak. Agar bunda qolgan ikkitadan tomonlari ham ustma-ust tushsa, berilgan burchak to'g'ri burchak boʻladi. (To'g'ri burchak tushunchasi bu yerda to'g'ri to'rtburchakning burchaklaridan biri sifatida beriladi. Burchaklarni taqqoslash bo'yicha o'tkaziladigan kuzatishlar va amaliy ishlar kvadratning burchaklari ham to'g'ri burchak ekanligini aniqlashga imkon beradi; chizmachilik burchagining ham bitta burchagi to'g'ri burchak. Burchakni belgilash uchun bitta harf yoki raqam ishlatiladi, bu esa burchakning uchiga qo'yiladi. O'tkir burchak, o'tmas burchak atamalari ishlatiladi.
Burchaklarning to'g'ri burchakka qaraganda katta-kichikligini amaliy tarzda aniqlashda katta oʻrin ajratadi. Bu ish chizmachilik burchagi yordamida qilinadi. Ammo bu yerda burchak tushunchasining yuqori darajada umumlashtirilishiga intilish shart emas. So'z asosan amaliy malakalarning takomillashishi, tasavvurlarning to'planishi, tegishli ko'nikmani egallash ustida borishi kerak. Aytilgan mulohazalar bir tomondan bu ishlarni o'tkazish zarurati o'quvchilarning bu tushunchalarni o'zlashtirishiga maktab tajribasiga juda oz ehtiyoj tushgani bilan ikkinchi tomondan oʻquvchilarda koʻpgina tasavvurlari yo'qligi va bu tasavvurlar siz burchak to'g'risidagi ilmiy tushuncha paydo qilish mumkin emasligi bilan qisman asoslanish mumkin.
To'g'ri burchakning modeli koʻpburchaklar haqidagi, Jumladan to'g'ri to'rtburchak, kvadrat haqidagi va ularning xususiyatlari haqidagi bundan keyingi tasavvurlami rivojlantirishda muhim vosita bo'ladi.
Har xil kattalikdagi va har xil rangdagi, tomonlarining nisbati har xil bo'lgan toʻgʻri to'rtburchaklarning modellari daftar varaqlari, rangli qog'oz varaqlaridan ham hosil qilinishi mumkin, buning uchun toʻgʻri to'rtburchak shaklidagi qog'ozni uning qirralaridan biriga parallel chiziq boʻyicha buklash kerak. Ravshanki, bunday qog'oz varag'ining o'zi ham to'g'ri to'rtburchakning modell bo'lib xizmat qiladi.
Varaqlarni buklash chiziqlari bo'yicha qirqib, to'g'ri to'rtburchakning har xil modellarini hosil qilamiz. Shunday to'rtburchaklardan bir nechtasini doskaga mahkamlab qo'yib, bolalarni to'g'ri to'rtburchakning uncha muhim bo'lmagan xususiyatini farq qilishga oʻrgatamiz. To'g'ri to'rtburchakning asosiy xususiyatlarini bolalar ongli tushunishlari uchun to'g'ri burchak modelidan va to'g'ri to'rtburchak tekisligini buklash usulidan foydalanish mumkin. To'g'ri burchak modeli bilan bolalar to'g'ri to'rtburchaklarning hamma burchagi to'g'ri ekaniga ishonch hosil qilishlari, to'g'ri burchakning qarama- qarshi tomonlarini buklash bilan ustma-ust tushirishga erishish kerak. O'quvchilarning to'rtburchak haqidagi tasavvurlarini aniqlashtirish ustida ish olib boriladi. Jumladan, to'rtburchaklar elementlarini o'lchash ishlarini keng qo'llash, shuningdek, ularni sirkul yordami bilan taqqoslashiga asoslangan boʻlib, to'rtburchak, kvadratning ba'zi xususiyatlari aniqlanadi. To'g'ri to'rtburchakning qarama-qarshi tomonlari juft-jufti bilan tengligi aniqlanadi, lekin qarama-qarshi tomonlari atamasi hall aytilmaydi.
Kvadrat modelini to'g'ri to'rtburchak tekisligini birinchi va ikkinchi raqamli chiziqlari hosil qilishi mumkin. Buklash chiziqlari uziq chiziq bilan koʻrsatiladi. O'qituvchi bolalarning e'tiborlarini to'g'ri to'rtburchakni birinchi raqamli chiziq boʻyicha buklaganda uning quyi tomonlarini ustma-ust tushirishimiz kerak. Ikkinchi raqamli bo'yicha buktab, icha buklab, so'ngra shu chiziq bo'yicha shrixlangan toʻgʻri to'rtburchakni kesib, qo'shni tomonlarining tengligiga erishishimiz kerak. Bajarilgan ish natijasida tomonlari teng toʻgʻri to'rtburchakka ega bo'lamiz. Bunga bolalar hosil bo'lgan to'rtburchak tekisligini yana bir marta buklash bilan ishonch hosil qilishlari mumkin.
.Shuni ta'kidlab o'tish lozimki, metodik adabiyotda geometrik figuralarni belgilash uchun lotin va rus tillarida bir xil yoziladigan bosh harflardan foydalanish tavsiya etiladi: A, K, O, C, T, M, U harflaridir. Shundan keyin bolalar kesmalarni harflar yordamida belgilash bilan tanishtiriladi. Bu ishni evristik suhbatdan boshlash mumkin: Kesmaning nechta uchi bor? Kesmani harflar bilan belgilash uchun nechta harf kerak? Ulardan qanday foydalanish kerak?
Harfiy belgilashlarning qoʻllanilishi munosabati bilan nuqtalar, kesmalar, to'g'ri chiziqlar, shakllar va ularning elementlarini joylashishiga tegishli asosly maʼlumotlami takrorlash oson bo'ladi. Kesmani nuqtalar to'plami kabi tasavvur paydo qilishga ma'lum darajada e'tibor qilish lozim.
Bu ishni asta-sekin, o'quvchilar oldiga, masalan, mana bunday: "Kesmada biror nuqta belgilang", "Kesmada ikki, uch, to'rt, besh va hokazo nuqta belgilang", "Kesmada nechta nuqtani belgilash mumkin?" degan savollar qo'l kelish darajasida bo'lishi mumkin. Yuqoridagi savollarga javob berish uchun bolalar fikran, keyinchalik tovush chiqarib, taxminan bunday mulohaza yuritadilar: nuqtani lotin alifbosining bosh harfi bilan belgilagan edik, kesmaning ikkita uchi bor, ular ikkita nuqta bilan belgilanadi; ularning har birini harf bilan belgilaydigan boʻlsak, kesmalami ikkita harf bilan belgilash qulay ekanligini ko'ramiz.
O'quvchilarni siniq chiziq bilan tanishtirishning mumkin boʻlgan variantlaridan birini ko'rib chiqamiz. O'qituvchi qo'liga bir bo' lak sim oladi va so'raydi: "Bu figura nima deb ataladi?" O'quvchilar to'g'ri chiziq kesmasi deb javob beradilar. Shundan keyin o'qituvchi bolalarning ko'zi oldida qo'lidagi bir bo'lak simni qismlarga sindirib, bunday deydi: "Men simni bir necha qismlarga sindirdim ("sindirdim" so'ziga urg'u beradi), yangi figura hosil boʻladi. Siz nima deb o'ylaysiz, bu figurani nima deb atash mumkin?"
Quyidagi savollarga javob berish uchun o'quvchilarga o'qituvchi amaliy ishga yo'ldosh berib kelgan "sindiraman", "sindirdim" so'zlari bilan taqqoslab, hosil bo'lgan figurani atashga nisbatan sindirilgan chiziq, siniq chiziq degan fikrlar aytiladi.
O'qituvchi o'quvchilarning taxminlarini aniqlashtiradi va yangi siniq chiziq nom ini beradi. Bolalarning e'tiborlari siniq chiziqning bo'g'inlari kesmalardan iborat ekanligiga qaratiladi. Bolalarning oʻzi rezina shnurlardan, cho'p va plastilindan siniq chiziq modelini yasashlari va daftarlariga, doskaga siniq chiziq chizishni o'rganib olishlari maqsadga muvofiqdir. Bolalarga siniq chiziqlar ochiq va yopiq bo'lishl mumkinligi aytiladi.
Yopiq siniq chiziqlar ko'pburchakning chegaralari boʻlishini bolalarga yetkazish muhimdir. Masalan, uchta bo'limdan iborat yopiq siniq chiziq uchburchakning chegarasidir. Shundan keyin o'quvchilarga siniq chiziq uzunligini topish uchun ularning har bir bo'g'ini uzunligini topish va topilgan sonlarni qo'shish kerakligini aytiladi. Bu qoida siniq chiziqlar har ikkala xil uzunliklarini topishga doir mashqlar yordamida mustahkamlanadi.
To'rtinchi sinfda geometriya elementlarini o'qitishda asosiy e'tibor geometrik chizmalarni shartli belgilar yordamida o'qiy olishga qaratiladi.
.
XULOSA
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining geometrik tasavvurlarini tarkib toptirish, ularda grafik ko'nikma va malakalarni hosil qilish, geometriyaga oid bilimlarni mustahkamlash va ularni amaliy hayot bilan bog'liqlikda o'zlashtirishni ta'minlash geometriya elementlarini o'qitishda o'ziga xos metodlarni tanlay bilish orqali amalga oshiriladi. Metodlarni maqsadga muvofiq tanlash va undan taʼlim Jarayonida o'rinli foydalana olish o'qitishning samaradorligini oshirishda asosiy rol o'ynaydi.
To'rtinchi sinfda geometriya elementlarini o'qitishda muhim metodlar: amaliy analiz va sintez, kuzatish, taqqoslash, umumlashtirish hamda evristik suhbatlardir. Boshlang'ich ta'lim jarayonida o'quvchilarning geometrik bilim va tasavvurlarini kengaytirishda esa ko'rgazmali didaktik vositalar, turli geometrik shakllar va jismlar modellari, AKT vositalari, o'qituvchi izlanishlari mahsuli bo'lgan geometrik shakllardan yasalgan turli ko'rgazmali qurollar asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi, Bundan tashqari, o'quvchilar bilimining ongli va mustahkam bo'lishi, nazariy bilimlarning amaliy hayot bilan bog'liqligini ta'minlashda geometriya elementlarini real predmetlar vositasida o'qitish samarali natijani kafolatlaydi.
Darsda o'quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish o'qituvchi uchun eng qiyin, shu bilan birga muhim ahamiyat kasb etadigan jihat hisoblanadi. Geometriya elementlarini o'qitishda grafik chizish va yasash darslari o'qitishning Jami ish ritmini buzmasdan differensiallab olib boorish imkoniyatini beradi.
O'quvchilarga geometriya elementlarini o'rgatish fanlararo aloqalarning eng yaxshi vositalaridan biri bo'lib, o'quvchining o'z-o'zini nazorat qilish ko'nikmasinl shakllantiradi va takomillashtiradi, qiziquvchanligi va topqirligini o'stiradi. Umuman olganda, nafaqat geometriya elementlari, balki matematik bilimlarning butun bir sistemasini o'rgatishni takomillashtirib borish maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonni amalga oshirishda pedagog sifatida har birimiz faol ishtirok etishimiz lozim.



Download 46.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling