O`zbekiston oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy


Sutemizuvchlar tuzilishi quyon misolida ko’rib chiqiladi


Download 1.45 Mb.
bet3/17
Sana18.06.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1594408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Abdubasir kur ishiii

Sutemizuvchlar tuzilishi quyon misolida ko’rib chiqiladi .
Terisi. Terisi hamma umurtqalilardagi singari tashqi epidermis va ichki chin teridan iborat. Soch shakli va vazifasiga ko`ra tivit, qil va vibrissalarga bo`linadi. Ko`pchilik sutemizuvchilarning jun qoplag`ichlarining asosini kalta, mayin tivit tashkil qiladi. Oivitlar orasida uzun va yo`g`on hamda qattiq qillar joylashadi. Tuproq ichida yashovchi krotlarda faqat tivit bo`ladi. Bug`u, to`ng`iz va tyulenlarda aksincha, jun qoplami asosan qillardan iborat. Oipratikon va jayralarning qillari o`zgarib tikonga aylangan. Vibrissalar qo`shimcha tuyg`u vazifasini bajaradi va ko`pincha hayvonlarning bosh qismida joylashadi. Tangachalar ham epidermisining shox hosilalari hisoblanadi. Tangachalar tuzilishi va kelib chiqishiga ko`ra sudralib yuruvchilarning shox tangachalariga o`xshash. Tangachalar ayniqsa yasherlarda kuchli rivojlangan. Kemiruvchilarning barmoqlari va dumlari ham tangacha bilan qoplangan. Muguz hosilalariga qoramol, qo`y va echkilarning shoxi kiradi. Shox epidermisdan kelib chiqqan bo`lib, peshona suyagi bilan qo`shilib ketgan. Bug`ularning shoxi esa teri hisobidan tariqqiy etadi va suyak to`qimasidan iborat. Sutemizuvchilarning terisi ter, yog`, hid va boshqa har xil bezlarga boy. Teri bezlari epidermisdan kelib chiqqan bo`lib, chin teriga botib turadi. Yog` bezlari uzum boshiga o`xshab tuzilgan. Ularning chiqarish yo`li[4]soch xaltasiga ochiladi, sekreti sochni va terini yog`lab turadi. Ter bezlari naysimon shaklga ega. Bu bezning chiqarishch yo`li teri yuzasiga yoki soch xaltasining ustki qismiga ochiladi. Terning 97-99 foizi suvdan iborat. Ter tanani sovutib turish bilan birga ayirish funksiyasini ham bajaradi. Hid bezlari va ter yog` bezlarining o`zgargan shaklidir. Hid bezi suvsarlarda yaxshi rivojlangan bo`lib, o`z jinslarini axtarib topish, himoya vazifasini o’taydi. Sut bezlari ter bezlarining o`zgarishidan kelib chiqqan, faqat urg`ochi hayvonlarda rivojlangan. Sutemizuvchilarining chin terisi asosan qon tomirlariga boy bo`lgan tolali biriktiruvchi to`qimadan va teriosti kletchatkasidan iborat. Teriosti yog` qatlami, ayniqsa, kitsimonlar, sovuq iqlimda yashaydigan va qishda uyquga ketadigan hayvonlarda yaxshi rivojlangan.


Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling