O‘zbekiston milliy universiteti


Download 299.85 Kb.
bet2/10
Sana30.04.2023
Hajmi299.85 Kb.
#1416427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Korxonaning biznesda raqobatbardoshligiga erishishning asosiy vositasi (1)

Kurs ishining maqsadi: Korxona faoliyati va rivojlanishi uchun zamonaviy yangi texnologiyalarni tizimga joriy qilish, raqobatbardoshlikni oshirish va bu orqali rivojlanish tendensiyasini davom ettirishning nazariy asoslarini o’rganishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari: Korxonada innovatsion strategiyalarning ahamiyati va ularni ishlab chiqish, loyihalash, tizimga joriy qilish, va ularni boshqarish jarayonlari tahlilini o’rganish. Mavzuni yoritishda quydagi keltrib o’tilgan rejani yoritib berish vazifa qilib olindi:

  • Korxonaning innovatsion strategiyasini shakllantirish

  • ITTKIning vazifalari, tamoyillari va bosqichlari

  • Korxonalarda yangiliklarni ishlab chiqish, tatbiq etish va yaratishni boshqarish

  • Kichik biznes korxonalari innovatsion faoliyatining asosiy xususiyatlari

  • Erkin bozorda innovatsiyalarni sotib olish biznesni innovatsion rivojlantirish usullaridan biri sifatida.

  • Zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishda innovatsion rivojlanish muvaffaqiyat omillari

  • Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali kompaniyalarning muvaffaqiyatli innovatsion rivojlanishiga misollar

Kurs ishining predmeti: Mavzuni yoritish maqsadida o’rganilgan barcha o’quv qo’llanmalar, soxaga doir chiqarilgan hukumat qarorlari, Prizident qaror va farmonlari, xalqaro tan olingan jurnallardagi maqolalar referatni pridmeti bo’lib xizmat qiladi.
Kurs ishining obyekti: Zamonaviy texnologiyalar va korxona tizimi.
Kurs ishining tarkibi va tuzilishi: kurs ishi tarkibiy jihatdan kirish, ikki bob, хulosa, foydalanilgan adabiyotlar 4-ta chizma 1-ta jadvaldan iborat 48 ta betdan tashkil topgan.

  1. Korxonaning innovatsion strategiyasini shakllantirish


Innovatsion strategiya, korxonaning strategiyasi, iqtisodiy holati, ilmiy – texnik salohiyati, ilmiy – texnik vazifalar portfeli va bu vazifalarning o’zlarining bir birlari bilan bog’lovchi har xil bog’liqliklarni baholash va tahlil qilishning uzluksiz jarayoni natijasidan iborat bo’ladi.4
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbarga yaxshi mahsulotga ega bo’lish yetarli emas, u raqiblardan orqada qolmaslik uchun yangi texnologiyalarni paydo bo’lishi orqasidan e’tibor bilan kuzatishi va ularni o’z firmasiga tadbiq etishni rejalashtirish kerak. Qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun bir qator strategik vositalar mavjud.
Strategiyani qarorlar qabul qilish jarayoni sifatida belgilash mumkin. Uni tanlash rejalarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion faoliyatning boshqa shakllarini o’tkazishni belgilab beradi.
Strategik rejalashtirish quyidagi ikkita asosiy maqsadni ko’zlaydi:
1. Resurslarni samarali taqsimlash va foydalanish. Bu ichki strategiya deb ataluvchidir. Sarmoyalar, texnologiyalar, odamlar kabi cheklangan resurslardan foydalanish rejalashtiriladi. Bundan tashqari yangi sohalardagi korxonalarni xarid qilish, istiqbolsiz sohalardan chiqish, korxonalarning samarali “portfeli” investitsion takliflar majmuasini shakllantirish amalga oshiriladi.
2. Tashqi muhitga moslashish. Quyidagi vazifa qo’yiladi: tashqi omillar (iqtisodiy o’zgarishlar, siyosiy omillar, demografik vaziyatlar va boshqalar) ni o’zgarishiga samarali moslashishni ta’minlash.
Strategiyani ishlab chiqish tashkilotning umumiy maqsadini shakllantirishdan boshlanadi. Maqsadni qo’yilishi firmaning tashqi muhit, bozor, iste’molchi bilan aloqalarida muhim roli o’ynaydi.




Download 299.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling