O`zbekiston oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy
Pastki uchlamchi davrda yashagan sudralib yuruvchilardan sinognatusning tiklangani
Download 1.45 Mb.
|
Abdubasir kur ishiii
Pastki uchlamchi davrda yashagan sudralib yuruvchilardan sinognatusning tiklangani. Sutemizuvchilarning yirtqich tishlilardan ajralishini trias davrining boshi va hatto perm davrining oxiri, ya’ni paleozoy erasining oxiri deb hisoblash mumkin.
Sutemizuvchilar ajdodlariga ancha yaqin bo‘lgan formalar yerda, yura davrining o'rtalarida paydo bo‘lgan, deb faraz qilish mumkin. Bular uch bo'rtmalilar (Trituberculata) deb atalgan. Qopchiqli va yo‘ldoshli sutemizuvchilarning trias davrida yashagan darrandasimon sudralib yuruvchilar uch bo'rtmatishli yirtqich sinodontlar (Cynodontia)dan kelib chiqqanligi isbotlangan. Shu davrda bularning ikkilamchi suyak tanglayi, guruhlarga bolingan tishlari, oyoqlarining sutemizuchilarga o'xshab joylashganligi va diafragmasining hosil bo'lgani diqqatga sazovordir. Eng qadimgi sutemizuvchilar — eritroteriylar kalamushdan kichikroq bo'lgan. Trias davrining ustki qatlamlarida yashagan sutemizuvchilar ikki guruhga bo‘lingan. Birinchi guruhiga birlamchi darrandalar (Rrototheria) kirgan. Hajmi kichkina, oziq tishlari uch bo'rtmali bo‘lgani uchun uch bo'rtmatishiilar (Tpiconodontia) deb nom berilgan. Uch bo‘rtmatishli sutemizuvchilardan bo'r davrida yo‘qolib ketgan ko'p bo‘rtmatishlilar (Multituberculata) kelib chiqqan va keyinchalik k o ‘p b o 'rtmatishlilardan kloakalilar paydo bo‘lgan Uch bo‘rtmatishlilar uchta asosiy guruhga (turkumga) bo‘linadi. Ulardan ikkitasi, ya’ni uch bo'rtmatishlilar (Triconodontia) va simmetriya bo'rtm atishlilar (Symmetridontia) butunlay qirilib ketgan yon shoxchalar bo'Isa, uchinchi, ya’ni haqiqiy uch bo'rtmatishlilar (Pantotheria) qopchiqlilar (Marsupialia) bilan yo'ldoshlilarni (Placentalia) paydo qilgan. Qopchiqlilar bo‘r davrida paydo bo'lgan. Ularning eng qadimgi qoldiqlari Shimoliy Amerika va Yevropadan topilgan. Bu hududlarda ular uchlamchi davrda keng tarqalgan. Uchlamchi davrning oxirlariga kelib qopchiqlilar o‘ziga nisbatan ancha yuqori taraqqiy etgan sutemizuvchilar tomonidan siqib chiqarilgan. Hozir qopchiqlilar faqat Avstraliya, Yangi Gvineya, Tasmaniya, Janubiy Amerika va qisman Shimoliy Amerika hamda Sulaves orolida tarqalgan. Mezozoy erasining oxiriga kelganda Yer yuzining katta-katta qismlari g'oyat kuchli tog'lar hosil qilish jarayoniga uchrab, iqlim sharoiti keskin yomonlashib qolganda, sutemizuvchilar issiqqonli bo‘lishi, tirik bola tug'ishi va bosh miyasining yuksak taraqqiy etganligi tufayli reptiliyalarga qaraganda ancha yaxshi ahvolda bo‘lgan. Natijada reptiliyalarning aksariyati qisman muhitning bevosita ta’sirida, qisman sutemizuchilar va qushlar bilan hayot uchun kurashda yengilib, qirilib ketgan va ularning o‘rniga tabiatda sutemizuvchilardan yo‘ldoshlilar hukmron bo‘lib qoigan. YoMdoshlilar ham uch bo‘rtmatishlilardan bo‘r darining boshida ajralib chiqqan. Ularning primitiv guruhi — hasharotxo‘rlar vakillari Mo‘g‘ulistonda ustki bo‘r qatlamlaridan topilgan. Ehtimol, yo‘ldoshlilarning boshqa barcha turkumlari hasharotxo‘rlardan kelib chiqqan bo‘lsa kerak. Barcha dalillarga qaraganda hozirgi yirtqichlar va kurakoyoqlilar kreodontlar (Creodonta)dan kelib chiqqan. Kreodontlarga hozirgi toq tuyoqlilarni paydo qilgan qadimgi qazilma toq barmoqlilar, hozirgi juft tuyoqlilarni paydo qilgan qadimgi qazilma juft barmoqlilar, hozirgi zamonda yashab turgan damanlar, xartumlilar, sirenlar ham ularga yaqin turadi.[9] N oto‘liq tishlilar, naytishlilar, kemiruvchilar, kitsimonlar ham qadimgi sutemizuvchilar bo‘lib, ular ham to‘g‘ridan to‘g‘ri eng qadimgi hasharotxo‘rlardan kelib chiqqan. Maymunlarning qazilma qoldiqlari paleotsen davridan ma’lum. Quyi oligotsenda daraxtda yashovchi maymunlar-propliopitekuslar (Propliopithecus)dan gibbonlar va Hindistonning miotsen davrida yashagan antropoidlarga yaqin bo‘lgan yirik ramapitekus (Ramapithecus)lar kelib chiqqan. Janubiy Afrikaning to‘rtlamchi qatlamlaridan topilgan avstralopitekuslar (Australopithecus) va ayniqsa, yuksak odamsimon maymunlar pleziantropus (Plesianthropus) hamda parantropus (Paranthropus) katta ahamiyatga ega. Biroq eng yuqori odamsimon maymunlardan odam paydo bo‘lishi bu evolyutsiyadagi eng katta sakrash bo‘Iib, bu jarayon tabiatga emas, balki jamiyat omillariga bog‘liqdir. Uchlamchi davr oxirlari va to‘rtlamchi davrning boshlarida shimoliy yarim sharda iqlim ancha o ‘zgarib, havo sovub ketgan. Suv bilan quruqlikni o‘zaro qaytadan taqsimlanishi natijasida iqlimning kontinantiigi ham kuchayadi. Ana shu vaqtda Janubi-Sharqiy Osiyoda odam paydo bo‘ladi va uchlamchi davrda hukm surgan katta-katta sutemizuvchilar asri tugab, odam asri boshlangan. Odam tabiatda birdaniga hukmron bo'lgan emas, albatta. Uchlamchi davrning oxirlarida, mamontdan tashqari zubrlar, junli karkidonlar, shimol bug‘ulari, leminglar kabi turlarni o‘z ichiga olgan «mamont faunasi» deb ataluvchi shimoliy fauna, primitiv otlar, jirafalar, tuyalar kabi hayvonlarni o‘z ichiga olgan «gipparion faunasi» deb ataluvchi Janub faunasini siqib, Janub tomonga surilgan. Mamont faunasida ham gipparion faunasida ham hozirgi sutemizuvchilarning urug'lari va hatto turlari ko‘p bo'lgan.[8] Keyinchalik ulardan hozirgi zamondagi faunalar kompleksi tashkil topgan, shu bilan barcha to'rtlamchi davrning o'nalaridayoq odam bir qancha yirik sutemizuvchilarni qirib yoki kamaytirib, faunaga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling