O’zbekiston musulmonlari idorasi


Download 292.75 Kb.
bet20/23
Sana18.06.2023
Hajmi292.75 Kb.
#1569720
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Islomda muzoraba va muzora\'a masalalari word (4) (1)

Foydani taqsim qilish.
Savol: Muzoraba bitmi tugatilmasdan avval foydani taqsim qilish joizmi?37
Javob: Muzoraba bitmi bekor qilinishidan avval foydani taqsim qilish aslida joiz emas. Lekin taqsim qilib olgan bo‘lsalar bu qarz kabi bo‘lib turadi.
Mabodo muzoraba moli halokatga duchor bo‘lsa, olingan foydalar ortga qaytariladi. Chunki, sarmoya sarmoya egasiga to‘liq qaytib kelishidan avval foyda ko‘rgan yoki ko‘rmaganligi ma’lum bo‘lmaydi. Shuning uchun muzoraba bitmi o‘z holicha davom etib, foydani ma’lum bir muddatda bo‘lishib turgan bo‘lsalar keyin molning ba’zisi yoki hammasi halokatga duchor bo‘lsa, muzoraba bitmi tuzilgandan beri ko‘rilgan foydaning barchasi ortga qaytariladi. Toki, sarmoya egasi sarmoyasini to‘liq zararini qoplasin. Chunki, sarmoya egasi sarmoyasini to‘liq qo‘lga olmagunicha foydani taqsimi durust emas edi. Go‘yoki, o‘rtadan qarz olishib turganday bo‘ldilar.


وَإِنْ كَانَا يَقْتَسِمَانِ الرِّبْحَ وَالْمُضَارَبَةُ بِحَالِهَا ثُمَّ هَلَكَ الْمَالُ بَعْضُهُ أَوْ كُلُّهُ تَرَادَّا الرِّبْحَ حَتَّى يَسْتَوْفِيَ رَبُّ الْمَالِ رَأْسَ الْمَالِ لِأَنَّ قِسْمَةَ الرِّبْحِ لَا تَصِحُّ قَبْلَ اسْتِيفَاءِ رَأْسِ الْمَالِ لِأَنَّهُ هُوَ الْأَصْلُ وَهَذَا بِنَاءٌ عَلَيْهِ وَتَبَعٌ لَهُ، فَإِذَا هَلَكَ مَا فِي يَدِ الْمُضَارِبِ أَمَانَةً تَبَيَّنَ أَنَّ مَا اسْتَوْفَيَاهُ مِنْ رَأْسِ الْمَالِ، فَيَضْمَنُ الْمُضَارِبُ مَا اسْتَوْفَاهُ لِأَنَّهُ أَخَذَهُ لِنَفْسِهِ وَمَا أَخَذَهُ رَبُّ الْمَالِ مَحْسُوبٌ مِنْ رَأْسِ مَالِهِوَإِذَا اسْتَوْفَى رَأْسَ الْمَالِ، فَإِنْ فَضَلَ شَيْءٌ كَانَ بَيْنَهُمَا لِأَنَّهُ رِبْحٌ وَإِنْ نَقَصَ فَلَا ضَمَانَ عَلَى الْمُضَارِبِ

“Muzoraba bitmi tugatilmay tomonlar foydani o‘rtada bo‘lishib olsalar. So‘ng molning ba’zisi yoki barchasi halokatga uchrasa sarmoya egasi sarmoyasini qaytarib olishligi uchun olingan foydalar ortga qaytariladi. Chunki, sarmoya to‘liq qaytarib olinmagunicha foydaning taqsimi joiz emas. Sarmoya asl foyda unga tobe bo‘lgani uchun. Muzoribning qo‘lidagi narsa talofatga uchrasa, foyda deb bo‘lishib olganlari sarmoyadan ekanligi oshkor bo‘ladi. Muzorib sarmoyadan o‘ziga deb olgan narsasini qaytaradi. Sarmoya egasi olgan narsa esa, sarmoyadan deb hisob qilinadi. Foydalar ortga qaytarilib sarmoya to‘liq qoplansa, ortgani ikkovlari o‘rtasidagi foyda hisoblanadi. Agar qaytarilgan foydalar sarmoyani qoplay olmasa, muzorib to‘lamaydi”38


Muzoraba bitmida zarar ko‘rilsa, muzorib to‘lamaydi degan narsa, qachonki sarmoya egasi sarmoyasini to‘li qaytarib olsa, foydalar bo‘linsa, qaytadan yangi bitm tuzilgandan keyin zarar ko‘rilsa yoki birinchi muzoraba bitmini tuzishda foyda ko‘rmay zararga uchralsa bo‘ladi.

Download 292.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling