O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida
Download 23.21 Kb.
|
Tezis Tarix Safarov
Ana shunday og‘ir bir sharoitda Yurtboshimiz tomonidan xalqimiz qalbidagi asriy orzu – istiqlol g‘oyasi ulkan jasorat bilan ilgari surilib, uni amalga oshirish uchun tarixiy qadamlar qo‘yilgani kitobning asosiy mavzusini tashkil etadi. Agarki bu kitobning ma’no-mazmunini bir so‘z bilan ifoda etadigan bo‘lsak, [3]Vatanimiz mustaqilligi, ta’bir joiz bo‘lsa, yangi hayot, yangi jamiyat binosi uchun zamin bo‘lgan hal qiluvchi dasturiy maqsad va g‘oyalarni Islom Karimov o‘sha dolg‘ali yillardayoq, uzoqni ko‘rgan holda, o‘ziga nechog‘lik aniq-ravshan tasavvur etgani mazkur to‘plamning har bir sahifasidan bamisoli “qizil ip” bo‘lib o‘tishini ta’kidlash o‘rinlidir.Shu davr mobaynida o‘lkamizda ro‘y bergan Farg‘ona, Guliston, Bo‘ka, O‘sh, Namangan voqealari paytida, tarixda “GKCHP” deb nom olgan, SSSR davlatining so‘nggi kunlarida bir guruh imperiyaparast kuchlar tomonidan amalga oshirilgan siyosiy to‘ntarish chog‘ida va boshqa shu kabi o‘ta keskin vaziyatlarda Islom Karimovning yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lni topa olgani, xalqimizning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash uchun kechayu kunduz tinimsiz mashaqqatli faoliyat olib borganini tasdiqlaydigan tarixiy manbalar ham ushbu kitobda o‘z aksini topgan. Mamlakatimizni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni o‘nglash, xalq dardiga darmon bo‘lish, yillar davomida yechilmasdan kelgan muammolarni hal etish maqsadida aholiga uy-joy qurish uchun uchastka maydonlari va tomorqa yerlari ajratish, paxta yakkahokimligiga barham berish borasida davlatimiz rahbari tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ana shunday chora-tadbirlar tufayli respublika bo‘yicha 700 mingta oilaga yer berilgani, muallif ta’biri bilan aytganda, kichikroq bir davlatning aholisiga teng bo‘lgan 1,5 million yangi oila paydo bo‘lgani, qurilish materiallari ishlab chiqarish, odamlarga kredit berish, o‘z xo‘jaligini yuritish uchun urug‘lik, chorva mollari va parranda ajratishga qaratilgan ulkan ishlar haqida ma’lumot beradigan chiqishlar ham shu to‘plamdan o‘rin olgan.Bugungi kunda dunyoda “o‘zbek modeli” deb nom olgan taraqqiyot yo‘limizning asosiy prinsiplarining dastlabki kurtaklari sokin kabinetlarda emas, aksincha, o‘sha yillarda keskin siyosiy kurashlar, bahs va tortishuvlar jarayonida tug‘ilib, 90-yillarga kelib yaxlit ta’limotga aylangani haqida ushbu kitobdagi chiqishlar orqali har tomonlama tasavvurga ega bo‘lish mumkin. O’zbekistonda “O‘zbеklar ishi”, “Paxta ishi” nomi ostida sovetlar qatag’on siyosatining yangi to’lqini amalga oshirildi. Moskvadan yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi O’zbekistonning boshiga tushgan kulfat bo’ldi. Guruh a’zolari hech kim bilan hisoblashib o’tirmay odamlarni qamash bilan shug’ullandi. Oddiy dehqondan tortib O’zbekiston Kompartiyasi MQ sekretarlari va hukumat a’zolarigacha bo’lgan xodimlarni qamash uchun birovlarni zo’rlab yozdirib olgan bir parcha qog’oz kifoya edi. O’zbekistonda qonunchilik buzildi, o’zboshimchalik va qatag’onchilikning yangi davri avj oldi. Ming-minglab iqtidorli, rahbarlik mahoratini puxta egallagan rahbar kadrlar, paxtakorlar, ter to’kib mehnat qilgan halol kishilar qamoqqa olindi. “O‘zbеklar ishi”, “Paxta ishi” bo‘yicha qancha odamning qamoqqa olinganligi to‘g‘risida turlicha ma’lumotlar bor. Ba’zi manbalarda 22 ming, boshqasida 30 ming, hatto 48 ming odam hibsga olinganligi ko‘rsatiladi. 4,5 mingdan ko’proq kishi sud qilinib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi. O’zbekistonning, o’zbek xalqining sha’ni-shavkati va qadrqiymatini oyoq osti qilindi. Buni anglamagan, ayrim mahalliy rahbar xodimlar o’zboshimcha qonunbuzarlarga yordamlashdilar. . [4]Markaz o’ylab topgan “paxta ishi “, “o’zbek ishi” siyosatining asorati keyingi davrlarda ham yaqqol ko’zga tashlandi. Bu kabi siyosatlarning barchasi mahalliy aholi xohishlari,huquq va manfaatlariga zid ravishda,qo’pol suratda markaz topshirig’I bilan shafqatsizlarcha olib borilgan. Mansabparast Rafiq Nishonov o’rniga O‘zbekistonga 1989-yil 23-iyunda Islom Karimov yangi rahbar etib tayinlandi. Islom Karimov Farg’ona fojealarini bartaraf etish va xalqning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash yuzasidan qat’iy chora-tadbirlar ko’rdi. Islom Karimov boshchiligida yangi davrni boshladi. Rafiq Nishonov esa respublikaga rahbarlik qilgan yillarda qat’iyatsizligi, uzoqni ko‘ra bilmagani tufayli Markazning O‘zbekistonga nisbatan g‘arazli siyosati va qatag‘onlari davom etdi, ijtimoiy-iqtisodiy hayot og‘irlashdi, millatlararo adovatlar kuchaydi. Haqiqat, adolat keyinroq Islom Karimov O’zbekiston rahbari bo’lgach ro’yobga chiqdi. Islom Karimov tashabbusi bilan “Paxta ishi”ni ko’rib chiqish uchun maxsus komissiya tuzildi. Pirovardida 3,5 mingdan ko’proq kishi oqlandi, qolganlari avf etildi.Download 23.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling