O’zbekiston milliy universiteti


Xo`jalik shartnomalari va ularning xususiyatlari


Download 0.56 Mb.
bet2/4
Sana05.11.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1749046
1   2   3   4
Bog'liq
Gidomet mustaqil ish

1. Xo`jalik shartnomalari va ularning xususiyatlari
Xo`jalik shartnomasi, qoida tariqasida taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo`llashi va ikkinchi taraf uni akseptlashi (taklifni qabul qilishi) yo’li bilan tuziladi. Agar taraflar o`rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari bo`yicha kelishuvga erishilgan boisa, xo`jalik shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.
Xo’jalik shartnomalari ularni imzolashga tayyorlash jarayonida xo`jalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib ko`rilishi kerak.
Shartnomalarni ularning imzolarisiz tuzishga yo’l qo`yilmaydi. Qonun hujjatlarda belgilangan eng kam ish haqi miqdonning ikki yuz baravaridan ortiq summadagi xo`jalik shartnomalari xo`jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmatining yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasidan keyingina tuziladi. Xulosada, qoida tariqasida, quyidagilar ko`rsatiladi:


  • xo`jalik shartnomasida ko`rsatilgan munosabatlar qaysi qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi;

  • xo`jalik shartnomasi shartlarining qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi;

  • taraflarning javobgarligi me'yori va nizolarni hal etish tartibi qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi.

Xo`jalik shartnomasi shartnoma shartlariga hamda qonun hujjatlarining talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar va talablar bo`lmagan hollarda esa ish muomalasi odatlariga muvofiq bajarilishi lozim. Tovarlarni yetkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, to’liq yetkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki xizmatlar ko`rsatilmagan hollarda, tovar yetkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to`laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki ko`rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Penyani to`lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to`liq yetkazib bermaslik, ishlarni bajarmaslik yoki xizmatlarni ko`rsatmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.
Tashkilot tomonidan tuzilgan hamda uning bunday tashkilot o`z faoliyati xususiyatiga ko`ra o`ziga murojaat qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga oshirishi shart bo`lgan tovarlar sotish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish sohasidagi vazifalarini (chakana savdo, umumiy foydalanishdagi transportda yoiovchi tashish, aloqa xizmati, energiya bilan ta^minlash, tibbiy xizmat, mehmonxona xizmati va sh.k.) belgilab qo`yadigan shartnoma ommaviy shartnoma deyiladi. Bunday tashkilot ommaviy shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan afzal ko`rishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Tovarlar, ishlar va xizmatlarning bahosi, shuningdek, ommaviy shartnoraaning boshqa shartlari harama iste'molchilar uchun bir xil qilib belgilanadi, qonun hujjatlarida iste'molchilarning ayrim toifalari uchun imtiyozlar berilishiga yoi qo`yiladigan hollar bundan mustasno. Tashkilotning iste'molchiga tegishli tovarlarni berish, xizmatlar ko`rsatish, uning uchun tegishli ishlarni bajarish imkoniyati boia turib ommaviy shartnoma tuzishdan bosh tortishiga yo’l qo`yilmaydi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda O`zbekistoRespublikasi Hukumati ommaviy shartnomalarni tuzish va bajarishda taraflar uchun majburiy bo’lgan qoidalar (namunaviy shartnomalar, qoidalar va h.k) chiqarishi mumkin.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling