O`zbekiston oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy
Download 1.45 Mb.
|
Abdubasir kur ishiii
Faunani asrash va boyitish.
Olimlarning hisoblaricha, oxirgi 300 yil ichida 120 tur sutemizuvchilar Yer yuzidan qirilib ketgan. Hayvonlarning kelajakda yo'qolib ketish xavfining oldini olish uchun 1966 yilda jamoatchilik tashabbusi bilan Xalqaro «Qizil kitob» tashkil qilingan. Hayoti xavf ostida qolgan yoki soni kamayib borayotgan hayvonlarni himoya qilishning eng samarali choralaridan biri qo'riqxonalar va buyurtmaxonalar tashkil etishdir. Hozirgi vaqtda MDH da 130 ta qo‘riqxona bor, bu qo‘riqxonalarning umumiy maydoni 8 mln gektarga etadi. O‘zbekistonda uchraydigan 105 ta tur sutemizuvchilardan 23 ta turi va 1 ta kenja turi kamyob va yo‘qolib borayotgan turlar hisoblanadi va bu turlar, 2006 yilda chop etilgan 0 ‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan. Bularga uzun ignali tipratikan, kichik taqaburun, uzun dumli tunshapalak, oq qorinli o‘qquloq, keng quloqli qat-qat lab, ko'k sug'ur, mitti qo‘shoyoq, qo‘ng‘ir ayiq, Hind asalxo‘ri, 0 ‘rta Osiyo qunduzi, sirtlon, gepard, qoraquloq, Turkiston silovsini, qoplon, Turon yo‘lbarsi, ilvirs, Turkman quloni, xongul (Buxoro bug'usi), jayron, morxo‘r (burama shoxli echki), ustyurt qo‘yi (arqal), Buxoro qo‘yi va Qizilqum arxari kiradi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda biologik xilmaxillikni saqlab qohsh borasida bir qancha jiddiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. [12] Ularni yanada jadallashtirish — kamyob va yo‘q bo‘lib ketayotgan hayvonlar muhofazasini kuchaytirishga hamda sonini tiklash maqsadida Respublikamizning turli hududlarida oltita tog‘ (Hisor, Zomin, Kitob, Nurota, Surxon, Chotqol), uchta cho‘l-to‘qay (Qizilqum, Boday-To‘qay, Zarafshon) qo‘riqxonalari, ikkita milliy bog‘ (Zomin, Ugom-Chotqol), to‘qqizta buyurtmaxonalar (Arnasoy, Dengizko‘l, Qoraqir, Qorako‘1, Qarnabcho‘l, Qo'shrabod, Sayg‘oqli, Sarmish, Sudochye), ikkita tabiiy yodgorlik (Vardonze, Yozyovon) tashkil qilingan va ular hayvonot olamining majmuiy muhofazasiga, uning resurslaridan barqaror foydalanishga xizmat qilmoqda. O‘zbekistonga Amerika qit’asidan ondatra, nutriya va norka keltirilib iqlimlashtirilgan. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling