O’zbekiston mustaqilligining 29 yilligi arafasida aalga oshirilayotgan islohotlar


Download 18.99 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi18.99 Kb.
#1158023
Bog'liq
1ec187deec60fb5a814a9f56918fffa2


1 Mavzu: “O’zbekiston mustaqilligining 29 yilligi arafasida aalga oshirilayotgan islohotlar .”
Reja:
1.Iqtisodiy sohadagi o’zgarishlar. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish.
2. Ta’limga berilayotgan e’tibor.
3. Ijtimoiy sohani rivojlantirish. .
Vatan – sen ko’zlarim qarog’idasan,
Vatan – sen qushlarim sayrog’idasan
Vatan sen yurtimning bayrog’idasan
Sen qudrat manbai, ota makonim,
Saodat maskani O’zbekistonim
Mustaqillik bu oily ne’matdir. Inson baxtli bo’lishi uchun mustaqil bo’lishi erkin bo’lishi uchun mustaqil bo’lishi kerak ekan. Demak, eng avvalo mustaqillikning mazmun mohiyatini anglab olishimiz kerak. Muastaqillik tufayli biz o’z tariximizni ob’ektiv o’rganib, kim ekanligimizni va kimlarning davimchilari ekanligimizni anglab oldik. Chorak asrdan ko’p vaqt o’tgan bu davrda misli ko’rilmagan o’zgarishlarning guvohi bo’lyapmiz. Prezidentimiz tomonidan mustaqilligimizni 29 yilligini nishonlash to’g’risidagi qaroriga muvofiq bu yilgi bayramimizni “Sen – qudrat manbayi, saodat maskani, jonajon O’zbekiston shiori ostida o’tadigan bo’ldi.Bizga ma,lumki 2020 yil “Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilindi. Iqtisodiyotni rivojlantirishning yangi davri boshlandi. Yaqin o’tmishga nazar tashlaydigan bo’lsak, iqtisodimizni rivojlantirish tubdan o’zgardi. Raqamli iqtisodiyot – bu noldan boshlab yaratilishi lozim bo’lgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko’chirish deganidir. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy majlis Senati va Qonunchilik palatasiga qilgan Murojaatnomasida “2020 yil-Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi. Huquqiy axborot kanali “raqamli iqtisodiyot” atamasining mazmunini ochib beruvchi maqola e’lon qilindi.
Raqamli iqtisodiyot – bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo’llash asosida amlga oshirish tizimidir. Ba’zida u internet iqtisodiyoti yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. 1995 yilda amerikalik dasturchi Nikkolas Negroponte “raqamli iqtisodiyot” terminini amaliyotga kiritdi. Hozrda bu islohotni butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar – deyarli barcha qo’llamoqda. 2016 yilda Butunjahon banki dunyodagi raqamli iqtisodiyotning ahvoli haqida ilk marta ma’ruza e’lon qilindi. Bu masalani eng sodda maishiy misol orqali tushuntirishdir.
RAQAMLI IQTISODIYOTning qulayliklari:

  1. To’lovlar uchun harajatlar kamayadi (m: bankka borish uchcun yo’lkira va boshqa resurslar tejaladi)

  2. Tovarlar va xizmatlar haqida koproq va tezroq malumot olinadi.

  3. Raqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari katta.

  4. Fidbekni tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal takomillashtiriladi

  5. Tezroq, sifatliroq, qulayroq.

Mustaqilligimiz arafasida ijtimoiy sohaga ham juda katta e’tibor berildi. Hukumat farmoiyishiga asosan ehtiyojmand oilalarga “Saxovat va ko’mak” fondi orqali moddiy yordam tarqatildi. 150 mrd.so’m ajratildi. Ijtimoiy nafaqalarni tayyorlash jarayoni avtomatlashtiriladi. Kam ta’minlangan oilalarning ehtiyojmandlik darajasini ob’ektiv baholash qarorlarini qabul qilishda sube’ktiv yondashuvni bartaraf etish tizimi joriy etish yo’lga qo’yildi. 2020 yil 12 avgust Prezident qaroriga muvofiq O’zbekiston mehnat migrasiya va aholini ijtimoiy himoya qilish bo’yicha xalqaro shartnomaga qo’shildi.
Mustaqillik arafasida ta’lim sohasiga ham bir necha o’zgarishlar kiritildi. 11.08.2020 yil Imom Moturudiy nomidagi halqaro stipendiya ta’sis etish to’g’risida Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, O’zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Imom Moturudiy Xalqaro Ilmiy Tadqiqot Markazi tashkil etiladi.
Markazning asosiy vazifalardan biri Islom dinini insonparvarlik mohiyati ma’rifiy madaniy roli rivojlanish yo’nalishlarini ilmiy asosda o’rganish va jamoatchilikka etkazishdir.
Download 18.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling