O’zbekiston musulmonlari idorasi


Tomonlar o‘rtaga ma’lum bir mablag‘ tikib shirkat qilishlari va muzorabadan farqi


Download 292.75 Kb.
bet18/23
Sana18.06.2023
Hajmi292.75 Kb.
#1569720
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Islomda muzoraba va muzora\'a masalalari word (4) (1)

Tomonlar o‘rtaga ma’lum bir mablag‘ tikib shirkat qilishlari va muzorabadan farqi.
Savol: Ikki kishi shirkat bitmini tuzib, ish yuritmaydigan kishi tomonidan besh yuz ming, ish yuritadagian kishi tomonidan ikki yuz ming o‘rtaga mablag‘ tikilsa, foyda esa, ellikka-elik deb taqsim qilishga kelishishlari joizmi va bu kelishuvning muzorabadan nima farqi bor?30
Javob: Bu kelishuv joiz. Chunki, ish yurituvchi oz dastmoya tikkan bo‘lsada, ish yuritganligi tufayli ham ma’lum bir foydaga ega bo‘ladi. Chunki, foydaga ega bo‘lish haqqi sarmoya, ish yuritish, to‘lovni zimmasiga olish bilan bo‘aldi. Bu suratda ish yurituvchi sarmoya ham tikmoqda, ish ham yuritayapti. Sherigi esa, faqat sarmoya tikayapti. Bu shirkatning muzorabadan farqi shuki, zarar ko‘rilgan suratda, ish yurituvchi ikki yuzming, sherigi esa besh yuz ming ziyon ko‘radi.
الوضيعة على المال، والربح على ما اصطلحوا عليه
“Ziyon molgadir. Foyda esa, kelishuvga ko‘radir”31 .
Foydaga haqdor bo‘lish uchun zarur bo‘lgan shartlar.
Savol: Shirkat va muzorabada foydaga haqdor bo‘lish uchun nechta narsa topilishi lozim bo‘ladi?32
Javob: Uchta narsa topilishi lozim bo‘ladi:
1. Mol (sarmoya);
2. Amal;
3. Talofat yetsa, to‘lashni zimmasiga olish.
Ushbu uchta narsadan birortasi bo‘lmasa, foyda olish halol emas.
وَالْأَصْلُ أَنَّ الرِّبْحَ إنَّمَا يُسْتَحَقُّ عِنْدَنَا إمَّا بِالْمَالِ وَإِمَّا بِالْعَمَلِ وَإِمَّا بِالضَّمَانِ، أَمَّا ثُبُوتُ الِاسْتِحْقَاقِ بِالْمَالِ فَظَاهِرٌ؛ لِأَنَّ الرِّبْحَ نَمَاءُ رَأْسِ الْمَالِ فَيَكُونُ لِمَالِكِهِ، وَلِهَذَا اسْتَحَقَّ رَبُّ الْمَالِ الرِّبْحَ فِي الْمُضَارَبَةِ وَأَمَّا بِالْعَمَلِ، فَإِنَّ الْمُضَارِبَ يَسْتَحِقُّ الرِّبْحَ بِعَمَلِهِ فَكَذَا الشَّرِيكُ . وَأَمَّا بِالضَّمَانِ...وَالدَّلِيلُ عَلَيْهِ أَنَّ صَانِعًا تَقَبَّلَ عَمَلًا بِأَجْرٍ ثُمَّ لَمْ يَعْمَلْ بِنَفْسِهِ، وَلَكِنْ قَبِلَهُ لِغَيْرِهِ بِأَقَلَّ مِنْ ذَلِكَ طَابَ لَهُ الْفَضْلُ، وَلَا سَبَبَ لِاسْتِحْقَاقِ الْفَضْلِ إلَّا الضَّمَانَ، فَثَبَتَ أَنَّ كُلَّ وَاحِدٍ مِنْهُمَا سَبَبٌ صَالِحٌ لِاسْتِحْقَاقِ الرِّبْحِ، فَإِنْ لَمْ يُوجَدْ شَيْءٌ مِنْ ذَلِكَ لَا يَسْتَحِقُّ بِدَلِيلِ أَنَّ مَنْ قَالَ لِغَيْرِهِ : تَصَرَّفْ فِي مِلْكِكَ عَلَى أَنَّ لِي بَعْضَ رِبْحِهِ؛ لَمْ يَجُزْ، وَلَا يَسْتَحِقُّ شَيْئًا مِنْ الرِّبْحِ لِأَنَّهُ لَا مَالَ وَلَا عَمَلَ وَلَا ضَمَانَ
“Qoida shuki, bizning nazdimizda foydaga uch narsaning biri bilan haqli bo‘linadi. Mol, amal va talofat yetsa to‘lashni zimmasiga olish bilan. Mol tufayli foydaga haqli bo‘lish aniqdir. chunki, foyda sarmoyadan kelib chiqadi. Sarmoya egasiniki bo‘ladi. Shuning uchun ham muzorabada sarmoya egasi foydaga haqdor bo‘ladi. Amalning evaziga foydaga haqdor bo‘lish, muzoraba molini aylantiruvchi kishi amali tufayli foydaga haqli bo‘ladi. Shuningdek shirkatdagi sherik ham. Talofat yetsa, to‘lashni zimmasiga olish esa, unga dalil bir hunarmand ma’lum haq evaziga bir ishni olsa, so‘ng u ishni o‘zi qilmay qabul qilgan narxdan ozrog‘ini evaziga boshqasiga qildirsa, o‘rtada ko‘rgan foydasi unga halol bo‘ladi. Bu yerda foydaga haqli bo‘lishiga talofat yetsa to‘lashlikni zimmasiga olishdan boshqa narsa yo‘qdir. Shundan kelib chiqadiki, mol, amal va zamondan har biri foyda olishga sabab bo‘la oladi. Bulardan birortasi topilmasa foydaga haqdor bo‘lmaydi. Buning dalili shuki, bir kishi boshqaga o‘zing o‘zingni molingda ish yurit va chiqqan foydaning ba’zisi menikidir, deyishni joiz emasligidir. Chunki, u tomondan bu yerda amal, mol va talofat yetsa to‘lash yo‘qdir”33.

Download 292.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling